• Videoxotira.
  • Doimiy xotira(ROM —Read Only Memory)




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/193
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,81 Mb.
    #230005
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193
    Bog'liq
    Majmua IVRT 1-SEMestr 123

    Doimiy xotira(ROM —Read Only Memory) 
    Dastlab kompyuter yoqilganda operativ xotirada hech qanday ma‘lumotlar saqlanib qolmagan 
    bo‗ladi, chunki uning xususiyati shunday. Protsessorga esa, yoqilgan zahoti bajariladigan komandalar 
    kerak. SHuning uchun protsessor maxsus boshlash(start berish) adresiga birinchi komanda uchun 
    murojaat qiladi, bu adres unga doimo ma‘lum bo‗ladi. Mazkur adres esa doimiy xotiraga ko‗rsatadi. 
    IBM PC turidagi kompyuterlarda doimiy xotira qismiga ma‘lumotlar ushbu mikrosxema 
    tayyorlanayotganda kiritib qo‗yiladi. Bu ma‘lumotlardan keyinchalik kompyuter ishlayotganda faqat 
    o‗qish uchun foydalaniladi. 
    Mazkur tur xotirani ko‗pincha ROM(read only memory, ya‘ni faqat o‗qiladigan xotira) yoki 
    PZU(postoyannoe zapominayushee ustroystvo) deb yuritiladi. 
    IBM PC turidagi kompyuterlarning doimiy xotirasida kompyuter vositalarini tekshiruvchi, 
    operatsion sistemani (misol uchun MS DOSni ) yuklashni amalga oshirish va kompyuter qurilmalariga 
    xizmat ko‗rsatuvchi tayanch ichki (bazali) funktsiyalarni bajaruvchi programmalar joylashgan bo‗ladi. 
    Bu funktsiyalarning asosiy qismini kiritish-chiqarish xizmatidagi programmalar tashkil etgani uchun, 
    doimiy xotiradagi mazkur programmalar BIOS(Basic Input Output System, yoki kiritish-chiqarish 
    baza tizimi) deyiladi. 
    BIOS da shuningdek kompyuter konfiguratsiyasini sozlovchi SETUP programmasi ham 
    joylashgan 
    bo‗ladi. 
    Bu 
    programma 
    qurilmalarning 
    ba‘zi 
    bir 
    xarakteristikalarini 
    o‗rnatishga(videokontroller, qattiq disk va disket diskovodi, undan tashqari parollar o‗rnatish va 
    boshqalarga) xizmat qiladi. 
    Bu programma ishlashini, kompyuterni har gal yuklashda va qayta yuklashlarda ko‗rish mumkin. 
     
    CMOS 
    (yarim doimiy xotira). 
    Kompyuterda yarim doimiy xotira degan kichik joyni egallovchi hamda kompyuter 
    konfiguratsiya parametrlarini saqlovchi xotira qismi ham bor. Bu xotira CMOS (complementary 
    metal-oxide semiconictor) texnologiyasi asosida tayyorlanadi, maxsus akkumlyatorda kichik quvvatda 
    ishlaydi, shuning uchun undagi ma‘lumot hech qachon o‗chib ketmaydi. SETUP programmasi har gal 
    kompyuter konfiguratsiyasini sozlaganda, lozim bo‗lsa, CMOS xarakteristikalariga o‗zgartirish 
    kiritadi. CMOS xotira mikrosxemasi egiluvchan disk, qattiq disk, protsessorlar va hokazolar bo‗lib, 
    vaqt va sana to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning barisini saqlaydi. SHunday qilib BIOS kompyuter 
    tizimining tarkibi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni CMOS xotira mikrosxemasidan o‗qiydi, so‗ng u qattiq 
    diskka yoki boshqa qurilmalarga murojaat qilishni amalga oshiradi. 
    Videoxotira.
    Kompyuterlarda videoxotira deb yuritiluvchi yana bir tur xotira mavjud, u monitor 
    ekraniga chiqariladigan tasvirni saqlash uchun xizmat qiladi. Bu xotira tasvirni ekranga uzatishni 
    boshqaruvchi elektron sxema (videokontroller) tarkibiga kiradi. Videokontroller alohida plata shaklida 
    tayyorlanadi, gohida esa asosiy ona plata tarkibida ishlab chiqariladi. 

    Download 3,81 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193




    Download 3,81 Mb.
    Pdf ko'rish