ma‘lumotni saqlash imkonini beradi. Mazkur imkoniyat,
hamda TXQlarning arzon bahosi, ular
asosida ma‘lumotlar bazasi va banklar tuzishga asos bo‗ladi. TXQlarning bir vaqtda bajariladigan
modullari EHM larning tashqi xotiralarini tashkil etadi.
Ma‘lumki, ma‘lumotlarning miqdoriga doimo talab oshib bormoqda. Misol uchun,
hozirgi
zamon EHMlari va hisoblash tizimlarida ma‘lumotlar miqdori o‗nlab va yuzlab gigabaytni tashkil
etadi.
TXQlar magnitli tashuvchilarga (lentalar, disklar) tayanib qurilardi,
ammo texnika va
texnologiyalardagi yangi yutuqlar printsipial zamonaviy - optik turdagi TXQlar yaratish imkonini
berdi. Natijada tezligi va sig‗imi nisbatan yuqori qurilmalar paydo bo‗ldi.
Keyingi yillarda qilingan tahminlarga ko‗ra, yaqin vaqtlargacha hali ham elektromexanik
magnitli TXQlar EHMdagi asosiy tashqi xotira bo‗lib qoladi.
Bevosita foydalanish huquqiga ega TXQlar
:
Magnitli disklar negizidagi (MDT) TXQlar. Bunday TXQlar ancha qulay va keng tarqalgan.
Xotira qurilmasinng qattiq (metall) va egiluvchan (plastmassa) diskligi mavjud. Katta EHMlarda
qattiq (smenali) disklar ishlatiladi.
«
Vinchester
»
tipidagi
TXHlar. MDT ning konstruktsiya bo‗yicha jadal o‗zgarishlari kichik va
mikro EHMlarda qo‗llash MDlarni vinchester tipidagi tashuvchilar paydo bo‗lishiga olib keladi. Bu
tashuvchilar qattiq bo‗linmas konstruktsiyali MD(1), MG bloki(2-magnit kallak bloki) va
harakatlanish mexanizmini(3) tashkil etadi. Bor konstruktsiya germetik korpusga joylashgan bo‗lib,
havo fil‘tratsiyasi 0.3mkm bo‗lakchadan yuqori emas. U yuqori darajadagi pozitsiyalashtirish va disk
yuzasi hamda MG orasidagi farqning kichik (0.5mkm) bo‗lishini ta‘minlaydi.
8-rasm. Qattiq magnit disk qurilmasi
Bular bari ma‘lumot uzatishini 4.3-4.7 Mbit/sek tezlikka etkazishga olib keldi.
Qurilmaning
ishonchli ishlashi ham yuqori. Maxsus smazka disk yuzasini MG bilan tasodifiy kontaktda yuz berishi
mumkin bo‗lgan qirilishlardan saqlaydi.
Vinchester disklarining o‗lchovlari avvallari 356,203 va 133mm va sig‗imlari 600, 80, 12.8
Mbayt bo‗lgan edi.
IBM korporatsiyasida 1973 yildan kiritilgan qattiq magnit disk tashuvchilarni vinchester nomi
bilan atalishiga sabab, u har biri 30ta sektordan iborat 30ta yo‗lkaga ega bo‗lgan. Bu, «Vinchester» ov
miltig‗i «30/30» kalibri bilan aynan mos kelgan. Dastlabki vinchesterlar 16Mbayt sig‗imga ega edi.
Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshladi. Bu holatda diskning butun
yuzasi bir nechta zonalarga bo‗linadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi
zonalarga ichkarisiga
nisbatan ko‗proq qiymatlar joylashadi. Natijada, qattiq disklarning sig‗imini taxminan 30%ga oshirish
imkoni paydo bo‗ldi.
Tarkibi yo‗lkalar va sektorlardan iborat disk strukturasini magnit tashuvchida joylashtirish
uchun fizik yoki quyi darajada formatlash(Physial yoki low-level formatting) jarayoni bajarilishi
lozim. Bu jarayonda tashuvchiga xizmatga oid ma‘lumot yoziladi. Sektorda
disk tsilindrlarini
belgilash aniqlanadi va ular nomerlanadi. Quyi darajadagi formatlashda diskni ishlatish jarayonida
nosoz sektorlarga murojaat qilmaslik uchun ularni markirovka(belgi qo‗yish) qilinadi.
Disk sig‗imi va ma‘lumotlarni uzatish tezligi tashuvchi ulangan interfeysga bog‗liq.
Hamma disklar: magnitli ham, optik ham o‗zining diametri bilan, yoki boshqa nomi farm-faktor
bilan tavsiflanadi. QMDTlar stol variantidagi PKlarda 3.5dyumli farm-faktor,
noutbuklar esa-
2.5dyumli vinchesterlar ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda 20-100Gbaytli va undan yuqori sig‗imli disklar keng tarqalgan. Bu disklarda
tezlik arzonroq turida 5400ay/min va sifatliroqlarida 7200 va undan ko‗p ay/min ga teng.
YAngi QMDTlar IDE interfeysi bilan etarlicha katta ishonchliliga ega bo‗lib, ularning tezligi
ixtiyoriy standart masalalarni echishga yordam beradi. Faqat katta oqimdagi ma‘lumotlarnni diskdan
yozish-o‗qish masalalari bundan mustasno. Misol tariqasida diskka
talab darajasida video
ma‘lumotlarni yozish. YUqori quvvatli QMDTlarni serverlar shaklida ishlatishga talab kuchli. Biroq,
SCSI interfeysli QMDTlardan serverlar o‗rnida ko‗proq foydalaniladi. To‗g‗ri, bu turdagi interfeyslar
IDE larga nisbatan qimmat.
Ba‘zi bir ishlab chiqaruvchilar(Seadate) yangi perspektiv texnologiyalar kiritish hisobiga,
keyingi yillarda bir necha terabayt miqdordagi ma‘lumot saqlay oladigan QMDT ishlab chiqarishni
e‘lon qildi.