Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali. 
Insonlar axborot zaxiralarini qayerdan olishni, ularning narxini, kimning ixtiyoridaligini, 
kim ularga muhtojligini bilishlari kerak. Yuqoridagi savollarga javobni axborot mahsulotlari va xizmat 
ko'rsatish bozori bo'lgandagina olish mumkin. 
Axborot mahsulotlari va xizmat ko'rsatish bozori (axborot bozori) — ongli (intellekt)
mehnat mahsulotlarini sotish borasidagi iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy munosabatlar tizimidir. 
Axborot bozori o'ziga xos bo'lgan mahsulotlar va xizmat ko'rsatish turlari ro'yxati bilan
ajralib turadi. Bu yerda sotish yoki ayirboshlash tovari sifatida axborot tizimlari, axborot 
texnologiyalari, litsenziyalar, patentlar, tovar belgilari, nou-xou, muhandis-texnik xizmatlar, turli
axborotlar va boshqa axborot zaxiralari kiradi. 
Axborot xizmat ko'rsatishning asosiy manbayi ma‘lumotlar bazalari hisoblanadi.
Ma‘lumotlar bazalari axborot xizmat ko'rsatish tomonlari bo'lgan xizmat ko'rsatuvchi va 
iste‘molchilar o'rtasida aloqa va munosabatlarni, sotish va sotib olish tartibi va sharoitlarini o'z ichiga 
oladi. 
Axborot xizmat ko'rsatuvchisi quyidagilar bo'lishi mumkin:
• ma‘lumotlar bazalarini yaratish, ularni doimiy ravishda to'ldirish va tuzatish, saqlash
ishlarini olib boruvchi markazlar
• turli ma‘lumotlar bazasining ma‘lumotlarini tarqatuvchi markazlar; 
• axborotlarni uzatuvchi va telekommunikatsiya xizmatlari; 


• tahlil, umumlashtirish, bashorat qilish uchun axborotlarni o'z sohasi bo'yicha to'plash
maxsus xizmatlari (konsalting firmalari, banklar, birjalar); 
• tijorat firmalari; 
• axborot brokkerlari. 
Axborot mahsulotlari va xizmat turlarining iste‘molchisi turli huquqiy va jismoniy shaxslar 
bo'lishi mumkin. 
 
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining tuzilmasi. 
Axborot zaxiralarini ishlatish uchun jalb qilingan vositalar, usullar va sharoitlar majmuasi
jamiyatning axborot potensiali hisoblanadi. Bunga axborotni qayta ishlash va uzatish zamonaviy 
vositalarini hamda usullarini ishlab chiqishdan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
axborot xizmatini ko'rsatish bo'yicha ilmiy-tadqiqot, o'quv, ma‘muriy, tijorat va boshqa 
muassasalari tarmog'i ham kiradi. 
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir: 
1. Texnika va texnologiya tarkibiy qismi. Bunga zamonaviy axborot asbob-uskunalari,
yuqori quvvatli kompyuterlar, rivojlangan kompyuter tarmoqlari va ularga mos axborotlarni
qayta ishlash texnologiyalari kiradi. 
2. Me‘yoriy-huquqiy tarkibiy qism. Bunga axborot bozorida munosabatlarni tartibga
soluvchi hujjatlar: qonunlar, qarorlar, farmonlar kiradi. 
3. Axborot tarkibiy qismi. Bunga kerakli axborotni topishga yordam beruvchi ma‘lumotli-
navigatsion qurilmalar va tuzilmalar kiradi. 
4. Tashkiliy tarkibiy qism. Bunga axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab
chiqaruvchilar va tarqatuvchilar o'rtasidagi munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish 
elementlari kiradi.
Axborot bozorining infratuzilmasi tushunchasi bilan tanishamiz. 
Axborot bozorining infratuzilmasi — har biri bir xil turdagi axborot mahsulotlarini va 
xizmatlarini taklif etayotgan bir nechta muassasa va jamoaga bog'langan sektorlar to'plamidir. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish