Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

Jamiyatni axborotlashtirish
deganda esa, asosiy e‘tibor inson faoliyatining barcha
sohalarida axborot va bilimlarni o‗z vaqtida, to‗liq va tezkor holda to‗liq foydalanishni ta‘minlab
berishga yo‗naltirilgan kompleks chora-tadbirlarga yo‗naltiriladi. 


 
Ta‘limni axborotlashtirish jarayonlari 
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o‗quv yurtlarida ham yuqori malakali informatika va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‗yicha mutaxassislar yetishib chiqishmoqda, undan
tashqari matematika, fizika kabi mutaxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo‗yicha ma‘lum
bir qayta tayyorlash kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy mahsulotlar
ishlab chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz rivojlanishiga katta hissa qo‗shish
mumkin bo‗ladi. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining texnik qismini respublikamizda ishlab chiqarish uchun katta
sarmoyalami jalb qilish talab qilinadi, bu esa ham vaqt ham iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
emasdir. Shuning uchun ham biz asosan e‘tiborimizni dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarib 
avvalambor o‗zimizning ichki talabimizni qondirishimiz va undan keyin eksportga 
yo‗naltirishimiz lozimdir. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta‘lim olishni boshlagan vaqtdan
boshlab ommaviy ravishda o‗qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o‗quvchilar 
ko‗nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar talabalari 
uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish kerakdir. Uchinchi
bosqichda, oliy o‗quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar qoshida dasturchilar sinfini
shakllantirish kerak bo‗ladi. Bundan tashqari, ta‘limning barcha bosqichlarida pilot loyihalarni
o‗tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish lozim; o‗quv jarayoni uchun ishlab
chiqilishi kerak bo‗lgan dasturiy mahsulotlar davlat tomonidan to‗liq moliyalashtirilishi kerak;
mamlakat darajasida ta‘lim resurslarini qamrab olgan yagona ma‘lumotlar bazasini shakllantirish 
lozim; respublika hududlarida ta‘limni axborotlashtirish darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning 
asosida kerakli qarorlarni qabul qilish kerakdir.
Jahon amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta‘lim berish 
jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimligini ko‗rsatmoqda. Ta‘limga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad - ta‘lim 
jarayonining barcha ishtirokchilari, ya‘ni ta‘lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni 
yaratib berishdan iboratdir. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga keng ko‗lamda joriy qilish 
quyidagilarni beradi: 
• o‗quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor-o‗qituvchilar tomonidan qidirib topishga 
ketadigan vaqtning qisqarishi
• elektron o‗quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o‗zgartirishning 
tezlashtirilishi; 
• talabalarning mustaqil ta‘lim olishlari uchun qo‗shimcha vaqtning ajratilishi. 
Jahon tajribasi shuni ko‗rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‗quv 
jarayonida qo‗llashning istiqbollari bo‗lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv ma‘ruzalarni
tashkil qilish hisoblanadi. An‘anaviy ma‘ruzalar o‗qishga nisbatan interaktiv ma‘ruzalarda talabalar 
o‗qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo‗lib, unda o‗quv materialining turli joyidan savollar 
berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo‗ladilar. Multimedia-texnologiyalarda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy texnik vositalarining mujassamlanishi 
talabalarning, ya‘ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video») 
ko‗rinishdagi axborotlarni turli his etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasining 
yuksaltirilishini ta‘minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni ta‘minlaydi.
Shaxsiy kompyuter o‗qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi. O‗qituvchi ma‘ruzalarga 
tayyorlanishida Microsoft Office dasturining Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi
kerak bo‗ladi. Bu albatta o‗qituvchidan shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo‗lishini
talab etadi. Bundan tashqari bunday ma‘ruzalarni yoki amaliyot mashg‗ulotlarini tashkil qilish
uchun maxsus jihozlangan auditoriyalarni talab qiladi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta‘limga keng kirib kelishi bilan ko‗pgina 
davlatlarda masofaviy ta‘lim, ochiq ta‘lim va malaka oshirishning masofadan turib oshirish kurslari 
ham keng kirib keldi. Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste‘dod» 
jamg‗armasi qoshida ham bir qator masofadan malakasini oshirish kurslari yo‗lga qo‗yilgan va 
muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatmoqda. Masofaviy ta‘limning o‗quv-uslubiy negizini tashkil qiluvchi 


elektron o‗quv adabiyotlarini yaratish bo‗yicha ham «Axborot texnologiyalari va menejment» 
fakultetida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda 100 dan ortiq elektron darslik va 
qo‗llanma, avtomatlashtirilgan test tizimlari, virtual stendlar, multimedia
tizimlari ishlab chiqilib, o‗quv jarayonida keng foydalanilmoqda. 
• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‗quv jarayonida ommaviy foydalanishda
elektron darsliklar katta ahamiyat kasb etmoqda. Elektron darslik har xil dasturlash tillari orqali 
tuziladi, lekin dasturlashning ma‘lum bir standarti hozirchalik mavjud emas. Har bir elektron
darslik o‗ziga xos bo‗ladi. Ushbu darslikning ham bir necha qulayliklari mavjud, jumladan: 
• o‗rganilishi kerak bo‗lgan materiallarni talabalarga qulay ko‗rinishda taqdim etish; 
• elektron darslikning talaba bilan interaktiv usulda muloqotda bo‗la olishi; 
• talabalaming o‗quv materiallarini mustaqil ravishda o‗rganishi va olgan bilimlarini test 
sinovlari asosida sinab ko‗rishi mumkinligi. 
• АКТ keng ko‗lamda qo‗llanilishi ta‘limni sifat va samaradorlik jihatidan yuksaltirishda
ko‗maklashadi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: 
• ta ‘lim sohasidagi yangi texnika va texnologiyalar haqidagi axborotlarni keng tarqatish
kerak; 
• АКТ o ‗rganishni maktab partasidan boshlashni keng yo‗lga qo‗yish kerak, bu esa
kompyuter savodxonligini tez vaqt ichida egallashda yordam beradi; 
• ta‘lim berishning barcha pog‗onalarida sifat ko‗rsatkichini yuksaltirish uchun АКТ keng
foydalanish lozim; 
• o ‗qituvchilarning tayyorgarlik darajasini yanada yuksaltirish kerak bo‗lib, ular esa o‗z
o‗rnida axborotlashgan jamiyatga borish yo‗lini ko‗rsatib berishlari kerak; 
• turli darajadagi hamkorliklar asosida АКТ ta‘lim sohasida samarali foydalanish ko‗lamini
kengaytirish lozim. 
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini respublikamiz boshqaruv tizimida bosqichma-
bosqich joriy qilinib borilishi, jamiyatimizni to‗liq axborotlashitirish, milliy iqtisodimiz tarkibida 
yangi, ya‘ni axborot va bilimlarga asoslangan iqtisodni shakllantirishga olib kelishi mumkin. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish