• 1 - laboratoriya ishi
  • Umumiy ma’lumotlar
  • Laboratoriya ishlarini olib borishdagi texnika xavfsizligi




    Download 1.01 Mb.
    bet2/14
    Sana19.03.2022
    Hajmi1.01 Mb.
    #18806
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Qozon qurilmalari (2).docx labarotoriya oxirgi
    scopus 2021, Fure qatori, Hozirgi paytda havodagi changni ushlab qoluvchi turli konstruksiyali ko, ВОЗМОЖНОСТИ ЭФФЕКТ. ИСПОЛ. ВОЛОК. ОТХОДОВ ПРЯДИЛ. ПРОИЗВОДСТВА, 2 (2), Автомобилларда қўлланиладиган ашёлар - 2004 йил, 9b688c1, monografiya 1 ga ichki taqriz, 1 маъруза, Гост Тирик пилла, лаборатория жихозлари.ИНВЕНТАР, 24, бЕТЛИК, 2.2 reja

    Laboratoriya ishlarini olib borishdagi texnika xavfsizligi


    Laboratoriya ishlarini bajarishda quyidagi asosiy texnika xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.



    1. Talabalar qozonxona ishidagi tartib qoidalar toʻgʻrisidagi oʻqituvchining koʻrsatmalarini bajarishlari kerak.

    2. Laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida qurilmalarning detallariga (tugmachalar, joʻmraklar, yopqichlar, boshqaruv kaltlari va hakozolarga) teginishlari oʻqituvchining koʻrsatmasi bilan ruxsat etiladi.

    3. Laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida talabalarga quyidagilar taqiqlanadi:

    1. oʻtish uchun moʻljallanmagan va maxsus toʻsiqlari boʻlmagan toʻsiq maydonchalarida, quvurlarda, konstruksiya va yopilmalarda turish;

    2. mexanizm va qurilmalarning aylanuvchi qismlariga tegish;

    v) quvurlarni flanes bogʻlamalari va armaturalari, xavfsizlik klapanlari, yoqilgʻi tayyorlash tizimi va qozon gaz yoʻli lyuklari va quduqlari yonida sababsiz turish, shuningdek quvurlar va armaturaning izolyatsiyalangan yuzalarini ochiq qoʻl bilan ushlash;
    g) moy, mazut yoki suv bilan qoplangan yuzalarda yurish, oʻtish uchun yopilgan joylarda joylashish;

    1. qozonxonada chekish;

    2. laboratoriya oʻtkazilish vaqtida ish joyidan ketib qolish.

    1 - laboratoriya ishi

    KVa-0,25 Gn/Dj QOZONINING ISHLASH PRINSIPINI VA BOSHQARILISHINI OʻRGANISH





      1. Quyidagi ishni oʻrganishdan maqsad:



      1. Umumiy ma’lumotlar


    Sanoat ishlab chiqarishning yuqori sur’atlari va ijtimoiy taraqqiyoti mamlakatning yoqilgʻi energetik majmuasining rivojlanishi uchun issiqlik energiyasining ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qiladi.
    Katta boʻlmagan issiqlik iste’molchilariga issiqlikning manbasi boʻlib sanoat va isitish qozonxonalari xizmat qiladi. Issiqlik ta’minoti balansida ularning salmogʻi katta qismni tashkil etadi. Yirik issiqlik elektr stansiyalarni qurilishiga qaramay, kichik va oʻrta quvvatli qozon qurilmalari konstruksiyalari yaxshilanmoqda va yildan yilga ortmoqda, ularning ishonchliligi va samaradorligi ortib, quvvat birligiga metal sarfi kamaymoqda, qurilish montaj ishlariga xarajatlari va muddatlari qisqarmoqda.
    Qozon qurilmalarida yoqilgʻi sifatida koʻmir, torf, slanes, yogʻoch chiqindilari, gaz va mazut ishlatiladi. Gaz va mazut – issiqlik energiyasining samarali manbalari. Ulardan foydalanilganda qozon qurilmasining konstruksiyasi va komponovkasi soddalashadi, ularning samaradorligi ortadi, xizmat qilishga ketadigan sarf-xarajatlar qisqaradi. Qozon qurilmasi maxsus xonalarda joylashgan majmua qurilmalaridan iborat boʻlib, yoqilgʻining kimyoviy energiyasini bugʻning yoki issiq suvning issiqlik energiyasiga aylantirishga xizmat qiladi. Har bir qozon qurilmasi alohida element - qurilmalardan iborat.
    Qozonxonaning asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:

    • suv bilan toʻldirilgan va yonish issiqligi hisobiga isiydigan qozon.

    Qozon – bu issiqlik almashinuv qurilmasi boʻlib, unda yoqilgʻining yonish mahsulotlari issiqligini suvga uzatiladi. Buning natijasida bugʻ
    qozonlarida suv bugʻga aylanadi, suv isitish qozonlarida kerakli haroratlargasha qizdiriladi.

    • oʻtxonada yoqilgʻi yoqiladi va yuqori haroratlargacha qizigan tutun gazlari hosil qilinadi.

    • yondirgich qurilmasi yoqilgʻini yoqish uchun va uning kimyoviy energiyasini gazlarning issiqlik energiyasiga aylantirishga xizmat qiladi.

    • Ta’minot qurilmalari (nasoslar, injektorlar) qozonga suvni yetkazib berish uchun moʻljallangan.

    • Tutun gazlari gaz yoʻllari boʻylab harakatlanib qozon devorlarida joylashgan quvurlarga oʻz issiqligini beradi;

    • tutun quvurlari yordamida tutun gazlari gaz yoʻlidan harakatlanib, sovitilgandan soʻng atmosferaga chiqarilib yuboriladi.

      1. Download 1.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishlarini olib borishdagi texnika xavfsizligi

    Download 1.01 Mb.