Mustaqil ta’limning vazifalari




Download 283,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana02.12.2023
Hajmi283,68 Kb.
#109883
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Media savodxonlik va axborot madaniyati 2023 2024 o'quv yili (1)

Mustaqil ta’limning vazifalari
- talabalarning egallayotgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini 
mustahkamlash;
- nazariy tayyorgarlikni kuchaytirish va kengaytirish; 
- maxsus adabiyotlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy tadqiqot 
manbalaridan foydalanish kӯnikmasini rivojlanitirish;
- yangi bilimlarni egallashga bo’lgan intilish, ijodiy tashabbuskorlik, 
mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashkilotchilik kӯnikmalarini rivojlanitirish;
- mustaqil fikrlash, o’z shaxsiy rivojlanishi ustida ishlash, o’z imkoniyatlarini 
namoyon eta olish va amalga oshira olish kӯnikmalarini rivojlantirish;
- tadqiq etish mahoratini shakllantirish;
- mustaqil ta’lim jarayonidan tӯplangan material va bilimlarni amaliyotga, 
kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga, oraliq va yakuniy nazorat imtihonlarida 
tatbiq etish ko’nikmasini rivojlantirish.
Mustaqil ta’limning funksiyasi: - rivojlantiruvchi (talabani aqliy mehnat 
faoliyatini oshirish, ijodkorlik faoliyatini kengaytirish, intellektual salohiyatini 
boyitish); 
- informatsion-ta’limiy (talaba uchun auditoriya mashg‘ulotlarining mustaqil 
ta’lim bilan hamohang tarzda olib borish orqali o’quv faoliyatining samaradorligini 
oshirish); 



- yo’naltiruvchi-rag‘batlantiruvchi (o‘quv faoliyatining motivatsiya va stimul 
berishi);
- tarbiyaviy (mutaxassislik, fuqarolik professional sifatlarini shaklllantirish va 
rivojlantirish;
- tadqiqiy (professional-ijodiy fikrlashning yuqoriroq darajaga ko’tarilishi). 
Mustaqil ta’limning asosini quyidagi prinsiplar tashkil etadi: 

ijodiy faoliyat;

maqsadli rejalashtirish;

shaxsiy-mustaqil yondoshuv.
Mustaqil ta’lim – har bir talaba uchun o’quv jarayonining majburiy muhim 
tarikibiy qismi bӯlib, uning hajmi o’quv dasturida belgilab beriladi. 
Talabalarning mustaqil ta’lim olishi samarali natija berishi uchun u bir qator 
talablarga javob berishi kerak:
1. Auditoriya darslari va mustaqil ta’lim muvozanatini to’g‘ri taqsimlash va 
ularni o’zaro uyg‘unlikda olib borish.
2. Talabaning auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini uslubiy 
jihatdan to’g‘ri tashkil etish.
3. Talabani zarur o’quv va uslubiy materiallar bilan ta’minlash.
4. Mustaqil ta’lim ustidan nazorat olib borish va mutaqil ishni ijobiy bajargan 
taqdirda talabani rag‘batlantirish choralarni ko’rish. 


Download 283,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 283,68 Kb.
Pdf ko'rish