Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda inson. Axborot madaniyati va uni shakllantrish




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda inson. Axborot madaniyati va uni shakllantrish. 
Reja:
1.
Axborotlashgan jamiyat.
2.
Jamiyat axborotlashtirishning huquqiy-me‘yoriy asoslari.
3.
Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali.
 
Axborotlashgan jamiyatda inson.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikrdalar. Yapon olimlarining hisoblashlaricha,
axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbayidan 
foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning
yuqori darajasini ta‘minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch 
moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo'lmog'i lozim. Moddiy mahsulotning esa 
tannarxi ancha qimmat bo'ladi. Bu uning qiymatida innovatsiya, dizayn va marketing ulushining 
oshishini anglatadi. 
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi ham o'zgaradi.
Bu jamiyatning sanoat jamiyatidan farqi shundaki, axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab 
chiqiladi va iste‘mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy mehnat darajasi oshadi. Insondan
ijodiy qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi. 
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va
kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil
tizimlar tashkil etadi. 
Axborotlashgan jamiyat — faoliyat ko'rsatuvchilarning ko'pchiligi axborotni, ayniqsa uning 
oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib 
berish bilan band bo'lgan jamiyatdir. 
Rivojlangan mamlakatlarda axborotlashgan jamiyat negizlari asta-sekin namoyon bo'lmoqda.
Istalgan turar joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan jihozlanmoqda. 
Axborotlashgan jamiyatda insonlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy
ishlab chiqarish va energiya ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi. 
Axborotlashgan jamiyatga o'tishda kompyuter va telekom-munikatsiya axborot 
texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. 
Axborotlashgan jamiyatning quyidagi xususiyatlarini ko'rsatish mumkin: 

axborot inqirozi muammosi hal etilgan, ya‘ni axborot mo'l-ko‗lligi va axborot taqchilligi 
o'rtasidagi ziddiyat yechilgan; 

boshqa zaxiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta‘minlangan; 

jamiyat rivojlanishining asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo'ladi; 

eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan holda
bilimlarni hosil qilish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi; 

axborot texnologiyasi inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, global xususiyatga 
ega bo'ladi; 

butun insoniyat tarixining axborot birligi shakllanadi; 



zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning axborot zaxiralariga erkin kirishi 
amalga oshadi. 
Ijobiy tomonlardan tashqari salbiy oqibatlarni ham ko'rsatish mumkin: 

ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko'proq ta‘sir ko'rsatishi; 

axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning shaxsiy hayotini buzib yuborishi; 

sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosining mavjudligi; 

ko'pgina odamlarning axborotlashgan jamiyat muhitiga moslashishining qiyinligi

axborotlarni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi odamlar va iste‘molchilar orasida muammolar 
vujudga kelishi xavfi. 
AQSH, Yaponiya, Angliya, Germaniya kabi axborot sanoati rivojlangan mamlakatlarni
axborotlashgan jamiyat deyish mumkin. 
Jamiyatning rivojlanishi natijasida inson, guruh, jamoa va tashkilotning faoliyati uning qay 
darajada axborotlashganiga va shu axborotdan oqilona foydalanishga bog'liq bo'lib qolmoqda. 
Yangi faoliyatni boshlashdan oldin, shu faoliyat to'g'risida katta hajmga ega bo'lgan 
ma‘lumotlarni to'plash va uni qayta ishlash, tushunib yetish va tahlil qilish kerak bo'ladi. Bu vazifalami 
bajarish uchun esa maxsus texnik vositalami jalb qilish kerak. 
Axborot hajmining oshib ketishi natijasida axborotni to'la tushuna olmaslik holati vujudga 
keladi. Har kuni paydo bo'layotgan yangi axborot oqimida to'g'ri yo'nalishni tanlash qiyinlashib 
boradi. Katta hajmdagi axborotlarning paydo bo'lishiga quyidagilar sabab bo'ladi: 

ilmiy tadqiqot va tajriba konstmktorlik ishlariga bag'ishlangan hujjatlar, hisobotlar,
dissertatsiyalar, ma‘ruzalar sonini yuqori sur‘atda ko'payishi; 

insoniyat faoliyatining turli sohalariga bag'ishlangan davriy nashrlar sonining doimiy
ravishda ko'payishi; 

magnit tasmalariga yozilgan va kommunikatsiya tizimiga kiritish qiyin bo'lgan turli
ma‘lumotlarning paydo bo'lishi. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda inson. Axborot madaniyati va uni shakllantrish

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish