ILOVALAR……………..………………………………………………….56




Download 1 Mb.
bet3/12
Sana24.07.2021
Hajmi1 Mb.
#16063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ILOVALAR……………..………………………………………………….56

XOTIMA……………………………………………………………………58

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.................................59

“O’z oldimizga qo’yilgan yuksak vazifa

va marralarga erishishda zamonaviy

bilim va tarbiya sohibi bo’lgan,

yangicha fikrlaydigan yoshlarimiz bizning

asosiy tayanchimiz va suyanchimizdir”.

I.A.Karimov.
Kirish
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun keng yo`llar ochildi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab zamonaviy axborot texnologiyalarini hayotga tadbiq etish hamda butun dunyo maqbul iqtisodiy aloqalari sistemasiga kiritishning maqbul yo`llari qidirildi va unga bog`liq muammolar o`z yechimini topa boshladi.Hozirgi zamonda biror bir sohada ish boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tassavur qilish qiyin XXI asr savodxon kishisi bo`lishi uchun kompyuter bo’yicha bilimlarga va axborot texnologiyalarini puxta egallamog`i lozim.Har bir mutaxasis u qaysi sohada ishlashidan qat`iy nazar o`z vazifasini zamon talabi darajasida bajarilishi uchun axborot ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlash prinsipi haqida chuqur bilimga ega bo’lishi zarur. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2005 yil 2-iyundagi «Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-91-sonli, 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-117-sonli, 2005 yil 28 sеntyabrdagi «O’zbеkiston Rеspublikasi jamoat ta’lim axborot tarmog’ini yaratish to’g’risida»gi PQ-191-sonli Qarorlaridan ko’zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyutеr savodxonligini oshirish hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab, litsеy, kasb - hunar kollеjlari hamda oliy o’quv yurtlarida kompyutеr va axborot tеxnologiyalari bilan ishlashga o’rgatish kеng ko’lamda yo’lga qo’yilmoqda. Buning uchun, avvalo, bilim dargohlari zamonaviy kompyutеr tеxnikalarga ega maxsus xonalar bilan bir qatorda “Inforomatika” faniga bo’lgan talab ham ortmoqda. Shu sababli bugungi kunda mustaqil O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimida amalgam oshirilayotgan tub islohotlar jumladan “ Kadrlar tayorlash milliy dasturida” “Kadrlar tayorlash tizimida va mazmunini mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy taraqiyotining istiqbollarin jamiyat texnika va texnologiyarini zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi” deb takidlaganю Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashlari uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. O’z tarixini bilmaydigan, ertangi kunni unutgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan.

Axborot texnalogiyalari riovojlanib hozirgi kunda zamon juda taraqqiy topmoqda. ya’ni juda ko’plab yangiliklar va ma’lumotlardan xabordor bo’layapmiz. Har qanday sohaga nazor toshlamaylik buning barchasida kompyuterlashtirilgan texnalogiyalarga duch kelamiz.

Prezidentimiz o`z ma’ruzalarida “ Bizning farzandlarimiz nafaqat jismoniy va ma’naviy sog`lom o`sishi balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlariga ega bo`lgan uyg`un rivojlanib insonlar bilan bu asrda to`liq talablarga javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishishi uchun zarur barcha imkoniyatlar va sharoitlarni yaratishga qaratilgan .

Jumladan, 2014-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom bola yili Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Davlat dasturi 7 bo‘lim va 125 banddan iborat bo‘lib, unda bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar aks etgan.

Quyidagilar «Sog’lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yo’nalishlari etib belgilandi:

Sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me’yorlar ishlab chiqildi.

Sog’lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash, boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, bo’yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko’rsatiladigan yordam va madadni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas’ul bo’lgan sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, ularni rivojlantirishga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish, sog’lom bolani tarbiyalash bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani keng ko’lamda o’rganish va amalda joriy etish yo’lga qo’yilmoqda.

Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish sifatini yanada ko‘tarish choralari belgilangan. Jumladan, 1-4 sinf o‘quvchilari uchun o‘quv dasturlari va darsliklarning qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek, o‘qituvchilar uchun tegishli uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.

2014, 2015- o‘quv yilida 2,6 million o‘quvchi 575 nomdagi 25 million nusxa darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.

«Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasining amalga oshirilishi ham bolalarning intellektual rivojlanishiga ko‘maklashadi. Loyihada turli bilim olishga oid va o‘quv materiallarini elektron formatga o‘tkazish markazi, multimedia axborot resurslari markazi, shuningdek, integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmog‘i tashkil etilishi, O‘zbekistondagi barcha axborot-kutubxona muassasalarining 2020- yilgacha ushbu tarmoqqa ulanishi mo‘ljallangan.

Maktablardagi chet tillari xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va texnika vositalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga 4,509 trln so‘m va 303 mln dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi.





Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ILOVALAR……………..………………………………………………….56

Download 1 Mb.