• Yangi fizik printsipdagi TXQlar
  • Egiluvchan magnitli disk qurilmalari




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123

    Egiluvchan magnitli disk qurilmalari 
    Egiluvchan diskli tashuvchilar (EMDT)
    . Egiluvchan disklar qattiq disklardan farqli. Uning 
    o‗lchamlari 3.5dyuym, avvalgisi 5.25" bo‗lib zich egiluvchan konvertga joylashtirilar edi. Sig‗imi 
    360baytni tashkil etardi. Tezligi 40ay/min edi. 77ta kontsentrik yo‗ldan iborat bo‗lib, 128bit/mm 
    ko‗ndalang zichlikda yozilardi. Biroq 5.25" EMDT qurilmalari muomiladan chiqarilgan hisob. 
    9-rasm. Egiluvchan magnit disklar qurilmasi. 
    3.5dyuymli EMDTlarda disket 1.44Mbaytgacha ma‘lumot sig‗diradi. Ular har bir shaxsiy 
    kompyuterlar tarkibida bo‗ladi. 
    3.5dyuymli(89mm) diametrli disketa 5.25dyuymliga ko‗ra qattiqroq tuzilishga ega, tashqi 
    ta‘sirlardan yanada mustahkamroq himoya qilingan(disketa yuzasini qirilishlardan saqlash uchun 
    ma‘lumotlarni o‗qish-yozish oynasi prujinali parda bilan berkitilgan), tuzilish elementlari esa 
    taxminan o‗sha kabidir. 
    Asosiy xarakteristikalari quyidagicha:
    To‗liq sig‗imi – 1600kbayt. Ishchi sig‗imi - 1440 kbayt. YOzish zichligi – 558 bit/m. Diskni bir 
    yuzadagi yo‗laklar soni- 80. YUzalar soni – 2, o‗rtacha murojaat qilish vaqti — 65ms. Uzatish tezligi -
    150kbayt/s. Aylanish tezligi-360ay/min. Sektorlar soni-18. Yo‗lka sektori sig‗imi-512bayt. 
    Yangi fizik printsipdagi TXQlar 
    Zamonaviy elektromexanik magnitli TXQlar o‗z texnik imkoniyatlarining chegarasiga etib 
    keldi. SHu sababdan ma‘lumotni yozish va saqlashning yangi metod va vositalari jadallik bilan 
    izlanayapti. YAngi metodlar ichida optik va nomexanik usullar ajralib turadi. Ular tsilindrik magnit 
    domenlar(TSMD)dan foydalanadilar. 
    Bu printsipdagilar harakatlanadigan tashuvchilardagi magnit yozuv printsipidan farqlanadi. 
    Misol uchun TSMDdagi TXQ aniq mexanikaga muxtoj emas. Optik TXQlar magnitli XQ zichligidan 
    bir-necha daraja yuqori zichlikda yoziladi.
    1 bitni optik tashuvchida qayd qilish uchastkasi (joyi) 0.5mkm o‗lchamdan oshmaydi. Bu 
    turdagi TXQ yana juda katta tezlik va ishonchlilikka ega. Bunday turdagi XQ ma‘lumotni qayta-qayta 
    yozish imkoniyati yo‗qligi sababli, hali-zamon magnitli tashuvchilardan foydalanishga to‗g‗ri keladi.

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish