3
Kirish
Dastur so‘zi ham komandalarning alohida blokini (berilgan kodini) aniqlovchi so‘z, ham
yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi so‘z sifatida ishlatiladi. Dasturlashga
talabni o‘zgarishi nafaqat tillarning o‘zgarishiga balki uni
yozish texnologiyasini ham
o‘zgarishiga olib keldi. Dasturlash evolyusiyasi tarixida ko‘pgina bosqichlar bo‘lishiga qaramay
biz bu kursimizda protsedurali dasturlashdan ob’ektlarga mo‘ljallangan dasturlashga o‘tishni
qaraymiz.
Keyingi yillarda amaliy dasturchilarga juda ko‘p integratsion dastur tuzish muhitlari taklif
etilayapti. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir–biridan farq qiladi.
Aksariyat
dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi C++ tiliga borib taqaladi.
Vaqt o‘tishi bilan dasturchilar oldiga quyilgan masalalar o‘zgarib boryapti. Bundan yigirma
yil oldin dasturlar katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilar edi. Bunda dasturni
yozuvchi ham, uning foydalanuvchisi ham kompyuter sohasidagi bilimlar bo‘yicha professional
bo‘lishi talab etilardi. Hozirda esa ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kompyuter bilan ko‘proq
uning apparat va dasturiy ta’minoti, haqida tushunchalarga ega bo‘lmagan kishilar ishlashyapti.
Kompyuter
odamlar tomonidan uni, chuqur o‘rganish
vositasi emas, ko‘proq o‘zlarining
oldilariga qo‘yilgan, o‘zlarining ishlariga tegishli bo‘lgan muammolarini
echish instrumenti
bo‘lib qoldi.
Foydalanuvchilarning ushbu yangi avlodini dasturlar bilan ishlashlarini osonlashtirilishi
bilan bu dasturlarning o‘zini murakkabligi darajasi oshadi. Zamonaviy dasturlar - foydalanuvchi
bilan do‘stona munosabatni yuqori darajada tashkil qiladigan ko‘p
sondagi oynalar, menyu,
muloqot oynalari va vizual grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega bo‘lishi lozim.