• Adresli shina
  • Ma‘lumotlar shinasi.
  • Komandali shina.
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123

    SHinalar
    .Boshqa 
    qurilmalar 
    birinchi 
    navbatda 
    operativ 
    xotira 
    bilan 
    protsessor 
    provodniklarining (uzatgichlar) shodasi(boshqacha nomi shinalar) bilan bog‗lanadi. SHinalar uch 
    turga ajratiladi: 


    Adresli shina
    . Bu shinadan yuboriladigan ma‘lumotlar operativ xotira yacheykalarining adresi 
    deb tushuniladi. Xuddi shu shinadan protsessor bajariladigan komandalar adresini va shu komandalar 
    ishlatadigan ma‘lumotlarni o‗kiydi. Zamonaviy protsessorlarda adresli shina 32-razryadli, ya‘ni u 32 
    uzatgichdan iborat. 
    Ma‘lumotlar shinasi.
    Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor registrlariga(va teskari) 
    ma‘lumotlar nusxasi ko‗chiriladi. Intel Pentium protsessorlarida ma‘lumotlar shinasi 64-razryadli va 
    bir kataktda 8-baytli ma‘lumot qayta ishlashga tushadi. 
    Komandali shina.
    Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor bajarishi uchun komandalar 
    kelib tushadi. Komandalar bayt ko‗rinishida taqdim etiladi. Oddiy komandalar bir baytga kiritiladi, 
    biroq ba‘zi komandalar bajarilishi uchun 2, 3 va undan ortiq bayt kerak bo‗ladi. Ona platadan shina 
    faqat protsessor bilan bog‗lanish uchungina emas, u ona platadagi ichki qurilmalar, hamda ona plataga 
    ulanadigan boshqa qurilmalar bilan ham bog‗lanishga xizmat qiladi. 
    SHuning uchun bu elementlar arxitekturasidan PK unumdorligi o‗zgaradi. 
    Ona plataning asosiy shina interfeyslari:
     
    ISA (Industry Standard Architecture). Sistemali blokning barcha qurilmalarini o‗zaro bog‗lash 
    imkonini beradi, shuningdek yangi qurilmalarini standart slotlar orqali oddiy ulanishni ta‘minlaydi. 
    O‗tkazish imkoniyati 5,5 Mbayt/s ni tashkil etadi. Zamonaviy kompyuterlarda faqatgina katta 
    o‗tkazish imkoniyatini talab qilmaydigan tashqi qurilmalar (musiqa kartalari, modem va boshqalar) 
    qo‗shimcha ulanishga moyil. 
    EISA (Extended ISA) ISA stanlartining kengaytirilgani. O‗tkazish imkoniyati 32 Mbayts gacha 
    oshirilgan. Bu standart ham ISA standarti kabi o‗z imkoniyatlarini namoyon qilib bo‗lgan. Kelgusida 
    bu interfeys platalarini chiqarish tugatiladi.
    VLB (VESA Local Bus) VESA lokal shinasi standartining interfeysi. Asosiy shinadan 
    foydalanmagan holda, lokal shina protsessorni operativ xotira bilan bilan bog‗laydi. U asosiy shinaga 
    nisbatan yuqori chastotatada ishlaydi va ma‘lumot uzatish tezligini oshirish imkonini beradi. 
    Keyinchalik lokal shinaga videadapter ulash uchn interfeys "qo‗shildi" ("vrezali"). Bu interfeys yuqori 
    o‗tkazish imkoniyatini talab etadi. SHu sababdan VLB standarti, quyidagi xarakteristikalari bilan 
    paydo bo‗ldi: 130 Mbayt/s - o‗tkazish imkoniyati, ishchi takt chastotasi 50MGts, biroq shinaga 
    ulanadigan qurilmalar soniga bu bog‗liqki, uning asosiy kamchiligi hisoblanadi. 
    PCI (Peripherial Component Interconnect) Pentium protsessori asosida PK ga tashqi 
    qurilmalarni ulash standarti. Mazmuni bo‗yicha u raz‘emli lokal shina interfeysi, tashqi 
    komponetalarni ulashga ishlatiladi. Mazkur interfeys MGts gacha shina chastotasini qo‗llab 
    quvvatlaydi va ulanadigan qurilmalar nechta bo‗lishidan qat‘iy nazar 264 Mbayt/s ga yaqin tezlikni 
    ta‘minlaydi. 
    Mazkur standartning yangilik tomoni u plug-and-play mexanizmini qo‗llashidir. Mazmunan bu 
    quyidagini anglatadi PCI shinasi raz‘emiga tashqi qurilmani fizik ulash amalga oshirilgach, ulangan 
    qurilmani avtomatik konfiguratsiyasi (konfiguratsiyaga kiritish, qo‗shish) yuz beradi. 
    FSB (Front Side Bus). Pentium Pro protsessoridan boshlab operativ xotira bilan bog‗lanish 
    uchun mahsus FSB shinasidan foydalaniladi. Bu shina 100-133 MGts chastotasida ishlaydi va 
    o‗tkazish qobiliyati 800 Mbayt/s ga teng. FSB shinasi chastotasi uning asosiy parametridir, aynan u 
    ona plata spetsifikatsiyasini ko‗rsatadi. Endilikda PCI shinasiga faqat yangi tashqi qurilmalarni ulash 
    vazifasi qoldi. 
    AGP (Advanced Graphic Port). Videoadapterlarni ulash mahsus shina interfeysi. PCI 
    shinasining parametrlari tezlik bo‗yicha videoadapterlar talablariga javob bera olmagani tufayli 
    yaratilgan. Bu shina chastotasi - 33 66 MGts, o‗tkazish qobiliyati 1066 Mbayt/s gacha. 
    USB (Universal Serial Bus). Bu interfeys kompyuterga periferiya qurilmalarini ketma-ket ulash 
    yangi usulidagi universal standart hisoblanadi. U 256tagacha turli ketma-ket interfeysli qurilmalar 
    ulash imkonini beradi, yana bu qurilmalar zanjir shaklida ulanishi mumkin. USB shinasi nisbatan 
    kichik va 1,55 Mbit/s ni tashkil etadi. Bu standart yutug‗i, qurilmani kompyuterni o‗chirmay "qaynoq 
    rejimda" ulash, shuningdek, bir nechta kompyuterni oddiy tarmoqqa mahsus apparat va programma 
    ta‘minotisiz bog‗lash (ulash) dir. 

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish