3- rasm. IBM PC kompyuterning ko‗rinishi
qurilmalar qiymatlar arzonlashdi. Boshqa firmalar yangi kompyuterlar yaratish loyihasi uchun ilmiy
izlanish, ishlariga mablag‗ ajratmay, IBM PCga mos turdagi kompyuterlar ishlab chiqara bordi, hattoki
ba‘zilari yangi texnik yangiliklarni tezroq kiritdi. Ko‗p iste‘molchilar bu kompyuterlarni qo‗shimcha
qurilmalar bilan to‗ldirdilar.
Natija kutilganidan ham ziyoda bo‗ldi. Hamma IBM PC kompyuteri to‗g‗risida qayg‗uradigan,
barcha o‗z hissasini qo‗shib, uni texnik holatini yaxshilaydigan bo‗ldi, kompyuter qismlari
arzonlashdi, o‗zi esa dunyoda shuhrat qozondi, ommaviylikka erishdi.
3. Boshqa turdagi asosiy kompyuterlar
Endi esa, EHM va SHEHM(shaxsiy kompyuter) o‗rtasidagi farqni aniqlab olsak. Hozirgi
zamonda SHEHM(shaxsiy kompyuter)dan tashqari boshqa turdagi EHMlardan ham ko‗p
foydalaniladi.Ular quyidagilar: katta EHMlar yoki maynfreymlar, Super-EHMlar, Mini-EHMlar,
ishchi stantsiyalar atamasi ostida, shaxsiy kompyuter quvvatiga teng yoki undan ham yuqori kuchga va
imkoniyatga ega kichik EHMlar, shaxsiy kompyuterlar.
O‗zining taraqiyot darajasi, elementlar bazasi, xotirasi va tezligiga qarab EHMlar asosan besh
avlodga bo‗linadi.
Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasining asosini to‗rtinchi avlod mashinalari tashkil etadi.