|
olinadi.
1. Propan-propilen fraksiyasi - neft kimyosi mahsulotlari ishlab
|
bet | 7/11 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #266070 |
Bog'liq propan va butan ajratib olish mustaqil isholinadi.
1. Propan-propilen fraksiyasi - neft kimyosi mahsulotlari ishlab
chiqarishda va polimerizastiya jarayonlari uchun xom ashyo hisoblanadi;
2. Butan-butilin fraksiyasi - bu fraksiya ham neft kimyosi
mahsulotlari ishlab chiqarish va polimerizastiya jarayoni uchun xom
ashyo sifatida qo‘llaniladi.
Gazlarni fraksiyalarga ajratishning bir qancha usullari mavjud
bo‘lib, fraksiyalash usulining tanlovi gazli xomashyo turi, uning
komponent tarkibi, ajratiladigan fraksiya va komponentlar turi va
sofligiga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Gazlarni fraksiyalarga
ajratishning absorbsiya – rektifikatsiyalash usuli quyida keltirilgan.
Fraksiyalarga ajralishi kerak bo‘lgan gaz (H2S dan tozalangan
gaz) 1-kompressor yordamida 4 atm. bosimgacha siqiladi, 2-sovutkichda
sovitiladi, keyin gaz 3-separatorga yuboriladi, undan keyin u 17−18
atm. gacha siqish uchun 4- kompressorga uzatiladi. U 5-sovutkichdan
o‘tib, 6-gaz separatorga keladi, unda gaz kondensatidan ajraladi. Keyin
30 −35 ℃ ga ega gaz 7-absorberni pastki qismiga keladi. Absorberda
P= 14−16 atm. da ushlab turiladi. Yuqori qismidan absorbent beriladi.
Absorberni yuqori qismida harorat T= 30 ℃, pastki qismida esa 45 ℃
ni tashkil etadi. Absorberdan CH 4 va H 2 iborat gaz yana 8-absorberga
uzatiladi. To‘yingan absorbent 7-absorberni pastki qismiga o‘z yo‘nalishi
bo‘yichaharakatlanib tushadi va u 9-desorberga uzatiladi. Desorberda P=
10 −11 atm. desorberni pastki qismida T= 110 ℃, yuqori qismida esa
harorat 35℃ ga teng.
Desorberni yuqori qismidan etan–etilen fraksiyasi 10-
tozalagichga yuboriladi. Bunda H2S gazi NaOH bilan tozalanadi. NaOH
sirkulyatsiyasi 12-nasos yordamida amalga oshiriladi. Etan – etilen
|
| |