Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

 
Ekspert tizimlari.
Haqiqiy ekspert tizimlar murakkabroq strukturaga ega bo‗lishi mumkin, lekin yuqorida 
keltirilgan bloklar har bir haqiqiy ekspert tizimida bo‗ladi. 
Ayrim asosiy terminlarni keltiramiz: 
Foydalanuvchi – tizim mo‗ljallangan, ya‘ni uni ishlatuvchi predmet sohasi mutaxassisi. 
Bilimlar ombori – ekspert tizim yadrosi, ekspert va foydalanuvchiga tushunarli hamda EHM 
tashuvchisida berilgan predmet sohasi bilimlari to‗plami. 
Yechuvchi bilimlar omborida bor bilimlar asosida ekspert fikrlarini modellashtiruvchi 
dastur. Tushuntirishlar kod tizimi foydalanuvchiga "Nima uchun tizim shu qarorni qabul qildi", "U 
yoki bu taklif qanday olindi" kabi savollarga javob beruvchi dastur. 
Bilimlar ombori intellektual redaktori. Bilimlar mutaxassisiga bilimlar omborini muloqot
rejimida yaratuvchi dastur. U o‗ziga ichma-ich joylashgan menyu, yordam (Help) va boshqa ombor 
bilan ishlashni osonlashtiruvchi servis vositalarini mujassamlashtirgan. 
Ekspert tizimini tuzuvchilar kollektiviga kamida 4 kishi kiradi: 
ekspert; 
bilimlar mutaxassisi; 
dasturchi; 
foydalanuvchi. 
Jamoani bilimlar mutaxassisi boshqaradi, u tizimni tuzishda asosiy figura bo‗lib hisoblanadi. 
Ekspert tizimlari klassifikastiyasi. 
Ekspert tizimlari sinfi hozirgi davrda har xil kriteriyalar bo‗yicha klassifikastiya qilsa 
bo‗ladigan minglab dastur komplekslariga ega.
Yechiladigan vazifasi bo‗yicha klassifikastiya. 


Ma‘lumotlarni aniqlash (interpretastiya) bu ekspert tizimlarida an‘anaviy masalalardan biridir.
Interpretastiya deganda natijalari korrekt bo‗lgan ma‘lumotlar ma‘nosini aniqlash tushuniladi. 
Odatda ma‘lumotlarning bir necha varianti ko‗riladi. 
Ekspert tizimlarga misollar keltiramiz: 
okean kemalarining har xil tiplarini aniqlashtiruvchi SIAP; 
psixodiagnostika testlariga asoslanib va ular natijasi asosida shaxsning asosiy xususiyatlarini aniqlash 
ABTAHTECT va hk. 
Diagnostika. 
Diagnostika deganda biror tizimda buzilish holatini topish tushiniladi. Buzilish bu normadan 
chetga chiqishdir. Nazariy jihatdan olganda ushbu traktovka orqali texnik tizimlardagi buzilishni, tirik 
organizmdagi kasallanishni, tabiiy o‗zgarishlarni aniqlash mumkin. Bu yerda muhim nuqta bo‗lib 
diagnostika qilinadigan tizimni funkstional strukturasini tushunish zarurligi hisoblanadi. 
Misollar: 

qon tomirlari diagnostikasi va terapeyasi

EHM apparaturasi va matematik ta‘minotidagi xatoliklar diagnostikasi. 
Monitoring. 
Monitoringni asosiy vazifasi vaqtning real masshtabida ma‘lumotlarni uzluksiz qayta ishlash 
va milliy chegaralaridan chiqish haqida ma‘lumot berib turish. Bunda bosh muammo ayrim 
situastiyalarni o‗tkazib yuborish va yolg‗ondan yoki noto‗g‗ri signalizastiyaning ishlab ketishi. 
Misollar: Elektrostanstiya ishini nazorat qilish SPRINT, atom reaktori dispetcheriga yordam 
REACTOR ekspert tizimlari.
Loyihalash. 
Loyihalash deganda oldindan aniqlangan xossalariga ega ob‘ektlarni spestifikastiyasini 
tayyorlashni tushunamiz. Spestifikastiya deganda hamma kerakli hujjatlar chizma, tushuntirish yozuvi 
va hokazolarni tushunamiz. Bu yerda asosiy muammo ob‘ekt to‗g‗risida aniq struktura bilimiga ega 
bo‗lishdir. Effektiv loyihalashni tashkil qilish uchun, nafaqat loyiha yechimlarini, ularni qabul qilish
motivlarini ham aniq qilish kerak. 
Shunday qilib loyihalash masalalarida 2 asosiy jarayon o‗zaro bog‗liq, bular: yechimni 
chiqarish jarayoni va tushuntirish jarayoni. 
Misollar: 

EHM konfigurastiyasini loyihalash VAX 11/780; 

katta integral sxemalarni loyihalash CADHELP. 

elektrik tarmoqlar sintezi SYN. 
Prognozlash. 
Prognozlovchi tizimlar berilgan vaziyatlardan mantiqiy natijalar chiqaradi. Prognozlovchi 
tizimda odatda berilgan situatsiyaga parametr qiymatlarini moslovchi parametrik dinamik model 
qo‗llaniladi. Ushbu modeldan chiqariladigan natija ehtimoli baholar bilan qilingan prognozlar asosida 
tashkil qiladi. 
Misollar: 

robotni o‗zini tutishni rejalash STRIPS; 

sanoat buyurtmalarini rejalash ISIS; 

tajribani rejalash MOLGEN; 
O‗qitish. 
O‗qitish tizimlari EHM yordamida qaysidir bir fanni o‗rganishdagi xatolarni aniqlaydi va 
to‗g‗ri yechimlarni taklif qiladi. Ular o‗quvchi bilimidagi kuchsiz joylarni diagnostika qiladi va ularni 
yo‗qotishni rejalashtiradi. Bundan tashqari ular o‗quvchining muvaffaqiyatiga qarab uni bilimlarini 
o‗tkazib olish uchun muloqotni rejalashi ham mumkin. 
Misollar: 

LISP dasturlashtirish tiliga o‗qitish tizimi; 

Paskal tiliga o‗qitish PROUST tizimi. 


Real vaqtga bog‗liq ravishda klassifikastiyalash. 
Statik ekspert tizimlar bilimlar ombori real vaqtda o‗zgarmaydigan predmet sohalarida tuziladi. 
Masalan: avtomobildagi xatoliklarni aniqlash va tuzatish. 
Kvazidinamik ekspert tizimlar qandaydir fiksirlangan vaqt ichida o‗zgaradigan jarayonlarda tuziladi. 
Masalan, mikrobiologik ekspert tizimlar, har 45 soatda olinadigan texnologik jarayon o‗lchovlari. 
Dinamik ekspert tizimlar ketma-ket keladigan ma‘lumotlarni qabul qilib xulosalash uchun 
datchiklar qo‗yilgan ob‘ektlarda tuziladi. 
Masalan: reanimastion palatadagi o‗lchashlarni diagnostikasi. 
EHM tili bo‗yicha klassifikastiya. 

Hozirgi kunda quyidagi tizimlar mavjud: 

super EHM larda strategik muhim masalalar uchun ekspert tizimlar; 

o‗rta darajadagi EHM larda ET lar

simvolli prostessorlarda va ishchi stanstiyalarida ET lar; 

mini va supermini EHM larda ET lar; 

shaxsiy kompyuterdagi ET lar. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish