• Mikroprotsessorlar.
  • Takt chastotasi
  • Razryadlilik.
  • Ishchi quvvati
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123

    Sistemali plata. 


    Shaxsiy kompyuterning eng katta platasi sistemali platadir (Mother Board- ruscha materinskaya 
    plata). Unda quyidagilar joylashgan bo‗ladi: 

    Protsessor – asosiy mikrosxema, matematik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi; 

    CHipset (mikroprotsessorlar komplekti)- mikrosxemalar shodasi, ichki qurilmalar ishini 
    boshqaradi va ona plataning asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi; 

    SHinalar – uzatuvchilar shodasi, kompyuterlar ichki qurilmalari o‗rtasida signal 
    almashtirishga xizmat qiladi; 

    Operativ xotira va uning turli qurilmalari; 

    Doimiy xotira qurilmalari; 

    Qo‗shimcha qurilmalarni ulash razyomlari (slotlar).
    Mikroprotsessorlar.
    Kompyuterning bosh mikrosxemasi – mikroprotsessor bo‗lib, uning «miyasi» hisoblanadi. U 
    xotirada joylashgan programmali kodni bajarishga ruhsat beradi va kompyuterning barcha qurilmalri 
    ishini boshqaradi. Uning tezligi kompyuter tezligini belgilaydi. Konstruktivlik bo‗yicha, 
    mikroprotsessor kichik o‗lchamdagi kremniy kristalidir(bir necha santimetrni tashkil etadi). 
    Mikroprotsessor turiga qarab bir sekunddan o‗nlab, hattoki yuzlab million operatsiyalarni bajaradi. Bu 
    operatsiyalar yuzlab turdagi arifmetik, logik va boshqa amallar bo‗lishi mumkin. 
    Mikroprotsessor registr deb ataluvchi mahsus yacheykalarga ega. Mana shu registrlarda 
    protsessor bajaradigan komandalar, shuningdek, amallar bajarishda foydalanadigan ma‘lumotlar 
    joylashadi. 
    Mikroprotsessor ishi xotiradan ma‘lum ketma-ketlikda komanda va ma‘lumotlarni olish, ularni 
    bajarish bilan belgilanadi. 
    PKda albatta markaziy protsessor(Central Proccessing Unit-CPU) bo‗lishi kerak, bular barcha 
    asosiy operatsiyalarni bajaradi. Ko‗pincha PK qo‗shimcha protsessorlar (soprotsessorlar) bilan 
    ta‘minlangan. Ular mahsus funktsiyalarning unumdor ishlashi uchun kerak. Qo‗zg‗aluvchi nuqtali 
    formatdagi raqamli ma‘lumotlarni qayta ishlash uchun matematik soprotsessor, grafik tasvirlarni qayta 
    ishlovchi grafik soprotsessor, periferiya qurilmalri bilan o‗zaro faoliyat ko‗rsatuvchi kiritish-chiqarish 
    soprotsessori shu jumladan.
    Protsessorning asosiy parametrlari quyidagilardan iborat: 
    Takt chastotasi; 
    Razryadlilik; 
    Ishchi quvvati
    Takt chastotasini tubdan oshirish koeffitsienti; 
    KESH xotira hajmi. 
    Takt chastotasi
    . Birlik vaqt ichida protsessorning elementar operatsiyalar sonini takt chastotasi 
    belgilaydi. Zamonaviy protsessorlarda takt chastotasi Mglarda(1Gts bir sekund davomida bir 
    operatsiyani bajarishni bildiradi, 1MGts=106Gts) o‗lchanadi. 
    Protsessorning takt chastotasi qancha ko‗p bo‗lsa, uning unumdorligi shuncha ko‗p bo‗ladi. 
    Birinchi mikroprotsessorlar 4.77Mgts chastotasida ishlagan bo‗lsa, hozirgilarining ishchi 
    chastotasi 2GGts dan(1GGts=103Mgts) oshadi. 
    Zamonaviy kompyuter IBM PC shaxsiy kompyuterlarining ba‘zi bir xarakteristikalari 3-jadvalda 
    berilgan. 
    Razryadlilik.
    Mikroprotsessorning razryadliligi, u bir takt davomida o‗zining registrlarida 
    nechta bit qabul qilishi va qayta ishlashi mumkinligini ko‗rsatadi. 
    Mikroprotsessor razryadliligi komandali shina razryadliligi bilan belgilanadi, YA‘ni shinadagi 
    uzatuvchilar(provodniklar) soniga bog‗liq, ulardan aslida komandalar uzatiladi. Zamonaviy Intel 
    oilasiga mansub protsessorlar 32-razryadlidir. 
    Ishchi quvvati
    . Mikroprotsessor ishchi quvvatini sistemali(ona) plata ta‘minlaydi. SHuning 
    uchun turli markadagi protsessorlarga turli sistemali plata javob beradi. Protsessorlarning ishchi 
    quvvati 3V dan oshmaydi. 

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish