• Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
  • 1. Hisoblash texnikasi vositalarini rivojlanish bosqichlari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123

     
     
    Ma‘ruza №6 
    Mavzu: Shaxsiy kompyuterning tuzilishi va arxitekturasi. 
    Reja: 
    1.
    Shaxsiy kompyuter va uning turlari. 
    2.
    Shaxsiy kompyuter tuzilishi.
    3.
    Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterlarning 
    rivojlanish yo‘nalishlari. 
    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
    Shaxsiy kompyutеrning tuzilishi va arxitеkturasi. 
    Mikroprotsessorlar. Zamonaviy mikroprotsessorlar. Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy 
    tashkil etilishi. Tizimli blok va uning tarkibiy elementlari: protsessor, soprotsessor, xotira. Tashqi 
    xotira qurilmalari. Axborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari. Kompyuterlarning rivojlanish 
    yo‗nalishlari. 
    1. Hisoblash texnikasi vositalarini rivojlanish bosqichlari 
    Dunyodagi eng buyuk kashfiyotlarning ko‗p qismi XX asrga to‗g‗ri kelsada, ulardan eng 
    noyoblari kompyuter va Internet ekanligiga sir emas. Chunki, insoniyat bilimi, tafakkuri natijasi 
    o‗laroq yaratilgan kompyuter, «Hisoblash qurilmasi» beqiyos imkoniyatlari bilan kishini 
    hayratlantiradi. Endilikda kompyuter nafaqat hisoblash qurilmasi, balki u televizor, video, telefon, 
    masofada o‗qitish vositasi, elektron pochta, elektron kutubxona, virtual aloqa bog‗lash vositasi va 
    hokazolarni o‗z ichiga oladi. Bu esa butun olam ahlini uzoq manzilini yaqin qilish, muloqot, savdo, 
    sayohat, madaniyat, fan-texnika yangiliklari bilan ma‘lumot almashishni yo‗lga qo‗yadi. Ingliz yoki 
    rus tilini bilganlar uchun Internet orqali katta firmalarga, korporatsiya, kutubxona, muzeylarga kirib 
    borish hech gap bo‗lmay qoldi. Kino olami, sport to‗g‗risida turli axborot vositalari yoritayotgan 
    xabarlarni kunda o‗qib borish mumkin. Xuddi mamlakatlar o‗rtasidagi chegaralar yo‗qday.
    Chindan ham kompyuterning paydo bo‗lishi, hisoblash texnikasi tarixida katta rivojlanish 
    bosqichi bo‗ldi.
    Uning tarixiga nazar tashlasak, amalda tatbiq qilingan birinchi analitik-hisoblash mashinasi G. 
    Xollerit tomonidan yaratilgan bo‗lib, 1890 yili Amerikadagi aholi sonini ruyxatga olishda 
    foydalanilgan.
    G.Xollerit(1860-1929) Buffalo shahrida nemis emigrantlari oilasida tug‗ildi. U Kolumbiya 
    universitetini bitirib aholini ro‗yxatga olish korxonasiga ishga kiradi. SHu korxonada yuqori 
    mansabdor, bo‗lg‗usi qaynotasining tabulyatsiya ishini perfokarta yordamida bajarish qulay, degan 
    maslahati bilan o‗n yillar davomida shunday tizimni yaratish ustida ishladi. Natijada statistik 
    tabulyator analitik-mashinasini yaratadi. 
    Unda, axborotni kiritish uchun perfokartalar ishlatilib, qolgan qurilmalar oddiy perforator 
    (perfokartaga simvollarni joylash uchun ishlatiladigan qurilma), murakkab perforator, saralash 
    mashinasi va tabulyatordan iborat edi. 
    Keyinchalik, u 1996 yilda bu mashinalarni ishlab chiqarish va sotish bo‗yicha firma ochadi. 
    So‗ngra, turdosh bir nechta firmalar bilan birlashib, Computer-Tabulating Recording Co 
    kompaniyasini tashkil etadi, biroq mazkur kompaniyani u 1911yilda sotib yuboradi. Keyinchalik, 
    1924 yil 14 fevralidan kompaniya nomini International Business Machines Corp. Korporatsiyasiga( 
    qisqacha IBM deb yuritiladi) o‗zgartiriladi. 
    SHu bois ba‘zi adabiyotlarda G.Xollerit IBM korporatsiyasini asoschisi sifatida tilga olinadi. 
    XX asrning 30-yillarida hozirgi zamon kompyuterlarining ilk loyihalari yaratilgan edi. 
    Amerikalik bolgar millatiga mansub olim D.Atanasov (1903 yil 3 oktyabrida tug‗ilgan) birinchi 


    elektron hisoblash mashinasining muallifi hisoblanadi. Atanasov 1937 yilda, so‗ngra 1939 yilda 
    zamonaviy hisoblash mashinasi kontseptsiyasining tugallangan variantini e‘lon qildi. 
    Unga ko‗ra: 

    kompyuter o‗z elektr quvvati va elektronika yutuqlariga asoslangan bo‗ladi;

    shu vaqtgacha yaratilgan qurilmalardan farqli ravishda u o‗nlik emas, ikkilik sanoq 
    tizimiga bog‗liq bo‗ladi; 

    xotiralovchi qurilma sifatida kondensatorlar xizmat qiladi;

    hisoblash matematik amallar bilan emas, balki mantiqiy amallar yordamida 
    bajariladi.
    Atanasov 1939yilda o‗z assistenti K.E.Berri bilan elektron xotira, qo‗shish va ayirishni 
    bajaradigan elektron tuzilmadan, shuningdek qator mexanik tarkibiy qismlardan tuzilgan EHMni 
    yaratdilar. Bu mashina universal emas, kamchiligi, unga mo‗ljallangan programmani xotiraga kiritish 
    imkoniyati yo‗q edi. Lekin uning qo‗llanish sohasi arifmometrning qo‗llanilish sohasidan ancha ustun 
    edi. Bu mashinani ular ABC(Atanasoff Berry Computer) deb nomlashadi( 1-rasm). Biroq 
    akademik muhitning bu mashinaga qiziqishi kamligi va moddiy rag‗batlantirish nochorligi 
    tufayli bu ishni to‗xtatadilar. 
    Urush vaqtidagi pala-partishliklar chog‗ida Atanasovning o‗z ixtirosini patentlash 
    harakatlari zoe ketadi.
    1-rasm. ABC(Atanasoff Berry Computer) mashinasi. 
    B o s h q a l a r e s a , o l i m l a r D . M o u c h l i v a D. Ekkort boshchiligida, Garvard 
    universitetida, yangi elektron hisoblash mashinasini yasashga kirishadi. Bu mashina aslida 
    artilleriya boshqarmasining buyurtmasi bilan ballistik jadvallarni hisoblash uchun yaratilgan. 
    Mashinani yaratish 1945 yilning oxirida yakunlanib, ENIAC (inglizcha to‗la nomining birinchi 
    harflari bilan olingan bo‗lib, o‗zbek tilida "Elektron sonli integrator va hisoblagich" 
    tushunchasini beradi) nomini oldi. U juda ham katta hajmga ega bo‗lib, 18 ming elektron 
    lampa va 15 ming reledan iborat edi. Bundan tashqari, uning ishlashi uchun 150 kVt (ya‘ni 
    unchalik katta bo‗lmagan zavodning ishlashi uchun kerak bo‗lgan quvvat) elektr energiyasi 
    sarf qilinar edi. Elektron lampalardan tashkil topganligi tufayli oddiy arifmetik amallarni 
    bajarish tezligi nisbatan katta bo‗lib, qo‗shish 0,0002 sekundni, ko‗paytirish 0,0028 sekundni 
    tashkil etar edi. Uning tezligi "Mark-1"dan kura (quyida berilgan) 10ming marta tez bo‗lsada, 
    amallar boshqaruvi to‗liq ishlab chiqilmagani bois boshqaruv programmasi simlarni mexanik 
    uyalarga(xuddi avvalgi davrida kommutatorlar telefon simlarini ulab aloqa tiklagandek) kiritib 
    bog‗lanish bilan amalga oshirilgan edi. 
    Bunday bog‗lanishlarga soatlab, gohida kunlab vaqt kerak bo‗lgan. 
    Bu kompyuterni yaratish chog‗ida olimlar Atanasovdan AVS mashinasini ng tuzilish 
    xujjatlarini olib bajarishdi. 1947yilda mazkur mualliflar kompyuterni patentlab ol ishdi. 
    Ko‗p yillar o‗tib, hisoblash texnikasi shiddat bilan rivojlanayotgan yillar etib keldi. 
    Atanasov butun dunyoga bu kompyuter muallifi o‗zi ekanligini isbotlashni boshladi. 
    SHunda, 1971 yilda sud bu da‘voni ko‗rib chiqadi. Javobgar Honoywell firmasi patent egasi 
    edi. 1973yilda sud Atanasov foydasiga da‘voni hal qildi. Haqiqat qaror topdi. 


    1940 yillarda mexanik relelar asosida Bebbidj tajribasini birinchi bor nemis olimi K.TSuze 
    takrorlab, kichik kompyuter yaratgan, biroq urush tufayli e‘lon qila olmagan. 
    1943yilda esa, AQSHda G.Eyken tomonidan arifmometrdan 100 barobar tez ishlaydigan ancha 
    quvvatli "Mark-1" kompyuteri yig‗ilgan. U harbiy hisob-kitoblarda asqotgan. Biroq elektromexanik 
    rele juda sekin va keraklicha ishonchli ishlamasdi.
    1947 yili rele bilan ishlaydigan "Mark-2" hisoblash mashinasi ixtiro etildi. Bu mashinada 
    birinchi marta ikkilik sanoq tizimi ishlatildi. Uning tarkibi asosan elektromexanik relelardan (13 
    ming dona) tashkil topgan bo‗lib, sonlarni xotirada saqlash, ular ustida arifmetik amallarni» bajarish va 
    boshqarish imkoniyatiga ega edi. Mashina qo‗shish va ayirish amallarini bajarish uchun taxminan 
    0,125 sekund, ko‗paytirish amalini bajarish uchun esa taxminan 0,25 sekund vaqt sarflardi. 
    Bunday tuzilishga ega bo‗lgan eng mukammal mashina "RVM-1" bo‗lib, 1956 yili muhandis N. I. 
    Bessonov boshchiligida yaratildi. Lekin bu mashinaning kamchiligi xotirasining kamligi va tezligining 
    sekinligidan iborat edi. 
    1945 yilda mashhur matematik Djon Fon Neyman kompyuter yaratish uchun hamkorlikka 
    chaqiriladi. Va shunda u, kompyuter tuzilishining umumiy printsiplarini qanday bo‗lishini e‘lon qiladi. 
    Mazkur printsip asosida kompyuter quyidagi qurilmalardan iborat bo‗lishi lozim edi (2-rasm): 
    - arifmetik - logik qurilma, arifmetik-logik amallarni bajaradi
    - boshqaruv qurilmasi, programmani bajarish jarayonini tashkil etadi; 
    - xotiralovchi qurilma yoki xotira - programma va ma‘lumotlarni saqlaydi; 
    - tashqi qurilma - ma‘lumotlarni kiritadi va chiqaradi. 
    Mazkur qurilmalar orasidagi aloqa - bog‗liqlik quyidagicha: 
    2-rasm. Fon Neymanning kompyuter tuzilishi 
    Yakka chiziq – bu boshqaruvni, juft chiziqlar - ma‘lumotli bog‗lanishlarni bildiradi. 
    Ta‘kidlash zarurki, o‗sha zamonlarda to so‗nggi paytlargacha yaratilayotgan kompyuterlarning 
    aksariyat qismi hamon fon Neyman printsipi asosida yaratilib kelinadi. 
    SHunday qilib, 1949 yilda fon Neyman printsipiga moslangan birinchi kompyuterni ingliz olimi 
    Moris Uilki yaratdi va aytish mumkinki, hozirgi zamon kompyuterlarining davri boshlandi. 
    Kompyuterlarning rivojlanishida uning element bazasi o‗zgarishi lozim edi. CHunki 40-50 
    yillarda yaratilgan kompyuterlar tarkibini elektron lampalar tashkil etardi. SHu sabab bu kompyuterlar 
    ulkan, katta bo‗lib, joylashtirish uchun katta hajmdagi zallar kerak bo‗lardi. Misol uchun, 1953yilda 
    yaratilgan BESM-1 kompyuterida 4000dona lampa ishlatilgan, 3x5 metr hajmdagi maydonda 
    joylashgan, tezligi sekundiga 7000-8000 amal bo‗lgan, xolos, xotira qismi atigi 4096 bayt ma‘lumotni 
    egallardi (Pentium turidagi xozirgi zamon kompyuterida operativ xotira – Gegabaytda o‗lchanadi, 
    solishtirib ko‗ring). 
    Dunyo doim rivojlanishda. 1948 yilda tranzistorlar paydo bo‗lgach, tranzistorlarni elektron 
    lampalar o‗rniga ishlatilishi mumkinligi aniqlandi va mos ravishda kompyuterlar qurilmalarida ham 
    foylanila boshlandi. Natijada, Amerikada 1965 yilda PDP-8 nomli tranzistorlar negizida birinchi mini-
    kompyuter, sungra PDP-11 yaratildi. 
    Agar 40-50 yillarda yaratilgan kompyuterlar million dollar atrofida tursa , PDP-8 atigi 20ming 
    dollar baholandi. 
    Bunday mashinalarni (o‗xshashlari) SM-3,SM-4, SM-1420 turi bilan Respublikamizniing ko‗p 
    hisoblash markazlarida hali ham uchraydi. 
    1959 yilda Intel firmasining ta‘sischisi Robert Noys kremniyning kichkina plastinasida 
    tranzistorlarni bog‗lash usulini ixtiro qilib, integral sxemalar yoki chiplar asrini boshlab berdi. 
    Tashqi
    qurilma 
    Boshqaruv
    qurilmasi 
    Arifmetik,
    logik qurilma 
    Operativ
    xotira 


    SHunday chiplarga asoslanib, keyin yaratilgan kompyuterlar, shartli ravishda, uchinchi bosqich 
    kompyuterlari deb atala boshladi. Integral sxemalarga asoslangan birinchi kompyuter 1968 yilda 
    Burroughs firmasi tomonidan yana AQSHda yaratildi. Respublikamizning ko‗pgina statistik 
    organlarda, mavjud ES-1055,1060 tur oilasiga mansub kompyuterlar uchinchi bosqich 
    kompyuterlariga misol bo‗ladi. 
    O‗z navbatida mikroprotsessorlar yaratilishi va ular taraqqiyoti, rivojlanishni tarixini ko‗rib 
    chiqishga fursat etdi. 
    1970yilda Marshian Edvard Xoffi(Intel firmasidan) integral sxema yaratdi. U funktsiyalari 
    bo‗yicha katta EHMning markaziy protsessoriga ayniy edi. SHunday qilib 1971yilda sotuvga 
    chiqarilgan birinchi mikroprotsessor paydo bo‗ldi. U Intel-4004 mikroprotsessori deb ataldi. Mazkur 
    mikroprotsessor ENIAC gigant mashinasidan ishchan va tezkor edi. Avvaliga Intel-4004 
    (4razryadli) mikroprotsessori, so‗ngra 1974 yildagi Intel-8080 mikroprotsessori yaratildi, u hozirgi 
    kunda xam shaxsiy kompyuter industriyasini standarti hisoblanadi. 
    Mikroprotsessorlar avvaliga maxsus qurilmalarda, misol uchun kalkulyatorlarda ishlatila 
    boshladi. So‗ngra esa kompyuterlar tarkibiga kiritildi va 1975yilda tijoratga mo‗ljallangan birinchi 
    "Al‘tair-8800" shaxsiy kompyuteri yaratildi. Uning bahosi atigi 500dollarni tashkil etardi. To‗g‗ri, bu 
    kompyuterlarda klaviatura va ekran yo‗q bo‗lsada, xaridorlar bir necha ming komplektni bir necha 
    oylarda sotib oldilar. 
    Microsoft firmasining tashkil etgan Pol Allen va Bill Geyts "Al‘tair" uchun Basic tili 
    interpretatorini yaratganlaridan so‗ng esa, bu kompyuterlarda ham programma yozish, muloqot qilish 
    qulay va osonligini ko‗rgan iste‘molchilar o‗rtasida shaxsiy kompyuterlar mashhur bo‗la bordi. 
    Shaxsiy kompyuterlar komplektiga monitor va klaviatura qo‗shilgach, ularga bo‗lgan talab 
    kundan kunga oshdi. Boshqa firmalar ham kompyuter chiqara boshladi. Natijada avvaliga o‗n minglab, 
    so‗ngra esa yiliga yuz minglab kompyuterlar sotila boshladi. 
    SHu o‗rinda respublikamiz maktablarida hali ham mavjud bo‗lgan "Pravets" turidagi sodda 
    kompyuterlar 8-bitli shaxsiy kompyuterlar turi ekanini aytish mumkin. 
    Faqat katta va ulkan EHMlar ishlab chiqarish bilan mashg‗ul bo‗lgan IBM firmasi shaxsiy 
    kompyuterlar bozoridagi chaqqon savdo va qiziqishga keyinroq e‘tibor berdi. 
    1981yildan boshlab, IBM firmasi ham shaxsiy kompyuter ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗ydi. IBM 
    firmasi Intel-8088 nomli 16razryadli mikroprotsessor bazasida IBM PC(Ay-BI-EM Pi-Si deb o‗qiladi) 
    shaxsiy kompyuter yaratdi. Bu kompyuterning programma ta‘minotini yaratish u vaqtda katta 
    bo‗lmagan Microsoft firmasiga topshirilgan edi. Natijada bir-ikki yilda IBM PC boshqa firmalar 
    shaxsiy kompyuterlarini siqib chiqardi(3-rasm). 

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish