• Operator Ma’nosi Amal
  • Birinchi bobning xulosasi.
  • II BOB. PAXTA MAVSUMINI BUXGALTERIYA JARAYONINI AVTOMATLASHTIRSH DASTURINI YARATISH. 2.1 Ma’lumotlar omborini shakllantirish texnalogiyasi.
  • 2.2. Avtomatlashtirilgan dasturni yaratish.
  • Ikkinchi bobning xulosasi
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus




    Download 1 Mb.
    bet12/12
    Sana24.07.2021
    Hajmi1 Mb.
    #16063
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Operator

    Ma’nosi

    Amal

    CREATE TABLE

    Jadval yaratish

    MB da yangi jadval yaratish

    DROP TABLE

    Jadvalni o‘chirish

    MB dan jadvalni o‘chirish

    ALTER TABLE

    Jadvalni o‘zgartirish

    Mavjud jadval strukturasini o‘zgartirish yoki joriy jadval uchun o‘rnatilgan butunlik cheklanishlarini o‘zgartirish

    CREATE VIEW

    Tasvir yaratish

    Biror SQL –so‘rovga mos virtual jadvalni yaratish

    Ma’lumotlarni manipulyatsiyalash operatorlari:

    Data Manipulation Language (DMP)

    (1.3.2-jadval)



    Operator

    Ma’nosi

    Amal

    DELETE

    Satrni o‘chirish

    Belgilangan satrlarni o’chirish.

    INSERT

    Satrni qo‘yish

    Jadvalga bitta satrni qo‘yish. Bu operatorning boshqa modifikatsiyalarida biror jadvalning bir necha stari yoki so‘rov natijasi jadvalga qo‘yilishi mumkin.

    UPDATE

    Satrni yangilash

    Bitta yoki filtratsiya shartini qanoatlantiruvchi bir necha ustunlaridagi bitta yoki ko‘proq ustunlardagi qiymatlarni almashtirish

    Data Query Language (DQL) so‘rov tili:

    (1.3.3-jadval)

    Operator

    Ma’nosi

    Amal

    SELECT

    Satrni tanlash

    Relyatsion algebraning barcha amallarini bajaruvchi operator.

    Tranzaksiyalarni boshqarish operatorlari:

    (1.3.4-jadval)


    Operator

    Ma’nosi

    Amal

    COMMIT

    Tranzaksiyani tugatish

    Tarnzaksiyani tashkil qiluvchi ma’lumotlarni qayta ishlovchi murakkab va o‘zaro bog‘langan amalarni tugatish

    ROLLBACK

    Tranzaksiyani bekor qilish

    Tranzaksiya bajarilishi natijasida yuz bergan o‘zgarishlarni bekor qilish

    SAVEPOINT

    Tarnzaksiya bajarilishida oraliq nuqta saqlash

    MB ni oraliq xolatini saqlash. Bu keyinchalik shu xolatga qaytish uchun zarur bo‘ladi.

    Ma’lumotlarni boshqarish operatorlari:
    • DCL (Data Control Language) ma’lumotlarni boshqarish

    (1.3.4-jadval)



    Operator

    Ma’nosi

    Amal

    ALTER DATABASE

    MB ni o‘zgartirish

    Butun ma’lumotlar bazasiga tegishli bo‘lgan obyektlar va cheklanishlar to‘plamini o‘zgartirish

    ALTER DBAREA

    MB saqlash soxasin o‘zgartirish

    Avval yaratilgan saqlash soxasini o‘zgartirish

    ALTER PASSWORD

    Parolni o‘zgartirish

    Butun ma’lumotlar bazasi parolini o‘zgartirish

    CREATE DATABASE

    MB yaratish

    Barcha parametrlarini ko‘rsatgan xolda yangi ma’lumotlar bazasini yaratish

    CREATE DBAREA

    Saqdash soxasin yaratish

    Yangi saqlash soxasiniyaratish va unda ma’lumotlar joylashtirishga ruxsat etishi

    DROP DATABASE

    MB ni o‘chirish

    Mavjud ma’lumotlar bazasini o‘chirish (bunday amal bajarish vakolatiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun)

    DROP DBAREA

    MB saqlash soxasin o‘chirish

    Mavjud saqlash soxasini o‘chirish (agar unda joriy vaqtda faol ma’lumotlar joylashmagan bo‘lsa)

    GRANT

    Vakolat berish

    MB ba’zi obyektlari ustida bir qator amallarni bajarish xuquqini berish

    REVOKE

    Xuquqdan maxrum qilish

    Biror yebyektga yoki obyekt ustida bajariladigan ba’zi amallarni bajarish xuquqidan maxrum qilish


    Birinchi bobning xulosasi.

    Malakaviy bitiruv ishining birinchi bob mavzusi avtomatlashtirilgan dasturni tuzish uchun nazariy asoslar haqida. Ushbu bobda avtomatlashtirilgan baholash dasturi muhim faktorlari Delphi dasturi haqida hamda SQL tili afzalliklari va kamchiliklari bo’limlarida to’xtalib o’tilgan.




    II BOB. PAXTA MAVSUMINI BUXGALTERIYA JARAYONINI AVTOMATLASHTIRSH DASTURINI YARATISH.
    2.1 Ma’lumotlar omborini shakllantirish texnalogiyasi.

    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi:

    - ma’lumotlar tuzilmalarining turi.

    - ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.

    - butunlikning cheklanganligi.

    - MBBT ning asosiy xususiyati faqatgina qiymatlarni qiritish va saqlashni amalga oshiruvchi vositalar bo’lmasdan uning tuzilmasini ham berilishidir. MBBT boshqaruvi ostidagi qiymatlar va ular tavsifi saqlanadigan fayllarni ma’lumotlar banki, keyin esa ma’lumotlar bazasi (MB) deb atash qabul qilindi.

    - biror bir dastur uchun maxsus tashqil qilingan fayldagi ma’lumotlarga ishlov berishga nisbatan MBBT orqali ma’lumotlarga ishlov berish bir oz ko’proq vaqtni oladi. Xozirgi kunda kompyuterlarning texnik imkoniyatlari yuqori bo’lganligi uchun bu vaqt sezilmaydi. Ammo MB ga biror o’zgarish kiritilsa u dasturiy maxsulotlarga ta’sir qilmaydi. MBBT har bir foydalanuvchiga qiymatlarga kirish imkoniyatini yaratishi lozim. Foydalanuvchi MBBT ning quyidagi xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo’lmasligi mumkin.

    - qiymatlarning xotirada jismoniy joylashtirilishi va ularning tasvirlanishi;

    - so’ralgan ma’lumotlarni izlash mexanizmi;

    - bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumotlarni bir necha foydalanuvchi so’rovida tasvirlanishi va o’zgartirishda vujudga keladigan muammolar;

    - ruxsat berilmagan kirishlar va nomutanosib o’zgartirishlarda ximoyalash usullari;

    - MB ni ishchi xolatda doimo saqlash va MBBT ning boshqa ko’pgina xizmatlari.

    - xozirgi kunda MySQL, MS SQL Server, Oracle singari relyatsion MBBT lar ko’p qo’llanilmoqda.

    - MBBT yadrosi vazifasi.

    - MBBT arxitekturasi yoki yadrosi quyidagicha aloxida olingan modullardan tashkil topgan:

    - MB boshkarish bloki disklardagi ma’lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so’rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi.

    - fayl menedjeri ma’lumotlar tuzilmasi bilan disklar o’rtasidagi bo’glanishni boshqaradi.

    - guery-protsessor ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MBni boshqarish bloki tushunadigan tilga o’tkazadi.

    - prekompilyator DML(Data Manipulation Language) ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo’lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:

    - MBdan ma’lumotlarni ajratib olish,

    - MBga ma’lumotlarni kiritish,

    - MBdan ma’lumotlarni olib tashlash,

    - MBni modifikatsiya (o’zgartirishlar) qilish.

    - kompilyator DDL(Data Definition Language)-MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MBning tuzilmasi ko’pincha jadval shaklida bo’ladi.

    - shuni ta’kidlash lozimki, xozirgi vaqtda deyarli barcha MBBTlar asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda.

    Mijoz server texnologiyasi.

    - «Mijoz – server» texnologiyasini qo‘llash tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlarga asoslanadi bu kompyuterlardan biri maxsus boshqaruv funksiyalarini bajaradi (tarmoq serveri bo‘ladi).

    - «Mijoz – server» arxitekturasi funksiyalarni foydalanuvchi dasturi (mijoz deb ataluvchi) va server funksiyalariga ajratadi. Mijoz dastur MB saqlanayotgan serverga SQL (Structured Query Language) strukturalashgtirilgan so‘rovlar tilidagi so‘rovni jo‘natadi. SQL relyatsion MB larning xalqaro standarti xisoblanadi. Masofadagi server so‘rovni qabul qiladi va faol bo‘lgan SQL serverga beradi. SQL server bu masofadagi MBni boshqaruvchi maxsus dastur. SQL server so‘rovni talqin qiladi, bajaradi, so’rov natijalarini rasmiylashtiradi va mijoz dasturiga uzatadi. Bu jarayonda mijoz kompyuterining resurslari so’rovni bajarishda ishtirok etmaydi. Mijoz kompyuter faqat server MB ga so‘rov jo‘natadi va natijani qabul qiladi. Keyin natijani zarur shaklda talqin qiladi va foydalanuvchiga tasvirlab beradi. Mijoz dasturga so‘rovni bajarish natijasi jo‘natiladi, ya’ni tarmoq orqali faqat mijozga zarur bo‘lgan ma’lumotlar jo‘natiladi. Natijada tarmok yuklamasi pasayadi. Qolaversa, so‘rov MB saqlanayotgan joyda (serverda) bajariladi va katta xajmli ma’lumotlar paketini tarmoq orqali jo‘natish zarur bo‘lmaydi. Bundan tashqari, SQL-server agar imkoni bo‘lsa minimal vaqt va sarf xarajatlarda bajarilishi uchun so‘rovni optimallashtiradi. Bularning barchasi tizimni tezligini oshiradi va so‘rov natijasini kutish vaqtini qisqartiradi. Server tomonidan so‘rovlar bajarilganda ma’lumotlarni xavfsizlik darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Chunki ma’lumotlarni butunlik qoidasi serverdagi ma’lumotlar bazasida aniqlanadi va ushbu ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi barcha dasturlar uchun yagona xisoblanadi. Shu tarzda butunlikni qo‘llab quvvatlashda qarama qarshi qoidalarni vujudga kelishni oldi olinadi. SQL –serverlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ishonchli tranzaksiyalar apparati bitta ma’lumotni bir vaqtda turli foydalanuvchilar tomonidan o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaydi va MB da avariyali tugagan o‘zgarishlarni bekor qilish imkoniyati mavjud.

    - «Mijoz – server» arxitekturasi quyidagicha qurilgan:

    - ma’lumotlar bazasi fayllar to‘plami shaklida maxsus kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq diskida joylashadi.

    - MBBT ham taromq serverida joylashadi.

    - mijoz kompyuterlaridan iborat bo‘lgan lokal tarmoq mavjud bo‘lib, xar bir kompyuterda MB bilan ishlovchi mijoz dasturi o‘rnatilgan.

    Har bir mijoz kompyuterda foydalanuvchilar dasturni ishga tushirish imkoniga ega. Dasturning foydalanuvchi interfeysi yordamida foydalanuvchilar ma’lumotlarni tanlash yangilash uchun serverdagi MB ga murojaat qiladi. Murojaat qilish uchun maxsus SQL so‘rovlar tili ishlatiladi, ya’ni serverga faqat so‘rov teksti jo‘natiladi.

    MBBT da serverdagi MB ning fizik strukturasi xaqidagi ma’lumotlar saqlanadi.

    MBBT serverdagi ma’lumotlarga murojaatni qayd qiladi va serverda ma’lumotlarni qayta ishlash amallari bajariladi va natija mijoz kompyuteriga yuboriladi. Shu tarzda MBBT natijalarni mijoz dasturiga yuboradi..

    Dastur esa o‘zidagi foydalanuvchi interfeysi yordamida natijalarni tasvirlab beradi.

    Bajariladigan funksiyalar server va mijoz o‘rtasida qanday taqsimlanganini ko’rib chiqamiz.

    - mijoz dasturi funksiyalari:

    So‘rovlarni serverga jo‘natish.

    Serverdan olingan so‘rov natijalarini talqin qilish.

    Natijalarni biror shaklda foydalanuchiga ko‘rsatish (foydalanuvchi interfeysi).

    - server funksiyalari:

    Mijoz –dasturlardan so‘rovlarni qabul qilish.

    So‘rovlarni talqin qilish.

    MB ga so‘rovlarni optimallashtirish va bajarish.

    Natijalarni mijoz dasturga jo‘natish.

    Xavfsizlik tizimini va murojatni chegaralash.

    MB butunligini boshqarish.

    Ko‘p foydalanuvchili ish rejimi stabilligini ta’minlash.

    «Sanoat» MBBT lari «mijoz – server» arxitekturasiga asoslanadi. Sanoat MBBT lari deb atalashiga sabab, aynan shu tipdagi MBBT lar o‘rta va yirik masshtabli korxona, tashkilot va banklarning axborot tizimlarining faoliyatini ta’minlab beradi. Sanoat MBBT lariga MS SQL Server, Oracle, Gupta, Informix, Sybase, , DB2, InterBase va boshqalar misol bo‘ladi.

    MBBT larini standartlashtirish va rivojlanish istiqbollari

    Zamonaviy MBBTlar fayl tizimlari kamchiliklariga chek qo’yish maqsadida ishlab chiqilgan. MBBTning ishlab chiqishda amal qiluvchi quyidagi prinsiplari mavjud:

    - ma’lumotlarning mustaqilligi;

    - universallik. Foydalanuvchining mantikiy - tasavvurlarini aks ettirish uchun MBBT konseptual modelini qo’llab-quvvatlashning kuchli vositalariga ega bo’lish;

    - munosabatlik. MBBT dasturiy va apparat ta’minlashini rivojlantirishda ish qobiliyatini saqlab qolish;

    - ma’lumotlarning me’yordan ortiq emasligi. Fayl tizimlaridan farqli ravishda ma’lumotlar bazasi integratsiyalashgan ma’lumotlarning yagona majmuini mujassamlashtirish;

    - ma’lumotlarni ximoya qilish. MBBT beruxsat kirishlarda ximoya qilishni ta’minlash;

    - ma’lumotlarning yaxlitligi. MBBT ma’lumotlar bazasining foydalanuvchilar tomonidan buzilishining oldini olish;

    - bir vaqtdagi ishlarni boshqarish. MBBT ma’lumotlar bazasini yoppasiga foydalanish rejimidagi nomuvofiqliklarda saqlashi zarur. Ma’lumotlar bazasining muvofiqlashgan xolatlarda ta’minlash uchun foydalanuvchilarning barcha talablari (tranzaksiyalari) belgilangan tartibda bajarilishi lozim;

    Bu prinsiplarga yana quyidagilarni qo’shish lozim:

    - MBBT universal bo’lishi, ya’ni u yagona mantiqli va fizik asosidagi ma’lumotlarning turli modellarini ta’minlash;

    - MBBT ham markazlashgan, ham taqsimlangan ma’lumotlar bazasini qo’llab quvvatlashi zarur. Xozirgi paytda xisoblash tarmoqlari va ma’lumotlarni taqsimlangan holda ishlash ommalashmokda. Ma’lumotlarning lokal mustakilligi muxim bo’lgan hududiy taqsimlangan tashkil etishlarga mo’ljallangan MBBT — taqsimlangan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (TMBBT) bo’lishi zarur.

    Axborot texnologiyalarini qo’llash soxalarining kengayishi zamonaviy MBBTlar oldiga foydalanuvchilar va axborotlar tizimi o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni osonlashtirishga qaratilgan bir qator yangi talablarni ko’ydi. Bu talablarni quyidagi vazifalarni hal etish orqali amalga oshirishi mumkin:

    - foydalanuvchining (amaliy dasturlardan) MB bir tizimidan boshqa tizimiga utishi uchun bir xillashtirilgan interfeysni ta’minlash;

    - ba’zi ma’lumotlar modeli uchun ma’lumotlar bilan amal bajarish tilining standart kichik "ko’pligi"ni ajratish. Bu ma’lumotlar yangi ishlab chiqilayotgan MBBTlardan extimol tutilgan foydalanuvchilarga mo’ljallangan. Ularda quyidagilar ko’zda tutilgan: MBni bir model ichida bir xilda taqdim etish, muloqot qilish va dasturlashtirishning hech bo’lmaganda yetarlicha namoyon bo’ladigan kesishuvlarga ega bir xillashtirilgan vositalari. Qurilishiga ko’ra farqlanadigan kompyuterlar (platformalari) yoki ma’lumotlarning bir xil modelini ta’minlovchi MBBT bilan turli operatsion tizim muxitlarida ishlayotgan foydalanuvchi nuqtai nazaridan, uning bu MBBTlar bilan o’zaro aloqasi shu tariqa bir xillashtirilgan bo’lishi zarur;

    - ma’lumotlar bazalari muxitida ishlovchi amaliy dasturlarni avtomatik loyixalashning yanada rivojlangan vositalarini yaratish;

    - LISP, Prolog, Paskal kabi sun’iy idrok tizimlari uchun instrumental vosita sifatida foydalaniladigan dasturlar tizimiga ega bo’lgan MBBTlarning interfeyslarini rivojlantirish;

    - dasturlashtirishning an’anaviy tizimlaridan MBBTga murojaat qilishning bir xilligini ta’minlash. Bu MBga murojaat qilishlardan foydalanuvchi amaliy dasturlarning safarbarligiga zamin yaratadi.

    Interfeyslar tizimi asosida ko’rsatib o’tilgan talablarni bajarishga olib keluvchi ikki yo’l ko’zga tashlanadi. Bular standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) ning faoliyati va System Application Architecture (SAA) tizimlarini qo’llash arxitekturasining konsepsiyasidir. SAA IBM firmasi tomonidan tavsiya etilgan. Bunda ISOning faoliyati, ma’lumki, turli tuzilishdagi ma’lumotlarni ishlashning ochiq tizimi uchun muammolarning juda keng qatlamini qamrab oladi. SAA konsepsiyasi esa, ko’proq xususiy vazifalarning yechimi bo’lib, IBM firmasining faqat uchta sinfi uchun e’lon qilingan. Biroq, ushbu yo’nalishlar belgilab berilgan bir qator vazifalar va yechimlar, ko’p jixatdan bir-biriga muvofiqlashtirilib turiladi.

    MBBT soxasida standartlashtirish bo’yicha xalqaro faoliyat

    1989 yidda SQL ma’lumotlar bazasining tili xalqaro standarti ishlab chiqilgandan so’ng, ISO ni ishi asosan quyidagi ikki yo’nalishda olib borildi:

    - ochiq tizimlarda taqsimlangan ishlov konsepsiyasini rivojlantirish. Bu MBBT uchun tranzaksiyalar (shuningdek, qaydnomalar va xizmatlar) taqsimlangan ishlov berish va kompyuter tarmog’idagi yo’qotilgan MBga kirish konsepsiyasini ishlab chiqishga olib keladi;

    - korxona yoki tashkilotlar axborot zaxiralarining lug’at tizimlari uchun tamoyillar va interfeyslar tizimini belgilash.

    Bu yo’nalishda qilinayotgan ishlar SQL ma’lumotlar bazalari tilini takomillashtirish va kengaytirishni talab qiladi. Bu ham mavjud standartga qo’shimchalar kiritish shaklida, ham SQL2 va SQL3 yangi standartlarining loyixalari ko’rinishida amalga oshirilmoqda.

    Amaldagi vazifalar bo’yicha tasniflash ma’lumotlarni boshqarishga xizmat ko’rsatishni to’rt qiymatini ajratishga imkon beradi: bazisli, ma’lumotlar bazalari, instrumental va foydalanuvchining talablariga xizmat ko’rsatish.

    Ma’lumotlar bazalarining tilini yaratish bo’yicha ishlar dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: MB konseptual tillari va o’kish asosini aniqlash va taxlil etish. Ma’lumotlar bazalarining konseptual tillari bo’yicha tavsiyalarni baxolash uchun metodologiya ishlab chiqish, shu o’ringa nomzod sifatida tavsiya etilgan MB tillarini baxolash, konseptual darajadagi MB tillari foydalanuvchisining asosiy imkoniyatlarini tanlab olish. Bu soxadagi eng sezilarli natijalar — standartlar sifatida NDL tarmoq va SQL relyatsion ko’rinishdagi MB tillarining qabul qilinishi bo’ldi.

    MS Access da ma’lumotlar bazasini yaratish.

    Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishga o‘tishdan oldin qattiq diskda ma’lumotlar bazasi faylini saqlash uchun ixtiyoriy nom (masalan BAZA) bilan katalog yaratiladi. (MS WORD, MS Excel va MS Power Point larni o‘rganishda hujjatlar bilan, ularni saqlamasdan ishlash mumkin, ammo MS Access da bu hol mumkin emas.)

    Microsoft Access ishga tushiriladi.

    Asboblar panelida sozdat bazu dannix tugmasi bosiladi yoki Fayl menyusida Sozdat… buyrug‘i tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynaning o‘ng tomonidan joylashgan qismdan novaya baza dannix buyrug‘i tanlanadi. Fayl novoy baza dannix muloqot oynasi ochiladi, uning imya fayla bo‘limida yaratilayotgan ma’lumotlar bazasiga nom beriladi, masalan (db1) va xotirada saqlash uchun papka manzili ko‘rsatiladi. Natijada ma’lumotlar bazasi oynasiga ega bo‘lamiz:

    Ma’lumotlar bazasi oynasi ma’lumotlar bazasi ochilganda chiqariladi. Undan jadvallar, formalar va ma’lumotlar bazasining boshqa obyektlari ochiladi.

    Ma’lumotlar bazasining oynasi quyidagi elementlarga ega:

    Sarlavha satri. Ochilgan MB ismini chiqaradi.

    Tugmalar. «Sozdat», «Otkrit», «Konstruktor» va h. k. Tugmalar ma’lum oynada va rejimda obyektni ochadi.

    Obyekt oynalari. (obyektlarni tanlash yorliqlari). «Tablitsa», «Forma» va h. k. Obyektlar tugmalari ochilish yoki o‘zgarishi mumkin bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini chiqaradi.

    Obyektlar ro‘yxati. Foydalanuvchi tanlaydigan obyektlar ro‘yxatini chiqaradi.

    Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishni bevosita boshlashdan oldin ma’lumotlar bazasining ba’zi bir asosiy obyektlarning tavsiflariga to‘xtaymiz:

    Tablitsa (jadval) – bu ma’lumotlarni yozuv (satr) lar va maydon (ustun)lar ko‘rinishida saqlovchi obyekt. Odatda har bir jadval bitta aniq masala bo‘yicha ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi.

    Forma (shakl) – asosan ma’lumotlarni kiritish uchun ishlatiladigan Microsoft Access obyekti. Formada jadval maydonlaridagi ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va o‘zgartirishda ishlatiladigan boshqarish elemetlarini joylashtirish mumkin.

    Zapros (so‘rov) – kerakli ma’lumotlarni bitta yoki bir nechta jadvaldan olish imkonini beradi.

    Otcheti (hisobotlar) – ma’lumotlarni chop etish uchun mo‘ljallangan Microsoft Accessning ma’lumotlar bazasi obyekti.

    Ish jadvalni yaratishdan boshlanadi. Jadvalda ma’lum tur, masalan mijozlar yoki tovarlar ro‘yxatining ma’lumotlarini saqlovchi yozuv saqlanadi. Jadvalning asosiy qismi maydon bo‘ladi.

    Maydon – bu ma’lum bir turdagi, masalan, xodimlar familiyasiga, ma’lumotlarga ega bo‘lgan jadval elementi. Jadval rejimida maydonni ifodalash uchun ustun yoki yacheyka ishlatiladi, bu holda maydon ismi jadval ustuni sarlavhasi bo‘ladi.

    Yozuv – ma’lum obyekt haqidagi ma’lumotlarning to‘la to‘plami. Jadval rejimida yozuv satr ko‘rinishida tasvirlanadi.


    2.2. Avtomatlashtirilgan dasturni yaratish.

    (2.2.1-chizma) Avtomatlashtirilgan dasturni umumiy ko’rinishdagi oynasi.


    Bu asosiy oynada ikkita bo’lim va to’rt formadan iborat bo’lib, bular ma’lumotlar bo’linmi hamda hisobot bo’limlaridan tashkil topgan.

    Ma’lumotlar bo’limida ma’lumotlarni to’ldirish va kunlik termini kiritish formalaridan iborat.



    Hisobot bo’limida esa kunlik terim, kunlik svodka va tabel formalridan iborat.

    (2.2.2-chizma) Guruhlar oynasi .


    Ma’lumotlarni to’ldirish bo’limining guruhlarni kiritish oynasida to’rtta tanlagich ro’yxat ishlatilgan bo’lib, ular quydagilar: guruh shifrini kiritish, yo’nalishini tanlash, brigada turini tanlash hamda kursini tanlash imkoniyatlari mavjud. Bu qismda asosan ma’lumotlar qo’shiladi va o’chiriladi.

    (2.2.3-chizma) Talabalar oynasi.


    Talabalar oynasida kiritilayotgan talabaning guruhi hamda talabanig ism familiyasi kiritiladi. Kiritilgandan so’ng avtomatik ravishda ma’lumotlar oynasiga etib qo’shadi.

    (2.2.4-chizma) Guruh rahbarlari oynasi.


    Guruh rahbarlari oynasida ham talabalar oynasida bajargan ishlarimizni bajargandek, bunda ham bridaga turini tanlaymiz va guruh rahbari nomini kiritamiz. Bu kiritgan ma’lumotlarimizni bazada saqlashi uchun maxsus tugma qo’yilgan bo’lib, shu tugmani bossak ma’lumotlarimizni bazaga etib qo’shib qo’yadi.

    (2.2.5-chizma) Fermerlar oynasi.



    Dasturimizning bu qismida fermerlar ro’yxati joy olgan. Bunda asosan fermer xo’jaligi nomi va fermer rahbarlari kiritiladi.

    (2.2.6-chizma) Brigada oynasi.


    Brigada oynasi brigada id si hamda brigadalar nomidan tashkil topgan. Bunda brigada nomi degan ustuda maxsus bo’lib chiqilgan guruh nomlari bo’ladi. Shunga asosan bu jadval to’ldiriladi. Bu ma’lumotlarni bazaga saqlagandan so’ng dastur kodida qanday buyruq yozilgan bo’lsa, shu buyruqqa asosan ish bajaradi yani kerakli joyga shu ma’lumotni chaqirib beradi.

    (2.2.7-chizma) Kunlik terim brigada oyasi.


    Bu oynada brigadani kunlik terimini hisoblab beradi. Bunda sanani tanlaydi brigada nomini tanlaydi va ko’rish tugmasini bosgan vaqtda bizga jadvalda shu brigadani tanlangan sanadagi kunlik terimini ochib beradi. Yana bir imkoniyatlaridan biri Excel dasturiga ham o’girib beradi. Maxsus tugma qo’yilgan shu tugmani bossa kifoya.

    (2.2.8-chizma) Kunlik svotka oynasi.


    Kunlik svotka oynasida sana kritiladi va osha sanadagi terilgan paxta kilogrammlarini chiqarib beradi. Bu jadval talab, san, kg, zveno rahbari, brigada, fermer ustunlaridan tashkil topgan.

    (2.2.9-chizma) Kunlik svotka umumiy oynasi.



    Kunlik svotka umumiy oynasida umumiy svotkani tayyorlab beradi. Bunda fakultetni o’rtacha tergan kilogrami, kechanga bilan bugungi tergan paxtasini farqi, talaba soni, brigada turi, sanasi, rahbari va boshqa ma’lumotlarni chiqarib berdi. Sana tanlanadi va ma’lumot kiritiladi. Maxsus tugmani bosgan vaqtda Excel dasturiga o’girib beradi.


    (2.2.10-chizma) Tabel oynasi.


    Tabel oynasida brigada nomi tanlanadi va ikki sana kiritiladi shu oraliqdagi tergan paxta kilogramlarini chiqarib beradi.

    Ikkinchi bobning xulosasi

    Malakaviy bitiruv ishining ikinchi bob mavzusi paxta mavsumi buxgalteriya jarayonini avtomatlashtirsh dasturini yaratish haqida. Ushbu bobda Ma’lumotlar omborini shakllantirish texnologiyasi hamda avtomatlashtirilgan dasturni yaratishdan iborat. Dasturni yaratilishi hamda ishlatilatilishi ushbu bobda batafsil keltirilgan.



    Ilovalar

    unit u_add;

    interface

    uses


    Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,

    Dialogs, StdCtrls, ExtCtrls, DBCtrls, Grids, DBGrids, ComCtrls,

    DBGridEhGrouping, ToolCtrlsEh, DBGridEhToolCtrls, GridsEh, DBGridEh,

    DBLookupComboBox5: TDBLookupComboBox;

    ComboBox1: TComboBox;

    DBGrid1: TDBGrid;

    procedure BitBtn1Click(Sender: TObject);

    procedure BitBtn3Click(Sender: TObject);

    procedure DBLookupComboBox1Click(Sender: TObject);

    procedure DBLookupComboBox2Click(Sender: TObject);

    procedure BitBtn2Click(Sender: TObject);

    private


    { Private declarations }

    public


    { Public declarations }

    end;


    with dm.ADO_talaba do begin

    open;


    insert;

    FieldByName('name').AsString:=edit1.Text;

    FieldByName('g_id').AsInteger:=DBLookupComboBox1.KeyValue;

    post;


    end;

    dm.DQ_talaba.DataSet.Active:=false;

    dm.DQ_talaba.DataSet.Active:=true;

    edit1.Clear;

    DBGrideh1.DataSource.DataSet.Last

    with dm.ADO_rahbar do begin

    open;

    insert;


    FieldByName('name').AsString:=edit2.Text;

    FieldByName('br_id').AsInteger:=DBLookupComboBox2.KeyValue;

    post;

    dm.AQ_talaba.SQL.text:='select sp_talaba.id, sp_talaba.name,sp_guruh.gk+''-''+sp_yunalish.name from sp_talaba,sp_guruh,sp_yunalish where sp_talaba.g_id=sp_guruh.id and sp_guruh.y_id=sp_yunalish.id and sp_guruh.id='+inttostr(DBLookupComboBox1.KeyValue);



    dm.AQ_talaba.Open;

    dm.AQ_rahbar.SQL.text:='select sp_rahbar.id, sp_rahbar.name,sp_brigada.name from sp_rahbar,sp_brigada where sp_rahbar.br_id=sp_brigada.id and sp_brigada.id='+inttostr(DBLookupComboBox2.KeyValue);



    XOTIMA

    Malakaviy bitiruv ishining birinchi bob mavzusi avtomatlashtirilgan dasturni tuzish uchun nazariy asoslar haqida. Ushbu bobda avtomatlashtirilgan baholash dasturi muhim faktorlari Delphi dasturi haqida hamda SQL tili afzalliklari va kamchiliklari bo’limlarida to’xtalib o’tilgan. Malakaviy bitiruv ishining ikinchi bob mavzusi paxta mavsumi buxgalteriya jarayonini avtomatlashtirsh dasturini yaratish haqida. Ushbu bobda Ma’lumotlar omborini shakllantirish texnologiyasi hamda avtomatlashtirilgan dasturni yaratishdan iborat. Dasturni yaratilishi hamda ishlatilatilishi ushbu bobda batafsil keltirilgan. Ushbu dasturni yaratish jarayonida buxgalteriya formalaridan keng foydalanildi. SQL server 2000 da ma’lumotlar ombori yaratildi va formalar Delphi dasturlash tiliga bog’lab yangi paxta mavsumi buxgalteriya jarayonini avtomatlashtirish dasturi yaratildi. Bu dasturni tuzishdan maqsad paxta mavsumidagi hisob kitob ishlarini yagona formaga kiritildi. Ushbu dasturiy tizim foydalanuvchilar vaqti tejaladi va xizmat ko’rsatuvchilarning ish samaradorligi oshadi.




    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

    1. O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» // Barkamol avlod – O‘zbekiston tarraqqiyotining poydevori. –T.: «Sharq» nashriyot – matbaa konserni, 1997. – B. 31-61.

    2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi // Nashr uchun mas’ul: T. Risqiyev. –T.: «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, 1999. -184 b.

    3. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176 b.

    4. Jalolov O.I, Hayotov X.U, Jalolov F.I. Delphi muhitida dasturlash. Buxoro “BuxoroTurRizo” 2008. -157 b.

    5. Axmedov A.B., Tayloqov N.I. Informatika. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. -T.: O‘zbekiston, 2001.-272 b.

    6. Вирт Н. Алгоритмы + структуры данных = программа.-М.:Мир,1985.-405с. 148 б

    7. Mo`minov B.B. Microsoft Excel bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va ularni bajarish tartibi. Uslubiy qo`llanma. – Buxoro: Ziyo Rizograf, 2008. – 72b.

    8. Sayfiyev J.F. SQL tiliga kirish. Buxoro 2005. -75 b.

    9. Aloyev R.D. SQL/Oracle elementlari. Buxoro 2001. – 68 b.

    10. J.A.Samatov, A.Abdullayev. ”Ob’ektga yo’naltirilgan visual programmalashtirish” fanidan uslubiy qo’llanma. Samarqand 2010. -166 b.

    11. http://google.com Google qidiruv tizimi

    12. http://dastur.uz Kompyuter dasturlari va kompyuterda dasturlashga oid forum, xabar va yangiliklar

    13. http://lex.uz/ O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi

    14. http://www.edu.uz O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi.http://ziyonet.uz Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi axborot ta`lim portali.







    Download 1 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

    Download 1 Mb.