|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakultetiBog'liq Majmua IVRT 1-SEMestr 123
3- misol
. Kimyo, informatika, fizika, mehnat, matematika, biologiya fanlaridan dars berish
uchun Halil, Jalil, Jalol ismli 3 ta o‗qituvchini maktabga ishga olishdi. Ma'lumki:
1) Jalilning bo‗yi boshqalarnikidan baland;
2) kimyo o‗qituvchisining bo‗yi informatika o‗qituvchisining bo‗yidan kichik;
3) kimyo, informatika o‗qituvchisi va Halil sumalakni yaxshi ko‗rishadi;
4) fizika va biologiya o‗qituvchisi orasidagi nizolarni Jalil bartaraf etadi;
5) Halil biologiyadan ham, matematikadan ham dars bera olmaydi.
Agar har bir o‗qituvchi ikkita fandan dars bera olsa, kim qaysi fandan dars berishini aniqlang.
Yechish
: Mulohazaning rost yoki yolg‗onligiga qarab quyidagi jadvalni 0 va 1 bilan to‗ldirib
boramiz:
Fanlar soni 6 ta, o‗qituvchilar 3 ta va ularning har biri faqat ikkita fandan dars berishi mumkin,
u holda har bir o‗qituvchi boshqalari dars bera olmaydigan fandan dars bera oladi.
3- va 5- shartlardan Halil kimyo, informatika, biologiya va matematika fanlaridan dars bera
olmaydi. Demak, Halil fizika va mehnat fanlaridan dars bera oladi. 4- shartga asosan Jalil fizika va
biologiyadan dars bermaydi. Bu ma'lumotlarni jadvalga kiritamiz hamda fizika va mehnat fanlariga
mos ustunlarni, Halilga mos boshqa satrlarni 0 bilan to‗ldiramiz.
Jadvaldan ko‗rinadiki, Jalol biologiyadan dars beradi. 1- va 2- shartlarga ko‗ra Jalil kimyo
fanidan dars bera olmaydi. Bu ma'lumotlarni ham jadvalga kiritamiz.
Jadvaldan kimyo fanidan faqat Jalol dars bera olishi ko‗rinadi. Uning satridagi boshqa
kataklarni 0 bilan to‗ldiramiz.
Endi jadvaldan informatika va matematika fanlaridan Jalil dars berishi aniq ko‗rinadi.
Javob.
Halil fizika va mehnat, Jalil informatika va matematika, Jalol kimyo va biologiya
fanlaridan dars beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti
|