|
pastdan qayta tiklangan absorbent sovitilgan holda absorberga
|
bet | 4/11 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #266070 |
Bog'liq propan va butan ajratib olish mustaqil ishpastdan qayta tiklangan absorbent sovitilgan holda absorberga
qaytariladi. Absorbsiya jarayoni harorati qancha past bo‘lsa,
absorbentlarni yutish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi.
Absorbsiyada yutilayotgan gazlar miqdori bosim oshishi va
harorat pasayishi bilan ortadi. Gaz komponentlarining molyar og‘irligi
qancha katta bo‘lsa, xuddi o‘sha suyuqlikka shuncha ko‘p hajmda
yutiladi.
Gazlarni benzinsizlatirishning absorbsion-desorbsion jarayonining
prinsipialsxemasi 1.26-rasmda tasvirlangan. Dastlabki (xomashyo) gaz I
absorber 1 ning quyiqismiga uzatiladi. Gaz yuqoriga ko‘tarilish chog‘ida
absorber tarelkalaridan pastga oqayotgan absorbent bilan kontaktlashib,
modda almashinish natijasida gazdagi maqsadli komponentlar
suyuqlikka o‘tadi. Tozalangan gaz II absorberning yuqorigi qismidan,
to‘yingan absorbent IV esa quyi qismidan chiqariladi.
To‘yingan absorbent gidravlik turbina 7 ga yetkazilib, nasos 3 ni
harakatlantirib, foydali ish bajaradi. Natijada uning bosimi absorbsiya
bosimidan desorbsiya bosimiga qadar pasayadi. So‘ngra, to‘yingan
absorbent qizdirgich 5 da qizdiriladi va desorber 6 ning yuqorigi qismiga
uzatiladi. Desorber 6 ning quyi qismiga qaynoq desorbsiyalovchi agent
(o‘tkir suv bug‘i) VI kiritiladi. To‘yingan absorbent qizishi natjasida
desorbsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Bug‘langan maqsadli komponentlar V
desorberning yuqorigi qismi orqali, regenerirlangan absorbent esa quyi
qismi orqali chiqariladi. Regenerirlangan absorbent issiqlik almashtirgish
5 da issiqligi rekuperatsiyalangach nasos 3 yordamida oraliq sig‘im 4
va sovutkich 2 orqali absorber 1 ga qayatriladi.
Gazlarni tozalashda 1 m3
gazdagi og‘ir uglevodorodlar miqdori 200
|
| |