Jamiyat va ta‘limni axborotlashtirishning huquqiy – me‘yoriy asoslari




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

Jamiyat va ta‘limni axborotlashtirishning huquqiy – me‘yoriy asoslari.
Respublikamiz milliy iqtisodiyoti tarmoq va sohalariga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish borasida amaliy ishlar O‗zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish 
to‗g‗risidagi» Qonuni asosida olib borilmoqda. 
Ushbu Qonunda quyidagilar asosiy vazifalardan qilib quyidagilar belgilab qo‗yilgan: 
• axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va
axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini
hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratish; 
• har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini
amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta‘minlash; 
• davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek
yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‗zbekiston Respublikasining
yagona axborot makonini yaratish; 
• xalqaro axborot tarmoqlari va internet jahon axborot tarmog‗idan erkin foydalanish uchun 
sharoit yaratish. 
• davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‗zaro aloqada ishlashini ta‘minlash; 
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini
tashkil etish; 
• axborot resurslari, xizmatlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorini
shakllantirishga ko‗maklashish; 
• dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‗batlantirish; 
• tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay
sharoit yaratish; 
• kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‗batlantirish. 
Respublikamizda bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi turli tadbirkorlik shakllarining 
vujudga kelishiga keng sharoit yaratib bermoqda. Tadbirkorlikning rivojlanishi axborot-


kommunikatsiya texnologiyalari biznesini shakllantirish va taraqqiy ettirishga ham katta ta‘sir 
ko‗rsatmoqda. Avvolambor, bu turdagi tadbirkorlikka axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari
biznesi tovarlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va tarqatish bilan keng shug‗ullanayotgan
boshqarish subyektlarini kiritish o‗rinlidir. Bu borada «O‗zbekiston Respublikasining «Elektron
tijorat to‗g‗risida» Qonuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tadbirkorlik faoliyatini 
yo‗lga qo‗yish uchun katta turtki bo‗ldi. 
Axborot faoliyati - bu milliy iqtisodiyot sohasi bo‗lib, axborot mahsulotlari va xizmatlarini
ishlab chiqish va qayta ishlab iste‘molchilarning bu boradagi talabini qondirish bilan
shug‗ullanayogan tadbirkorlikning bir shaklidir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
bozorining mamlakat milliy iqtisodiyotida nufuzli o‗rinni egallab borayotganligini inobatga olib, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‗g‗risida»gi Farmoni qabul qilindi. 
Unda axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining 
barcha sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va 
telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish,
fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab ehtiyojlarini yanada to‗liqroq qondirish, jahon
axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‗lishni kengaytirish
uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‗yildi: 
• zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma‘lumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot 
resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron shakllariga
izchillik bilan bosqichmabosqich o‗tish; 
• real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta ‘lim sohalarida kompyuter va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy
kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‗lishlari uchun shartsharoitlar yaratish; 
• maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‗quv yurtlarining ta‘lim 
jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashga hamda
ularni faol qo‗lanishga asoslangan ilg‗or ta‘lim tizimlarini kiritish; 
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni,
ma‘lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-
kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab 
chiqish; IR sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish: 
• axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda tutgan
holda mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy 
infratuzilmasini, shu jumladan, ko‗chma aloqa, IR texnologiyalari, boshqa zamonaviy
telekommunikatsiya va ma‘lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish; 
• milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‗oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish,
aholi punktlari, shu jumladan, qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini ta‘minlash; 
• sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni 
rag‗batlantirishning samarali mexanizmini yaratish; 
• mahalliy kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda ishlab 
chiqarishni tashkil etishga ko‗maklashish. 
Axborot va kompyuter texnologiyalari bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash tizimini
takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya hamda innovatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga
tatbiq etishni yanada kengaytirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot 
texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‗g‗risida»gi Qarori qabul 
qilindi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‗yicha bosh oliy muassasa etib belgilandi. Bundan tashqari, 
«Informatika va axborot texnologiyalari» ta‘lim yo‗nalishi bo‗yicha kadrlar tayyorlash
O‗zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent islom
universitetlarida ham saqlanib qolindi. Hozirgi kunda bu oliy o‗quv yurtlarimizda yuqori
malakali va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yigirmadan ortiq davlatlar oliy
o‗quv yurtlari bilan yaqindan aloqalarni o‗rnatgan. Dasturlash bo‗yicha jahon olimpiadasining 
hududiy bosqichi ham ushbu oliygoh boshchiligida tashkil qilinib kelinmoqda. 


O‗zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi aloqa, axborotlashtirish 
sohasidagi masalalarni hal etish va davlat siyosatini olib borish hamda radiochastota spektridan
foydalanish uchun vakolatlangan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‗g‗risida»gi 
Farmoniga binoan O‗zbekiston Respublikasining sobiq Aloqa vazirligi negizida tashkil etilgan
O‗zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi O‗zbekiston Respublikasi aloqa va 
axborotlashtirish agentligiga aylantirildi. 
O‗zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi tarkibiga Davlat aloqa 
inspeksiyasi, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, Elektromagnit moslashuv markazi, 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi, Ommaviy kommunikatsiyalar 
texnologiyalarini rivojlantirish fondi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring
markazi, Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi, Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti,
Respublika maxsus aloqa bog‗lamasi, Davlat feldegerlik xizmati, « O‗zbektelekom» aksiyadorlik 
kompaniyasi, « O‗zbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyati, «Matbuot tarqatuvchi»
aksiyadorlik kompaniyasi, O‗zbekiston teleradiokompaniya tarmoqlarini boshqarish respublika 
markazi, «UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish 
markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi kabi tashkilotlar kiradi. Ular hozirgi kunda
respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozori shakllanishi va milliy iqtisodiyot 
tarmoq hamda sohalariga keng joriy etish bo‗yicha yetakchilik qilishmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2008-yil 15-iyulda qabul
qilgan «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirish 
borasidagi 
qo'shimcha 
chora-tadbirlar 
to‗g‗risida»gi qarori respublikamizda korxonalarni 
modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, 
moslanuvchan texnologiyalarni keng joriy etish masalalarini hal qilish uchun zamin yaratib berdi. 
U ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojiga, ilmiy tadqiqot institutlari hamda
real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‗rtasida uzviy hamkorlik aloqalarini o‗rnatishga kuchli turtki 
berdi. 
Hozirda fan va ta ‘lim sohalarini axborotlashtirish uchun qilinayotgan investitsiyalar 
maktab, kollej, litsey va oliy o‗quv yurtlarda bilimlarni keng tarqatishni tezlashtiradi. Umuman 
olganda, jamiyatni axborotlashtirish ta‘lim jarayonini yangicha tashkil qilishni talab qilib, yangi
ta‘lim texnologiyalari o‗tishni, ta‘lim xizmatlariga kirishni kengaytirish va ularning sifatini 
yuksaltirishni talab qilmoqda. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyat va ta‘limni axborotlashtirishning huquqiy – me‘yoriy asoslari

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish