Avtomatlashtirilgan baholash dasturi muhim faktor sifatida




Download 1 Mb.
bet5/12
Sana24.07.2021
Hajmi1 Mb.
#16063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

1.1.Avtomatlashtirilgan baholash dasturi muhim faktor sifatida.


Hozirgi vaqtda shu narsa ravshanki, «inson mashina» axborot tizimlari va texnologiyalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi loyihalashtirishning sifatini belgilab beradi.

Loyihalashtirish Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) samarali faoliyat yuritishi va AATex aniq iqtisodiy ob’ekti faoliyati sohasida o’z kasbiy vazifalarini bajarish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun SHK va kommunikastiyalarning rivojlangan vositalaridan foydalanuvchi mutaxassislar bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadiga ega. Mazkur masalani loyihalashtirish shunday tizimni yaratishni ta’minlaydiki, u o’zining texnik, dasturiy, axborotli tashkil etuvchilari, ya’ni o’zining texnologik asoslarini doimiy takomillashtirishga va amalga oshiriladigan boshqaruv vazifalari hamda o’zaro hamkorlik ob’ektlarining turli tumanliklarini kengaytirishga qodir bo’ladi.

Loyihalashtirish jarayonida ham iqtisodiy (ishlab chiqarish, xo’jalik) ob’ektining asosiy faoliyatini tashkil qilish, ham boshqaruv tadbirlarini tashkil qilish takomillashtiriladi.

AATning ommaviy loyihalashtirilishi yagona nazariy qoidalarni ishlab chiqarishi, ularni yaratish va faoliyat yuritishga uslubiy yondashishni talab qiladi, ularsiz turli xildagi iqtisodiy ob’ektlarning o’zaro hamkorligi, ularni murakkab ko’p bosqichli xalq xo’jaligi majmuasidagi me’yoriy faoliyat yuritishi mumkin emas.

Dastavval akademik v. M. Glushkov tomonidan shakllantirilgan avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish bo’yicha ilmiy-uslubiy qoidalar va amaliy tavsiyalar hozirgi vaqtda AATni yaratishning asosiy tamoyillari: tizimiylik, rivojlanish, birga mavjud bo’la olish standartlashtirish va bir shaklga keltirish samaradorlik sifatida vujudga keladi.

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari.

Iqtisodiyotni boshqarishda axborot tizimlarining tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining (AAT) asosiy tarkibiy qismi axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog’liq.

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATex) — boshqaruv vazifalarini xal qilish uchun rivojlangan dasturiy ta’minlanish, hisoblash texnikasi va aloqaning foydalanilgan vositalari hamda axborotlarni mijozlarga taklif qilishning usullarini qo’llash asosida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olish, uzatish, jamlash, qidirish, ishlab chiqish va himoyalash operastiyalarini amalga oshirish usullari va vositalarining tizimiy tashkil qilingan majmuidir.

Texnologiya deganda keng ma’noda uch xil: axborotli, uskunaviy va ijtimoiy nuqtai nazarlarni o’z ichiga oluvchi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish haqidagi fan tushuniladi. Axborotli nuqtai nazar ishlab chiqarishning tamoyillari va usullarini bayon qilinishini, uskunaviy — ishlab chiqarish yordamida amalga oshiriladigan mehnat qurollarini, ijtimoiy — xodimlar va ularni tashkil qilishni amalga oshiradi. Tor sanoat ma’nosida, texnologiya deganda yakuniy mahsulotni olish maqsadlarida mexnat predmeti ustidan qilinadigan harakatlarning izchilligi tushuniladi.

Axborot texnologiyasi tushunchasi xalq xo’jaligi asrning so’nggi o’n yilligida informatikaning vujudga kelishi jarayonida paydo bo’lgan. Axborot texnologayasi axborotni ishlab chiqish haqidagi fan sifatida axborotni boshqa moddiy resurslar bilan bir qatorda butunlay ishlab chiqarish resursi sifatida ko’rib chiqila boshlaganligi uchun vujudga kelgan. Buning ustiga, axborotlar va ularning yuqori darajasi — bilimlarmi ishlab chiqarish yangi sanoat texnologiyalarini zamonaviylashtirish va yaratishga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.

Insoniyat o’zining rivojlanishi jarayonida, eng avvalo, uning mexnatini engillashtiruvchi va samaraliroq qiluvchi mehnat qurollarini yaratishga e’tibor bergan. Shunday fikr mavjudki, dastlabki mehnat qurollarining paydo bo’lishi va axborotlarni almashtirishga ilk harakatlar o’rtasida insoniyat million yillik yo’lni bosib o’tgan.

Eng sodda axborot texnologiyasi paydo bo’lishiga yozuvning yuzaga kelishini kiritish mumkin. Bu, qoyalardagi rasmlar va po’stloq, papirusdagi rasm va belgilardir.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarining tarkibiy hamda vazifaviy jihatdan tashkil qilinishi ishlab chiqarish va xo’jalik korxonalari, firmalar, korporastiyalar, banklar, hududiy brshqaruv idoralari o’zida murakkab tizimlarni namoyon etadi. Ular ishlab chiqarish va boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi ko’p sonli elementlardan iborat. Bunday iqtisodiy elementlar ko’p bosqichli to’zilishga hamda juda keng tashqi va ichki axborot aloqalariga ega. Turli-tuman moddiy, ishlab chiqarish resurslari va ko’p kishilik jamoalar o’zaro hamkorlik qiladigan murakkab tizimlarning me’yorida faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ham alohida elementlarning, ham umuman tizimlarnstng boshqaruvi amalga oshiriladi.

Boshqaruv, eng muhim vazifa sifatidd har bir tizim oldida to’rgan maqsaddarga erishishga, ularni ba-jarilishi uchun sharoitlar yaratilishiga mo’ljallangan. Bu, belgilangan, to’zilmaning barqarorligini, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, faoliyatning belgilangan tartibiga rioya qilish, tizimda u yoki bu sinfiy xususiyatlarni saqlab qolinishi yoki shakllanishi, ishning berilgan dasturlarini bajarilishi bo’lishi mumkin.

Boshqaruv maqsad sari yo’naltirilgan harakatlarning majmui sifatida iqtisodiy ob’ektning faoliyat yuritishi maqsadida aniq vaziyatlarda qabul qilingan qarorlar tamoyillariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ammo aslida ijtamoiy-iqgisodiy tizimlarning xulqi, qoidaga ko’ra bir emas, balki bir necha maqsadlar bilan belgilanadi, ular bu maqsadlarning muhimligi bo’yicha tartibga solinadi va berilgan ustivorlikka muvofiq holda hisobga olinadi.

Boshqaruv ta’sirlari boshqaruv tizimida jamlangan va faoliyat yurituvchi hamda tashqi muhitdan to’g’ridan-to’g’ri va teskari aloqa kanallari bo’yicha kelib tushuvchi axborotlar asosida shakllanadi. Shunday qilib, boshqaruv har bir tizimning eng muhim vazifasi — axborotlarni olish, berilgan algoritmlar va dasturlar yordamida ularni ishlab chiqish bo’yicha tadbirlarni bajarish, olingan ma’lumotlar .asosida tizimning bundan keyingi xulqini belgilovchi boshqaruv qarorlarini susaytirishdir.

Axborotlar moddiy manbalarda qayd qilinishi va uzatilishi bois axborotlarni qabul qilgach, yig’ish, yozish, uzatish, o’zgartirish, ishlab chiqish, saqlash, qidirish va berish bo’yicha kishilar va texnik vositalarning harakati zarur. Bu harakatlar axborot jarayonlari meyoriga o’tishini ta’minlaydi va boshqaruv texnologiyasiga kiradi. Ular ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlari tomonidan elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Ob’ekt faoliyati ustidan kuzatishni olib borishda axborotlarni olish, ma’lumotlarni yig’ish, ularni ro’yxatga olish, aloqa kanallari bo’yicha uzatish uchun texnik vositalarni qo’llash axborot jarayonlarini yanada chuqurroq o’rganishni taqozo etadi. Informatika avtomatlashtirilgan tizimlarning faoliyat yuritishi sharoitlarida axborotlarning o’zgarishi qonunlarini belgilaydi, uni algoritmlashtirish, inson va EHM muloqotining til vositalarini shakllantirish usullarini ishlab chiqadi.

Murakkab iqtisodiy tizimlarda samarali boshqaruv ta’sirini ishlab .chiqish uchun boshqaruvning tegishli algoritmlarini yaratish bilan bir qatorda, turli-tuman axborotlarning katta hajmlarini qayta ishlab chiqish ham talab qilinadi. Iqtisodiyotda boshqaruv AATini ishlab chiqish zaruriyati xuddi shundan kelib chiqqan.

Tizimlik AATning yaratilishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishidagi eng muhim omillardandir. U tadqiqot qilinayotgan ob’yoktga bir butun sifatida yondo-shishga, buning asosida tizimning yaxlitligini ta’minlovchi tarkibiy elementlar o’rtasidagi aloqalarning xilma-xil turlarini aniqlashga tizimning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati yo’nalishlarini va u tomonidan amalga oshiriladigan aniq vazifalarni belgilashga imkon beradi. Tizimiy yondoshish makro va mikroyondoshishlar nomini olgan ikki xil tahlil o’tkazishni ko’zda tutadi.

Makro tahlilda tizim yoki uning elementiga yuqoriroq tarkibdagi tizimning bir qismi sifatida qarash kerak. Axborotli aloqalarga alohida ahamiyat beriladi: ularning soni belgilanadi, tizimni o’rganish maqsadi bilan asoslangan aloqalar farqlanadi va tahlil qilinadi, keyin eng afzali, berilgan maqsadli va-zifani amalga oshiruvchisi tanlab olinadi. Mikro-tahlilda esa ob’ektning to’zilishi o’rganiladi, uning tashkiliy elementlari, boshqa elementlar va tashqi muhit bilan aloqasi orqali namoyon bo’luvchi xizmatli tariflari nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. AATni loyihalashtirish jarayonstdagi tizimli yondoshish fao-liyat yuritishning matematik bayonidan foydalanish-ga, ayrim elementlar va, umuman, tizimning turli xil xususiyatlarini tadqiq qilishga, yangidan tashkil qilingan ishni tahlil etish uchun o’rganilayotgan ja-d)ayonlarni modellashtirishga imkon beradi.

Boshqaruv AAT uchun vertikal holda o’zaro tobe bo’lgan elementlar (tizimchalar)ga ega ko’p bosqichli ierarxiya xosdir. Ierarxik tizimlarning afzalligi boshqaruv tizimlarda keng tarqalishga ko’maklashadi. Shunday qilib, ierarxik to’zilma tizimning har bir bosqichi uchun ayrim elementlar ustidan harakatlar nisbatan erkinligani va muvofiqpashtirishning mahalliy mezonlari bilan umumiy faoliyat yurituvchi tizimning yalpi mezonlarini, turli xildagi biri-kish imkoniyatlarini yaratadi; boshqaruv tizimining nisbatan o’zgaruvchan sharoitlarga moslashish imkoniyatini ta’minlaydi; elementli seroblikni olib bo-rish, axborotlar oqimlarining yo’nalishlarini tartibga solishning imkoniyatlari hisobiga ishonchliligini oshiradi.

Tizimli yondoshish va modellashtirishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u nafaqat barcha muhim, yaratuvchini qiziqgiruvchi tizimni tahlil etish uchun qulay shaklda aks etgarishga, balki ehmda aniq taj-ribachi tomonidan berilgan sharoitlarda tizimlarning xulqini tadqiq qilish uchun ham foydalanishga imkon beradi. Shu bois hozirgi paytda AATni tashkil qilish asosida tizim to’zilishining muvofiq variantini topishga va u bilan uning faoliyat yuritishining eng katta samaradorligini ta’minlashga imkon beruvchi tizim asosida modellashtirish usuli yotadi.

O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishi hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga axborot-kommunikastiyalar texnologiyalari sohasidagi barcha yutuqlarni tadbiq qilish darajasini tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz milliy iqtisodi tarmoqlarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob’ektiv jarayoni va zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir.

Axborot texnologiyalarining hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. «Elektron ta’lim», «Elektron hukumat», «Elektron boshqaruv», «Masofaviy ta’lim», «Ochiq ta’lim», «Axborotlashgan iqtisod» kabi tushunchalar hayotimizga keng kirib keldi.

Respublikamiz milliy iqtisodi tarmoqlariga axborot-kommunikastiyalar texnologiyalarini joriy etish borasida amaliy ishlar O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonuni, «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikastiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikastiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari asosida olib borilmoqda.

Milliy iqtisodning barcha tarmoqlarida ularning normal faoliyatini ta’minlab beradigan axborot va texnologiyalar menejerlar uchun strategik quyilmalarga aylanmoqda. Axborot tizimlari korxona ichidagi axborot va bilimlar oqimini optimallashtirish va undagi bilimlar zahirasida maksimal samarali foydalanish uchun xizmat qilmoqda. Xizmatchilarning mehnat unumdorligi foydalanilayotgan tizimning sifatiga bog’liq bo’lganligi uchun axborot texnologiyalariga nisbatan qabul qilinadigan qarorlar firmalar rivojlanishida muhim hisoblanmoqda.

“O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko’mak” loyihasi ma’lumotlari bo’yicha 2008 yilning iyul oyiga nisbatan respublikamizda uyali aloqa abonentlari soni 9 mln. etib, aholi sonidagi ulushi 33.2 % teng bo’lgan. Agar bu ko’rsatkich 2003 yilda 0.7 % bo’lganligini hisobga olsak, o’sish sur’ati borgan sari yuksalib bormoqda. Respublikamiz bo’yicha Internet tarmog’idan foydalanuvchilarning umumiy soni 2006 yilda 855 mingta bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib 2202.9 mingtani tashkil qilmoqda. Hududlar kesimida ko’rmoqchi bo’lsak, Toshkent shahrida 1113 mingtani (aholining 51.09 %), Qashqadaryo viloyatida 203 mingtani va Samarqand viloyatida 182 mingtani tashkil qilmoqda. Eng kam Internetga ulanganlar soni Qoraqalpog’iston Respublikasi (20 ming) va Jizzat viloyatida (21 ming) kuzatilmoqda.Ko’rinib turibdiki, axborotlashgan jamiyatni bosqichma-bosqich shakllantirib borish uchun texnologik zamin yaratilib borilmoqda.

Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishida quyidagilarga jiddiy e’tibor berish kerak bo’ladi:

- ushbu jamiyat avvalombor taraqqiyot etgan industrial jamiyat negizida shakllanadi. Jahonda hech bir davlat axborotlashgan jamiyatga industrialni cheklab o’tgani yo’q.

- milliy iqtisodning xizmat ko’rsatish sohasining tarkibiy jihatdan o’zgarishi o’z o’rnida axborot xizmatlari sohasiga ham ta’sir ko’rsatadi, ya’ni ularning yalpi o’sib borishi kuzatilmoqda.

- moddiy ishlab chiqarish sohasidagi o’zgarishlar ishlab chiqarish vositalari va mehnat unumdorligining o’sishi bilan tavsiflanishi natijasida ish kuchidan oqilona foydalanilmoqda. Bo’shagan ish kuchini boshqa sohalarga jalb qilinishi mutaxassisning malakaviy jihatdan tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’lmoqda.

- ishlab chiqarish jarayonida intellektual kapital va axborotning ahamiyati yuksalib bormoqda. Yangi asrning boshiga kelib amerikaning iqtisodida axborotlar yordamida sanoatdagi qo’shimcha qiymatning 3/4 qismi ishlab chiqilgan, ya’ni axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlaridan bo’lib moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida bilim asosidagi qiymatlarning ulushi ortib bormoqdadir.

- ishlab chiqarish jarayonlarida bilim va axborotning rolini yuksalishi ta’lim tizimini birinchilar qatoriga olib chiqmoqda. Axborotlashgan jamiyatda har bir xodim nafaqat yuqori malakali mutassis, balki u doimo ta’lim olishga qobiliyatli va qayta tayyorlashga tayyor bo’lishi lozim. Zamonaviy ishlab chiqarish xodimdan keng dunyoqarashga, yuqori malakali va chet tillari hamda AKTni bilishni taqazo etmoqda.

- jamiyat ishlab chiqarishida fanning ahamiyati ortib borib, ishlab chiqarishning asosiy omillariga aylanmoqda. Axborotlashgan jamiyatda fanning o’zi qo’shimcha qiymatni ishlab chiqmoqda.



Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirilgan baholash dasturi muhim faktor sifatida

Download 1 Mb.