• Ikkinchi avlod
  • Uchinchi avlod
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123

    Birinchi avlod
    (1946—1955 yillar) EHMlarida elektron sxemalarning barcha elementlari 
    alohida detallar ko‗rinishida tayyorlanar edi. Ular ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va 
    televizorlarda uchratish mumkin bo‗lgan vakuumli elektron lampalar edi. Bunday lampalarning 
    bir nechtasi metall panel — shassi ustiga o‗rnatilar, o‗z navbatida shassi esa EHM korpusi ichiga 
    joylashtirilardi. Ushbu shassining o‗ziga sxemaning boshqa elementlari (rezistorlar, kondensatorlar va 
    h.z.) ham mustahkamlab qo‗yilar edi. 
    EHMning o‗zi esa elektron lampali shassilar bilan to‗ldirilib tashlangan ko‗p sondagi metall 
    shkaflardan iborat ko‗rinishga ega bo‗lgan. Birinchi avlod mashinalari katta zallarni egallagan 
    holda, yuzlab tonna og‗irlikka ega bo‗lib, yuzlab kVt elektr energiyasini sarflar va ularning tezligi 
    sekundiga 10-20 ming arifmetik amalgacha edi. Bunday EHMlar jumlasiga MESM, BESM, Strela, 
    Ural, Minsk-1 kabi va boshqalar. 
    Ikkinchi avlod
    (1955—1965 yillar o‗rtalari ) EHM tranzistorlarining ixtiro qilinishi 
    tufayli paydo bo‗ldi. Tranzistorlar o‗lchamlarining radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EHM 
    bloklarini bosma platalar deb ataluvchi ko‗rinishda tayyorlash imkonini berdi. Bunday platalarning 
    bir tomoniga tranzistorlar va boshqa elementlar joylashtirilib, qalaylangan ikkinchi tomoni sirtida sxema 
    elementlarini bog‗lovchi yupqa ko‗rinishdagi metall o‗tkazgichlar joylashgan plastmassa 
    plastinka bor edi. Tranzistorlar va bosma platalardan foydalanish radiolampalarga nisbatan kamrok 
    joy egallab, kamroq energiya sarflar va ishonchliroq ishlar edi. Bu hol EHMni ixchamroq, 
    arzonroq va tejamliroq qiilishga imkon beradi. Ularning tezligi sekundiga 10 mingdan 100 ming 
    arifmetik amalgacha bo‗lib, bunday EHMlarga hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin foydalanib 
    kelinayotgan SA-501 modeli (AQSH, 1959), Stretch (Angliya), "Minsk-2", BESM-6 va h. k. kiradi. 
    Uchinchi avlod
    (1960 yillarning o‗rtasi va 1970 yillar) EHMlarining asosini integral 
    sxemalar tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta AQSHdagi Kaliforniya shtatidagi 
    Santa-Klara shahrida yaratilgan). 
    Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristallidan yasalgan 
    plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli aralashmasining yupqa qatlamini 
    surtib qo‗ygan holda tuzish mumkinligini ko‗rsatdi. Elementlarni birdaniga plastinkaning ko‗pgina 
    qismlarida ham tashkil qilish mumkin. 
    Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko‗p qatlamli moddalar ko‗rinishidagi bunday sxema 
    integral sxema nomini olgan. Bitta kristalli dastlabki integral sxemalarda yuzga yaqin elementlar 
    joylashgan edi. 
    Integral sxemalarning ixtiro qilinishi EHMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng 
    istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to‗la foydalanib bo‗lingani yo‗q. 
    Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlanishi, o‗lchamlarning 
    ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod EHMlaridagi bir 


    kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar qo‗llanilgan. Ularning tezligi 100 
    mingdan to 1 mln. arifmetik amalgacha bo‗lib, bunday EHMlarga "IBM-360" (AQSH, 1965) va ES 
    oilasiga mansub bo‗lgan ES-1022, ES-1035, ES-1060 va boshqalar
    kiradi. 

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish