O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus




Download 1 Mb.
bet6/12
Sana24.07.2021
Hajmi1 Mb.
#16063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1.2.Delphi dasturi

Oxirgi vaqtda dasturlashga qiziqish ortib ketdi. Bu axborot texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishi bilan bog‘liq. Agar inson kompyuter bilan ishlasa, unda dasturlashtirishga ehtiyoj va xohish paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda personal kompyuter uchun Windows operatsion sistemasi juda mashhur. Dastur tuzishda uni yozishda Windows operatsion sistemasi kompyuterlardan foydalaniladi. Texnikaning rivojlanishi kompyuter dasturlarining tez ishlashiga olib keldi. Bularga Borland Delphi va Windows Vizual Basic va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Delphi - dasturiy vostasi: Bu windows uchun mo‘ljallangan dasturlash muxiti bo‘lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruhi dastur tuzuvchilari Chak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.

Bu til o‘zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Borland Delphi ning paydo bo‘lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko‘rinish bo‘ldi. Delphi ning vujudga kelishiga quyidagilar sabab bo‘ldi;

Windows uchun dasturlash va komponentalar texnologiyasi.

Masalalarni yechish uchun obyektga yo‘naltirilgan usul.

Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari.

Interpritatsiyadan emas, kompilyatsiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o‘n martalab ustunlikka ega bo‘ladi.

Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlarining mavjudligi.

Borland Delphi yuqorida bayon etilgan fikrlarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tilining bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, Delphi 3... , Delphi 7 va h.k.).

Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Bu ikki tilning qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?

Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. Ya’ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi hisoblanadi. Agar biz Delphi da biror forma hosil qilsak, u holda Delphi bizga o‘zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphida, agar unga o‘zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O‘zimiz esa *.pas kengaytmasini saqlagan holda xoxlagan nomimizni berishimiz mumkin.

Delphi – dasturlashtirishda, dasturni tez ishlatishda foydalaniladigan dasturlash tili. Delphi tili Object Pascal tiliga asoslangan dasturlash tili hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi ning yangi loyihasi Borland Delphi 7 dasturchilarga ma’qul tushdi. Borland Delphi bilan katta bazali dasturlarni yaratish mumkin. Bu paketga turli xil ma’lumotlar, XML – hujjatlari, axborotlashtirish sistemalari va boshqalar kiritilgan. Delphi 7 ning asosiy xususiyati NET texnologiyasini qo‘llab quvvatlaydi.

Borland Delphi 7 bilan Windows 98 dan Windows XP gacha ishlash mumkin. Xozirgi zamon talabiga asosan bu dasturlash tili uchun Pentium va Celeron protsessorlari bo‘lishi kerak va ularning chastotasi 400 MGs, operativ xotirasi 128 Mbayt, o‘rnatish uchun diskda 475 Mbayt bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Delphi dasturini ishga tushirish va oynalar haqida ma’lumot

Ishning boshlanishi. Delphi har doimgidek ochiladi, ya’ni quyidagicha.



(1.2.1-chizma) Delphi dasturini ishga tushirish


- delphi ni ishga tushurish.

- bu paytda bitta oyna o‘rniga 5 ta oyna chiqadi.

- bu yerda Delphi ning asosiy tashkil etuvchilari keltirilgan:

- delphi ning asosiy oynasi.

- formalar konstruktori (Form Designer)

- obyektlar inspektori (Object Inspector)

- obyektlar daraxti (Object TreeView)

- dastur matni muharriri (Code Editor)



- dastur matniga yo‘l ko‘rsatuvchi oynasi (Code Explorer)

(1.2.2- chizma). Delphi 7 dasturining umumiy ko‘rinishi.


Asosiy oynada buyruqlar menyusi, asboblar paneli, ishlatiladigan komponentlar ro‘yxati chiqadi. Boshlang‘ich forma oynasi asosiy oynada tayyorgarlik jarayonini ko‘rsatadi. Dasturni ta’minlash ikki turga bo‘linadi:

1. Sistemali 2. Ilovali.



Sistemali programmani ta’minlash bu operatsion sistemaning hamma ko‘rinishlari, qolgan hamma ma’lumotlar ilovali.


Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

Download 1 Mb.