|
dan 300 gr gacha bo‘lganda absorbsion usul yanada samaraliroq sanaladi
|
bet | 5/11 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #266070 |
Bog'liq propan va butan ajratib olish mustaqil ishdan 300 gr gacha bo‘lganda absorbsion usul yanada samaraliroq sanaladi.
Adsorbsion usul
Benzinsizlantirishning adsorbsiyalash usuli C 3H8+ yuqori
uglevodorodlar miqdori 50 dan 100 g/m3 gacha bo‘lgan neft gazlarini
qayta ishlashda qo‘llaniladi. U adsorbentlar yuzasiga bug‘lar va gazlarni
yutilishiga asoslangan. Adsorbentsifatida odatda aktivlangan ko‘mirdan
foydalaniladi. Bunda adsorbent gazdagi og‘ir uglevodorodlar asta–
sekinlik bilan to‘yinadi. Yutilgan uglevodorodlarni haydash va
adsorbentni qayta tiklash uchun o‘ta qizdirilgan suv bug‘i bilan ishlov
beriladi. Adsorbentdan haydalgan suv va uglevodorod bug‘lari
aralashmasi sovitiladi va kondensatsiyalanadi hamda olingan beqaror
benzin osongina suvdan ajratiladi. Adsorbsiyalash qurilmalari barpo etish
xarajatlarining qimmatligi bilan tavsiflanadi (1.28-rasm).
Adsorbsiyalash jarayonlari qo‘llanilishidagi kamchiligi ularning
davriy ishlashidir.
Gaz xomashyosi separator (chang tutkich) 1 dan o‘tkazilish
orqali, tomchilisuyuqliklar va mexanik qo‘shimchalardan
tozalangach, quritish vabenzinsizlantirish uchun adsorber 15ga
jo‘natiladi. Quritilgan va benzinsizlantirilgan gaz adsorberdan
magistral quvuruzatkichga uzatiladi. Bu vaqtda adsorber 16
regeneratsiya va sovish siklida bo‘ladi. Belgilangan davrgachaishlagan
adsorber 15 ni regeneratsiyaga o‘tkazish sovutish sikli tugatilgan
adsorber 16 ni desorbsiyadan adsorbsiyaga o‘tkazish bilan birgalikda
amalga oshiriladi. Regeneratsiyalash uchun gaz separator 1 dan keyin
rostlash shtutseri 19 gacha olinib, o‘choq 14 ga yo‘naltiriladi. O‘choq
14 da 180 – 200C gacha qizdirilgan regeneratsiya gazi desorbsiya
sikliga o‘tkazilgan adsorber 15 ga adsorbentni regeneratsiyalash uchun
|
| |