―Axboriy madaniyat‖ tushinchasi va uning mazmuni




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

―Axboriy madaniyat‖ tushinchasi va uning mazmuni 
Axborotlashgan jamiyatga o‗tish davridagi yuqorida ko‗rsatilgan muammolarni hal qilishdan 
tashqari yana bir muammo — insonni tayyorlash borasidagi vazifani ham hal qilish kerak. Inson
katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga qodir bo'lishi, zamonaviy qurilmalarda
usullarda va texnologiyalarda ishlay olishi kerak bo'ladi. Undan tashqari, yangi ish sharoitida bir 
odamning axborot bilan ta‘minlangani boshqa odamlarning axborot bilan ta‘minlanganligiga 
bog'liq bo'lib qoladi. Shuning uchun insonning axborotlarni to'plashda va qayta ishlashda o'zi
mustaqil ish olib borishi yetarli bo'lmay qoladi. Buning uchun u jamoa bilimlari asosida
tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar asosida ishlaydigan yangi texnologiyani o'rganishi 
kerak. Bu esa insondan ma‘lum darajada axborot bilan ishlash madaniyatini talab qiladi. 
Axborot madaniyati — axborot bilan maqsadga yo'naltirilgan faoliyat olib borish va
axborotni to'plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyuter axborot texnologiyalaridan, 
zamonaviy texnik vositalaridan, usullaridan foydalana olish mahoratidir. 
Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni axborotlar oqimida 
to‗g‗ri yo‗l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog'liq 
bo'ladi. U insonning ijodiy qobiliyati mahsuli bo'lib, quyidagilarda ko‗rinadi: 

texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari) ni ishlatish
ko'nikmasida; 

o'z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish qobiliyatida

turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommunikatsiyalar)dan axborotlarni olish, uni
kerakli shaklda ko'rsatish hamda samarali ishlatish mahoratida; 

axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida

turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida o'z aksini topadi; 

o'z faoliyat sohasidagi axborot to'plamining xususiyatlarini bilishida. 
Axborot madaniyati kibernetika, informatika, axborot nazariyasi, matematika, ma‘lumotlar
bazasini loyihalash nazariyasi va boshqa fanlarning bilimlariga tayangan holda paydo bo'ladi. 


Axborot madaniyatining tarkibiy qismi bu yangi axborot texnologiyalarini bilishdan va ularni 
qo'llashdan iborat bo'ladi. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



―Axboriy madaniyat‖ tushinchasi va uning mazmuni

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish