4
adabiyotlarda keltirilgan barcha ta’riflar mohiyatan yagona mazmunga borib
taqaladi: mustaqil ta’lim - talabaning muayyan
fan doirasida professor-
o’qituvchining bevosita ko’magisiz mustaqil ravishda bilim olishga qaratilgan
tizimli faoliyatidir. U talabadan aqliy va amaliy faoliyatni,
diqqatni bir joyga
jamlashni talab etadi. Uning natijasi esa nafaqat talabaning bilim darajasini, balki
uning mahoratini, iste’dodini ham namoyon etadi. U talabaning o’zini-o’zi
boshqarish, o’zini-o’zi faollashtirish, o’zini-o’zi tashkillashtirish, o’zini-o’zi nazorat
qilish kabi psixologik determinantlarini rivojlantiradi.
Demak, mustaqil ta’lim – talabaning tegishli fan yuzasidan o’qituvchining
topshirig‘i va uslubiy rahbarligi asosida, ammo uning bevosita ko‘magisiz
bajaradigan o’quv, o’quv-tadqiqot, ilmiy tadqiqot ishlari hisoblanadi.
Talaba mustaqil ishining asosiy
maqsadi o‘qituvchining rahbarligi va nazorati
ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda
bajarish uchun zarur
bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Shuningdek, mustaqil ta’lim olishdan ko‘zlangan maqad talabalar bo’lajak
mutaxassislik profili bo’yicha tadqiqiy faoliyat, ijodkorlik,
mustaqillik,
tashkilotchilik, mas’uliyatlilik ko’nikmalarini shakllantirish orqali fundamental
bilim, professional malaka va kӯnikmalarga ega bӯlishga erishishdir. Shuningdek,
talaba mustaqil ishini bajarishidan asosiy maqsad – kafedra professor
o’qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati
ostida talabaning semestr
davomida fanlarni uzluksiz o’rganishini tashkil etish, olingan bilim, ko’nikmalarni
chuqur o’rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy
mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va qabul
qilishni shakllantirish hamda shu tariqa yuqori
malakali raqobatbardosh
mutaxassislar etishib chiqishiga erishishdan iborat.