Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

 
 
Axborot bozorining infratuzilmasi 
 
Axborot bozorining infratuzilmasida: 


Birinchi sektor — faoliyat axboroti quyidagi qismlardan iborat: 
• birja va moliyaviy axborot — valutalar kursi, qimmatbaho qog'ozlar kopirovkasi,
investitsiyalar, narxlar. Bu axborotlarni maxsus birja va moliyaviy axborot xizmatlari, broker
kompaniyalari va banklar yetkazib beradi. 
• statistik axborot — iqtisodiy, ijtimoiy sohalar bo'yicha dinamik qatorlari, tijorat modellari 
va baholar. Bu axborotni davlat muassasalari, kompaniyalar, konsalting firmalari yetkazib beradi; 
• tijorat axboroti — kompaniya, firma, korporatsiyalar to'g'risida to'plangan axborotlar
(faoliyati, sohasi, mahsulotlari, narxlari, moliyaviy holati, aloqalari, shartnomalari, boshqaruv 
a‘zolari). Bu axborotlarni maxsus axborot xizmatlari yetkazib beradi. 
Ikkinchi sektor — mutaxassislar uchun axborot quyidagi qismlarga bo'linadi: 
• kasbga oid axborot — huquqshunos, vrach, o'qituvchi, muhandis, geolog va boshqalar
uchun maxsus axborotlar
• ilmiy-texnik axborot — inson faoliyati va ishlab chiqarish sohalaridagi, tabiiy, texnik,
ijtimoiy fanlardagi hujjatli, bibliografik, referativ, ma‘lumotli axborotlar; 
birlamchi manbalarga murojaat — kutubxonalar va maxsus xizmatlar orqali birlamchi 
manbalarga kirishni tashkil qilish. 
Uchinchi sektor — iste ‘mol axboroti quyidagi qismlardan iborat: 
• yangiliklar va adabiyot — matbuot agentliklari va yangiliklar xizmati axborotlari, elektron
ro'znomalar, ma‘lumotnomalar; 
• iste‘mol axboroti — transport jadvallari, chiptalarni sotish, mehmonxonadagi joylarni
band qilish, tovar hamda xizmatlarga buyurtmalar berish, bank operasiyalari va boshqalar; 
• ko'ngilochar axborotlar — o'yinlar, telematnlar, videomatnlar. 
To'rtinchi sektor — ta ‘lim xizmati ta‘limdagi hamma shakllar va darajalarni o'z ichiga
oladi: maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta‘lim, oliy o'quv yurtidan keyingi 
ta‘lim, kadrlar malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta‘lim. Axborot mahsulotlari kompyuterda
yoki kompyutersiz shaklda bo'lishi mumkin: darsliklar, o'quv qo‗llanmalari, uslubiy ishlanmalar, 
rivojlantiruvchi kompyuter o'yinlari, kompyuterli o‗quv hamda nazorat qiluvchi tizimlar, ta‘lim 
uslubiyoti va boshqalar. 
Beshinchi sektor — axborot tizimlari va qurilmalari quyidagi qismlardan iborat: 
• dasturiy mahsulotlar — turli dasturlar: tizimli dasturiy ta‘minot, umumiy dasturlar, amaliy 
dasturlar, namunaviy matematik masalalarni yechish dasturlari va boshqalar
• texnik qurilmalar — kompyuterlar, telekommunikatsion asbob-uskunalar, orgtexnikalar 
va ularga ehtiyot qismlar; 
• axborot tizimlarini va texnologiyalarini yaratish — tashkilotning axborot oqimlarini
tekshirish, axborot modelini, dasturiy tuzilmasini yaratish, ma‘lumotlar bazasini tashkil etish va uni 
kuzatib borish; 
• maslahat berish — axborot sanoati bo'yicha, ya‘ni qanday axborot texnikasini sotib
olish kerak, qanday dasturiy ta‘minot kerak, ma‘lumotlar bazasi kerakmi, qanday axborot 
texnologiyasi kerak va hokazo; 
• axborot manbalarini tayyorlash — berilgan mavzu, soha, voqea bo'yicha ma‘lumotlar 
bazasini tayyorlash. 
Nazorat savollari 
1. Axborotlashgan jamiyat deganda nimani tushunasiz? 
2. Axborotlashgan jamiyatning o‗ziga xos xususiyatlarini ayting. 
3. Jamiyatni axborotlashtirish ta‘rifini keltiring. 
4. Jamiyatni kompyuterlashtirish ta‘rifini keltiring. 
5. O‗zbekiston Respublikasi «Axborotlashtirish to‗g‗risida»gi Qonunida qanday vazifalar qo‗yilgan? 
6. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‗g‗risida»gi Farmonida qanday vazifalar belgilab 
berilgan? 
7. Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish borasida faoliyat ko‗rsatayotgan qanday ilmiy 
maktablarni bilasiz ? 


8. O‗zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini innovatsion yo‗1 bilan rivojlantirish uchun
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qanday ishlarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiq? 
9. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yuksaltirish borasida nima 
ishlarni qilish lozim? 
10. Ta‘limni axborotlashtirish tamoyillarini keltiring. 
Ma‘ruza №5 

Download 3,81 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish