imkoni amalda chegaralangan bo‗lsa-da, tezligi yuqori. Bahosi yuqori bo‗lgani sababli keng
tarqalmagan.
KASH – massiv va yaxlit stoykaga tutashtirilgan smenali magnit disketalardir. Bir faylning turli
bloklarini yozish parallel ravishda bir necha diskda amalga oshirilishi mumkin.
Undan tashqari,
ishonchlilikni oshirish uchun bir blokdagi fayllarni bir nechta diskka yozish mumkin. KASH tasvirlar
- serverlarda katta oqimdagi ma‘lumotlar ko‗pchilik foydalanuvchilarga o‗qish, yozish uchun xizmat
qiladi.
Energoquvvatli xotira kartalari mobil raqamli vositalarda (raqamli fotoaparat, MRZ –
pleerlar,
ba‘zi raqamli videokameralar va hokazolar) keng tarqalgan, turlari esa: Compact Flash (CF), Sucuer
Digital (SD), Multi Media Card (MMS). Kartalar sig‗imi 16 Mdan 1 Gbaytgacha. Bu xotira hozircha
qimmat, biroq istiqbolli.
Mobil raqamli vositalar va stol variantdagi PK yoki noutbuklar orasida bog‗lanish ketma–ket
porti yoki USB shinasi orqali amalga oshiriladi. Bulardan tashqari energiya manbali xotira platasini
EXQ o‗qish uchun maxsus vositalar bor. Mazkur EHMlarning ayrim turlari sifatida USB Key yoki
Diskon Keyni aytsa bo‗ladi. Bular ma‘lumot tashuvchi printsipial yangi qurilmalar bo‗lib, (odatda 16
da 512 megabaytgacha) PK ga USB port orqali ulanadi. USB Key ishlatish uchun maxsus programma
ta‘minoti talab
etilmaydi, chunki Windows bu qurilmani mobil tashuvchi deb aniqlaydi.
Mobil qurilmalarning uzoq saqlash xotirasining yana bir turi IBM Microdrive – super kompakt
QMDT hisoblanadi, u 1 Gbaytgacha ma‘lumot saqlashi mumkin.