• Kesh-xotira.
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123

    Tub ko‗paytirish koeffitsienti
    . Protsessorni kerakli chastotasiga etkazish uchun ona platasining 
    chastotasini takt chastotasining ichki(tub) ko‗paytirish koeffitsientiga ko‗paytirish lozim. Protsessor 
    takt signallarini ona platadan qabul qiladi. Ona plata fizik sabablardan protsessorga o‗xshab ishlay 


    olmadi, ularning takt chastotasi 100-133Mgtsni tashkil etadi. Protsessorda yuqori chastota olish uchun 
    4, 4.5, 5 va undan kattaroq koeffitsientlarga tubdan ko‗paytirish yuz beradi. 
    Kesh-xotira.
    Protsessor ichida ma‘lumot almashishi protsessor va operativ xotira orasidagi 
    almashishdan ancha tez bajariladi. SHuning uchun operativ xotiraga murojaatlarning sonini 
    kamaytirish maqsadida protsessor ichida o‗ta operativ xotira yoki kesh-xotira yaratiladi. Protsessorga, 
    agar ma‘lumot kerak bo‗lsa, u avval kesh-xotiraga murojaat qiladi, agar bu ma‘lumot unda bo‗lmasa, 
    so‗ngra operativ xotiraga murojaat qiladi. Kesh-xotira o‗lchami qancha katta bo‗lsa, ma‘lumot shu 
    erda bo‗lishi ehtimolligi, tabiiyki, shuncha katta bo‗ladi. SHu sababdan yuqori unumdor 
    protsessorlarda kesh-xotira hajmi oshirilgan. 
    Kesh-xotira uch darajali bo‗ladi. 
    1-darajali bitta kristalda protsessor bilan birga bajarilgan bo‗lib, bir necha o‗nlab Kbayt hajmga 
    ega. 
    2-darajali alohida bitta kristalda, biroq protsessorning chegarasida bajarilgan bo‗lib, ona plata 
    tarkibida joylashadi, hajmi yuz va undan katta Kbaytda o‗lchanadi. 
    3-darajali bitta kristalda protsessor bilan birga bajarilgan bo‗lib, bir necha o‗nlab Kbayt hajmga 
    ega. 
    Kesh-xotira, ba‘zi adabiyotlarda ichki xotira terminida berilgan. Intel-30386 DX yoki Intel-
    80386SX lar uchun 64kbayt kesh-xotira qoniqarli, 128 Kbayt esa juda ham etarlidir. Intel-80386DX, 
    DX2,DX4 va Pentium kompyuterlari 256Kbayt kesh-xotira bilan ta‘minlangan bo‗ladi, 32Mbayt 
    operativ xotirali Pentium kompyuterlari uchun esa 512Kbaytli kesh-xotiraga ega bo‗lish maqsadga 
    muvofiqdir. 
    Eng zamonaviy Pentium Pro mikroprotsessorlarida Kesh-xotiraning bir qismi protsessor bilan 
    bir korpusda joylashtirilgan(boshqacha aytganda, mikroprotsessorga tikilgan) va ularda kesh-xotira 
    sig‗imi 512, 1024, 2048 Kbaytgacha boradi. 
    Protsessor ishlash jaryonida o‗zining registrlari, operativ xotira va protsessorning tashqi 
    portlaridagi ma‘lumotlarni qayta ishlaydi. 
    Ma‘lumotlarning ma‘lum qismi o‗ziniki, ma‘lum qismi adresli, boshqa qismi komandali deb 
    tushuniladi. 
    Turli tuman komandalar yig‗indisi protsessor komandalar tizimini tashkil etadi. Protsessorning 
    komandalar soni qancha ko‗p bo‗lsa, shunchalik arxitektura murakkab, komandalarning baytda 
    yozilishi shunchalik uzun, hamda komandalar bajarilishi o‗rtacha vaqti uzoqroq. 
    IBMga turdosh PKlarda foydalaniladigan Intel protsessori 1000dan ortiq komandalarga ega va 
    kengaytirilgan komandalar tizimi protsessorlarga CISC – protsessorlari (Complex Inctruction Set 
    Computing). CISC – protsessorlari (Complex Inctruction Set Computing) deyiladi. CISC ga qarama-
    qarshi RISC – protsessorlari(Reduced Inctruction Set Computing) arxitekturali protsessorlar ham 
    yaratilgan. Bu arxitekturada komandalar soni qisqartirilgan va har bir komanda tezroq bajariladi. 
    natijada oddiy komandalardan tuzilgan programmalar RISC – protsessorlarida tez bajariladi. Biroq 
    qisqartirilgan komandalar tizimi murakkab operatsiyalarni emulyatsiya qilishi uchun har doim ham 
    oddiy komandalar ketma-ketligi unumdor bo‗lmaydi. 
    SHuning uchun universal kompyuter sistemalarida CISC - protsessorlari, mahsus sistemalarda 
    RISC protsessori ishlatiladi. 
    IBM PC platformali PKlar uchun CISC-protsessorlari etakchi hisoblanadi. AMD kompaniyasi 
    AMD-K6 turidagi protsessorlarni yaratmoqdaki, ularda gibrid arxitektura qo‗llanilgan. Protsessorning 
    tub(ichki) yadrosi RISC- arxitekturasida, tashqi tuzilishi esa CISC –arxitekturasida. 
    IBM PC kompyuterlarida Intel firmasi x86 oilasiga mos protsessorlar ishlab chiqarayotgan 
    boshqa firmalar protsessorlardan foydalanadi. Bu oilaning avval 16razryadli Intel 80286, 80386, 
    80486 modifikatsiyalari bilan chiqarilgan edi. Intelning boshqa modellari sifatida Pentium, Pentium 
    MMX, Pentium Pro, Pentium, Pentium II, Celeron, PentiumIII va so‗nggi Pentium IV protsessorlari 
    turadi. 
    Boshqa firmalar: AMD firmasi AMD-R6, Athlon, Duron protsessorlari bilan va Cyrix firmasini 
    aytish mumkin. 

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish