Ta‘kidlash lozimki, hozirgi zamon kompp‘yuterlarining aksariyatqismida
sistemali plata
tarkibiga kontrollerlar kiradi, bundaylarni tikilgan yoki integratsiyalashgan kontroller deb yuritiladi.
Amalda har bir kontroller o‗zi uchun alohida yasalgan platada (kontroller platasida) joylashgan
bo‗ladi. Bu platalar sistemali plataning maxsus razyom(slot)lariga ulanadi. Natijada iste‘molchi
o‗zining kompyuterida qo‗shimcha vositalar qo‗shish yoki almashtirishni oddiygina, mazkur kontroller
platalarini sug‗urib olish yoki tirkash bilan amalga oshiradi. Misol uchun o‗z ixtiyori bilan faks-
modem, tovush kartasi yoki teleko‗rsatuv qabul qilish platasini ham ulashi mumkin.
Ba‘zida, misol uchun qattiq disklar (vinchester) va disketlar kontrollerlari bitta platada
joylashgan ham bo‗lishi mumkin.
Portativ (noutbuk) kompyuterlarida
maxsus kontrollerlar bor, ular RS-kartalar (o‗lchami kredit
kartochkasi -54x85.6mm, o‗lchamida bo‗ladi) ishlatiladi. Ular uchun maxsus uyalar portativ
kompyuterlarda ajratilgan bo‗ladi(7-rasm).
7-rasm. Portativ(notebook) kompyuter
Ichki xotira
.
Ona platada joylashadigan xotira qurilmasining barcha turiga ichki xotira deb ataladi.
Bularga
quyidagilar kiradi: operativ xotira, doimiy xotira va energiyaga bog‗liq xotira.
Operativ xotira RAM (Ramdom Access Memory).
RAM xotirasi bu kristal yacheykalar massivi bo‗lib ma‘lumotlarni saqlashga xizmat qiladi. Ular
protsessor, tashqi xotira va periferiya sistemalari o‗rtasida axborot (komandalar va ma‘lumotlar)
operativ almashishi uchun ishlatiladi. Undan protsessor programma va ma‘lumotlarni qayta ishlash
uchun oladi va unga hosil bo‗lgan natijalarni yozadi. Operativ degan nom u juda tez ishlashi bilan
bog‗liq, protsessorga xotiradan ma‘lumot o‗qish yoki yozish uchun kutishga to‗g‗ri kelmaydi.
Biroq
ma‘lumotlar kompyuter yoqiq xoldagina saqlanadi, aks xolda o‗chib ketadi.
Faoliyatining fizik printsipi bo‗yicha dinamik xotira DRAM va statistik xotira SRAM ga
bo‗linadi.
Dinamik xotiraning yacheykalarini mikrokondensatorlar shaklida tasavvur qilish mumkin.
Ularda elektr zaryadni to‗plash xususiyati bor.
DRAM xotirasining kamchiligi - ma‘lumotlarni o‗qish
va yozish sekin amalga oshadi,
shuningdek, doimo quvvatlanib turishni talab etadi. YUtug‗i esa realizatsiya qilish oson va bahosi
arzon.
Statistik xotira yacheykalarini esa tranzistrlardan tashkil topgan triggerlar yoki elektron
mikroelementlardek tasavvur etish mumkin.
Triggerlarda zaryad emas, (yoqilgan/o‗chirilgan) holat
saqlanadi. SRAM xotirasining yutuq tomoni - uning tezligi juda yuqori. Kamchiligi - murakkab
texnologik jarayonda tayyorlanadi va tabiiyki narxi baland.
Dinamik xotiraning mikrosxemalari asosiy operativ xotira bo‗lib, statistik xotira mikrosxemalari
esa – kesh xotira ga xizmat qiladi.
Har bir xotira yacheykasi raqamli o‗z adresiga ega.
Intel protsessorlariga asoslangan zamonaviy Pentium shaxsiy kompyuterlarida 32-razryadli
adreslash qo‗llaniladi. Operativ xotiraning hajmi ona plata chipseti bilan
aniqlanadi va odatda bir
necha yuz megabayt va undan ko‗p qiymatni tashkil etadi.
Operativ xotira kompyuterda modul deb atalgan standart panellarda joylashtiriladi. Modullar o‗z
navbatida ona platadagi mos raz‘yomlarga qo‗yiladi. Modullar konstruktsiyasi bo‗yicha ikki turda
bajariladi: bir qatorli(SIMM - modullari) va ikki qatorli(DIMM- modullari). Pentium protsessorli
kompyuterlarda bir qatorli modullarni juftlab ishlatish mumkin(ona platada ularga raz‘emlar juft
ajratilgan). DIMM- modullari bittalab o‗rnatish mumkin. Bir platada turli modullarni kombinatsiyalab
joylashtirish mumkinmas.
Operativ xotira modullarining asosiy xarakteristikalari:
Xotira hajmi; murojaat vaqti.
Operativ xotiraga murojaat vaqti nanosekundlar bilan o‗lchanadi. Qancha kam bo‗lsa
shuncha
yaxshi. Ikkala modullar bo‗yicha ma‘lumotlar 3.1 – jadvalda berilgan.
3.1– jadval
Operativ xotira
turi
Qatorliligi
Murojaat tezligi,
nanosekunda
Modullar hajmi ,
Mbayt
SIMM
1
50–70
4,8,16,32,64
DIMM
2
7–10
16,32,64,128,256,512