2. Yig‗uvchi sxema.
Yig‗uvchi sxema
("YOKI" elementi). Bu sxema kirish signaliga kamroq "talab qo‗yadi".
Kirishlardan kamida birida 1 qiymat bo‗lgan holda chiqishda ham 1 hosil bo‗laveradi.
"Yoki" mantiqiy amaliga bo‗ysunuvchi elektr sxema tok manbai,
lampochka va parallel
ulangan ikkita ulagichdan iborat bo‗lishi mumkin. Haqiqatan ham, ulagichlardan birini, masalan, X2 ni
ulashimiz bilan chiroq yonadi. Mos tushish sxemasidan farqli o‗laroq, bu yerda kirishlardan ixtiyoriy
biriga signal tushishi bilanoq chiqishga o‗tadi. Shuning uchun mantiqiy qo‗shish amalini bajaruvchi
sxemalar
yig‗uvchi sxema
nomini olgan. Bunday sxemalar yordamida
bir nuqtaga turli-tuman
tarmoqlardan tutashmaydigan qilib kuchlanish uzatish mumkin.