Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

Shaxsiy kompyuterlar.
Oxirgi 30yilda shaxsiy kompyuterlar shiddatli ravishda rivojlandi. 
Shaxsiy kompyuter (PK) bir ish joyiga xizmat qilishga mo‗ljallangan va kichik korxona hamda alohida 
shaxslar extiyojini qoniqtirish imkoniyatiga ega. Internet paydo bo‗lishi bilan PKning dovrug‗i yanada 
oshdi, chunki ulardan ilmiy, axborot, o‗quv va ko‗ngil ochar ma‘lumotlardan foydalanish mumkin. 
Shaxsiy kompyuterlar shartli ravishda professional va maishiylarga bo‗linadi. Biroq yillar davomida 
o‗ta rivojlanish bilan ular orasidagi chegara yo‗qolyapti. 
1999 yildan boshlab xalqaro sertifikatsiya standartlari RS99 spetsifikatsiyasi kiritilgan: 

Ommaviy shaxsiy kompyuter(Consumer PC); 

Ish yuritish shaxsiy kompyuteri(Office PC); 

Portativ shaxsiy kompyuter(Mobile PC); 

Ishchi stantsiya(Work Station); 

Ko‗ngilochar shaxsiy kompyuteri(Consumer PC). 


Kompyuter bozorida ommaviy PK asosiy qismni tashkil etadi, ularga extiyoj ko‗p. Ish yuritish 
kompyuterlarida grafika va musiqaning minimal vositalari bo‗lsa, portativ PK masofadan murojaat 
qilish kommunikatsion vositalari(kompyuter aloqasi) borligi bilan farqlanadi. Ishchi stantsiyalarda esa 
ma‘lumot saqlashga talab kuchli. Ko‗ngilochar kompyuterlarda esa aktsent(urg‗u) grafika va musiqaga 
qaratilgan bo‗ladi. 
Kompyuterlarni mutahasislik pog‗onasi bo‗yicha klassifikatsiya qilinsa, ular : 
Universal; 
Mahsuslarga ajratiladi. 
Universal PK bazasida ixtiyoriy konfiguratsiya hosil qilish mumkinki, ular grafika, matn, 
musiqa, video va boshqalarni ishlata oladi. 
Mahsus PK konkret masalalarni echish uchun yaratiladi. Misol uchun bort kompyuterlari kosmik 
kema, samolyot yoki avtomobillarni boshqarishga xizmat qiladi. 
Grafika bilan ishlovchi mahsus mini EHMlar grafik stantsiya deb yuritiladi. 
Kompyuterlarni yagona tarmoqqa bog‗lovchi maxsus kompyuterlar fayl server deb ataladi. 
Internet orqali ma‘lumot uzatishni ta‘minlovchi kompyuterlar tarmoq serveri deyiladi. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish