Kompyuterlar klassifikatsiyasi usullari




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

 
5. Kompyuterlar klassifikatsiyasi usullari 
Kompyuter turlarining nomenklaturasi bugungi kunda juda ko‗p. Ular vazifasi, quvvati, 
o‗lchami, element bazasi va hokazolarga qarab ajratiladi. SHuning uchun EHMlar turli xususiyatlari 
bo‗yicha klassifikatsiya qilinadi. 
Albatta, ta‘kidlash kerakki, har qanday klassifikatsiya qandaydir ma‘noda shartli bo‗ladi. 
CHunki kompyuter fani va texnikasi rivojlanishi rivojlanmoqda. Misol uchun, bugungi mikro EHM 
quvvati bo‗yicha 5 yil avvalgi mini EHMga nisbatan kam emas yoki yaqin o‗tmishdagi super 
kompyuterlar bilan ham bahslasha oladi. Undan tashqari, biror firma talabi bilan yasaladigan maxsus 
kompyuterlar qaysi guruhga kiradi, bu ham shartli. 
Keng tarqalgan kompyuter klassifikatsiyasi kriteriyalarini ko‗rib chiqamiz. 
Vazifasiga qarab klassifikatsiyalash. 

Katta elektron hisoblash mashinalari ( EHM ) 

Super EHM 

Mini EHM 

Mikro EHM 

Shaxsiy kompyuterlar 
Katta EHMlar yoki maynfreymlar - bu katta mikdor, hajmdagi ma‘lumotlarni kayta ishlash 
uchun yaratilgan. Favqulodda ishonchli, yuqori tezligi, kiritish-chiqarish kanallarida katta mikdorda 
ma‘lumot o‗tkazish bilan farqlanadi. Bu EHMlarga minglab terminallar (displey klaviatura bilan) yoki 
shaxsiy kompyuterlar ulanishi mumkin. Ko‗pgina ulkan korporatsiya, bank, chet el davlat tashkilotlari 
o‗zlarining ma‘lumotlarini aynan katta EHMlarda qayta ishlaydilar va saqlaydilar. Katta EHMlar narxi 
millionlab dollar tursa ham, hisoblarga ko‗ra ularda ma‘lumot saqlash, uzatish nisbatan arzon. CHunki 
boshqa holda minglab shaxsiyga asoslangan tarmoq orqali xizmat ko‗rsatish qimmatga tushib ketar 
ekan. 
Ular xalq xo‗jaligining katta sohalarida xizmat qilish uchun qo‗llaniladi. 64–razryad paralel 
ishlovchi protsessorlar (ular soni 100 tagacha etadi) bilan xarakterlanadi, integral tezligi o‗n 
milliardlab operatsiya bo‗lib, ko‗p istemolchi(mnogopol‘zovatel‘skiy) rejimida ishlash bilan 
belgilanadi. Bu klassdagi kompyuterlar ishlab chiqarishda etakchilikni IBM firmasi egallab turibdi. 
Eng taniqli super EHM modellari IBM 360, IBM 370, IBM ES/ 9000, Cray 3, Cray 4, Vax-100, 
Aitachi, Fujitsu VP2000 lar hisoblanadi. 
Katta EHMlarda bazali hisoblash markazlari tuziladi, ular bir necha bo‗lim yoki guruhlarga 
bo‗linadi (ular tuzilishi 4 rasmda berilgan). Xizmat ko‗rsatuvchilar – o‗nlab odamlar bo‗ladi. 
Texnik xizmat ko‗rsatish 
guruhi 
Markaziy protsessor 
Ma‘lumot tayyorlash 
guruhi 
Sistemali programmachilar 
guruhi 
Natija chiqarish bo‗limi 
Amaliy programmachilar 
guruhi 
Axborot bilan quvvatlash 
guruhi 
4-rasm. Hisoblash markazi tuzilishi 
Markaziy protsessor – EHMning asosiy bloki, unda ma‘lumotlarni qayta ishlash va natijalarni 
hisoblash bajariladi. Uning tarkibi bir necha sistemali bloklardan iborat bo‗lib, doimiy temperatura va 
havo namligi saqlanadigan alohida xonada joylashadi. 
Sistemali programmalash guruhi – hisoblash tizimining ishlashi uchun zarur programma 
ta‘minotini yaratish, otladga qilish va tadbiq etish bilan shug‗ullanadi. 
Amaliy programmalash guruhi – ma‘lumotlarni konkret bajaruvchi programmalarni yaratadi. 
Ya‘ni hisoblash tizimiga foydalanuvchi interfeysni ta‘minlovchi programmalar hosil qilinadi. 


Ma‘lumotlar tayyorlash guruhi – amaliy programmalar uchun ma‘lumot tayyorlash bilan 
shug‗ullanadi. Xususan, matn terish, tasvirni skanerlash, ma‘lumotlar bazasini to‗ldirishni bajaradi. 
Texnik ta‘minot guruhi – hisoblash tizimini texnik ta‘minlash, apparaturalarni ta‘mirlash, 
otladka qilish, yangi qurilmalarni ulashni bajaradi. 
Iqtisodiy ta‘minlash guruhi – hisoblash markazining barcha bo‗limlarini texnik ma‘lumot bilan 
ta‘minlaydi. Yaratilgan programmalarni ( programmalar kutubxonasi ) va yig‗ilgan ma‘lumotlarni ( 
ma‘lumotlar banki ) arxivini hosil qiladi va saqlaydi. 
Ma‘lumotlar berish bo‗limi – markaziy protsessordan ma‘lumotlar qabul qiladi va uning 
buyurtmasiga qulay formaga o‗zgartirib bosib chiqariladi. 
Katta EHMga qurilmalarning yuqori bahosi va xizmatchilar xarajati qo‗shiladi. SHuning uchun 
unda ish to‗xtovsiz tsikl tarzida tashkil etiladi. 
Super EHMlar juda ulkan miqdordagi hisoblashlar uchun zarur. Super EHMlarni harbiylar, 
matereologlar, geologlar va boshqa soha olimlar ishlatadi. Ular yadro portlashlarni modellashtirish, 
ob-havo prognozlash va boshqa masalalarda qo‗l keladi, o‗zini moddiy oqlaydi. CHunki bu 
kompyuterlar narxi o‗nlab million turadi. Bu EHMlarni - Gray, Research, Hitachi firmalari ishlab 
chiqaradi. Misol uchun, IBM korporatsiyasi sekundiga 3.9 trillion operatsiya bajara oladigan, 
dunyodagi eng tezkor kompyuterni ishlab chiqardi. Amerika ma‘muriyati vakillarining aytishicha, bu 
mashinadan yadro qurolli sinovlarini modellashtirish orqali imitatsiyani qurishda foydalaniladi. Yangi 
kompyuter "Pacific Blue" degan nom oldi. Yangi kompyuter oddiy shaxsiy kompyuterdan 15ming 
marta tez ishlaydi va 80ming marta katta operativ xotira bilan jihozlangan. 
Mini EHMlar katta EHMlarga o‗xshash, Xorijda uncha katta bo‗lmagan tashkilotlar, universitet, 
davlat idoralarida, ma‘lumotlarni qayta ishlash markazlarida - shaxsiy kompyuterlarni quvvati 
etmaydigan joylarda foydalaniladi. Mini EHMga (kichik EHM deb ham ataladi) o‗nlab, yuzlab 
terminal yoki shaxsiy kompyuter ulash mumkin. Ko‗pincha ishlab chiqarish jarayonlarini 
boshqarishda foydalaniladi. 
Bu kompyuterlar mul‘tiprotsessorli arxitekturasi bilan, 200tacha ulanadigan tarmoqlari, diskli 
xotira qurilmalari (ularning yuz gigobaytgacha oshirish mumkin ), tarmoqlangan periferiya qurilmalari 
bilan xarakterlanadi. Mini EHM ishini tashkil qilish uchun ham kichikroq hisoblash markazi zarur 
bo‗ladi. 
Bu EHMlarni DEC, SUN, Hewlett-Packard, IBM, Silcon Grapics va boshqalar ishlab chiqaradi. 
Silcon Grapics o‗z kompyuterlariga maxsus qurilma apparati vositalarini qo‗shimcha kiritib, uch 
o‗lchovli fazo holatini monitorda tasvirlash imkoniyatiga ega bo‗ldi. Natijada, chet el 
kinofil‘mlaridagi maxsus effekt holatlari animatsiya usulida mazkur kompyuterlarda tayyorlanadi. 
Mikro EHMni ko‗p korxonalarda ishlatish mumkin. Xizmat ko‗rsatish uchun hisoblash 
laborotoriyasida bir necha kishilik tarkib va amaliy programmachilar bo‗lishi kerak. Kerakli sistemali 
programmalar Mikro EHM bilan birga sotib olinadi, amaliy programma yaratishga katta markazlar 
yoki maxsus tashkilotlarga buyurtma beriladi. 
Hisoblash laboratoriyasi programmachilari sotib olingan yoki buyurtma berilgan programma 
ta‘minotini tadbiq etish bilan shug‗ullanadi. Ularning ishini boshqa programmalar hamda kompyuter 
qurilmalari bilan kelishtiriladi. Programma va sistema ta‘minotiga alohida fragmentlarga 
o‗zgartirishlar kiritish mumkin. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish