|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
|
bet | 23/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanma2-guruh 1- vaziyat
Yosh ishchi mehnat va ishlab chiqarish intizomini bir necha bor buzmoqda. Usta u bilan suhbatlar o‘tkazdi. Jarima solishga ham to‘g‘ri keldi. Yosh ishchi ishlaydigan brigadada 12 kishi bor, ulardan biri uning do‘sti hamma narsada uni qo‘llaydi, 6 kishi jamoa ishlari bilan unchalik qiziqmaydi, ishdan so‘ng uyga ketishga shoshiladi. 5 kishi jamoatchilik topshiriqlarini bajarishadi, brigadir kasaba uyushmasi qo‘mitasi a‘zosi.
Yosh ishchi bilan yana "favqulotda holat" yuz berdi. Uning axloqini baholashda Siz usta o‘rnida nima qilar edingiz?
Brigada jamoasi yig‘ilishida yosh xodimning harakatini muhokamaga qo‘yar edim.
Jamoa qatnashuvisiz o‘zim qaror qabul qilar edim.
Yosh ishchining harakati muhokamasiga faqat brigada faollarini taklif qilar edim.
Boshqa javob yo‘q.
2- vaziyat
Boshqaruv xodimlari qanday asosiy toifalarga bo‘linadi?
2-toifaga: rahbarlar va muhandis-texnik xodimlar.
3-toifaga: rahbarlar, mutaxassislar, xizmat ko‘rsatuvchi-yordamchi-texnik va xizmatchi personal.
4-toifaga: yuqori pog‘onali rahbar (boshliq, o‘rinbosari), o‘rta pog‘onali rahbar (bo‘lim boshlig‘i, sektor va byuro boshliqlari), muhandis-texnik xodimlari va kichik xizmat xodimlari.
3-guruh 1- vaziyat
Kasaba uyushmasi etakchisini tanlash kerak. 3 ta nomzod bor. Quyida ularning tavsifnomasi keltirilgan. Kimni tanladingiz?
Birinchisi-a‘lochi, muloyim, o‘ziga ergashtira oladigan, o‘z fikrida tura oladigan.
Insonlar bilan quruq munosabatda bo‘ladigan tabiatga mijozga ega ikkinchi nomzod, vazifalarni bajarishda tezkor savolni aniq belgilab, uning bajarilishini tashkil eta oladi.
Uchinchi nomzod - jamoa fikriga tayanadigan, o‘ziga ergashtira oladigan, ko‘ngilsizliklardan uzoq yuruvchi, ayniqsa ish jarayonida odamlarning o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq hollarda.
2- vaziyat
Ishlab chiqarishga kelgan yosh mutaxassislarga rahbarlarni (ustozlarni) tayinlovchi (belgilovchi) qoidalari ustida o‘ylab ko‘ring. Sizning fikringizcha quyidagi berilgan uchta savoldan qaysi biri haqiqatda haq odilona (to‘g‘ri)?
Ma‘muriy ishlab chiqarishga kelgan har bir yosh mutaxassisga zarur bo‘lgan maxsus tayyorgarlikni o‘tagan va yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istagan eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan rahbarlarni biriktirib qo‘yish shart.
Ilg‘or (etakchi) ishlab chiqaruvchilardan yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istaydiganlarni aniqlash (ko‘rsatish) zarur va ularga maxsus tayyorgarlikdan o‘tish uchun imkoniyatlar yaratib berish zarur.
Ayniqsa yosh ishchilarga biriktirilish to‘g‘risidagi savolni esa rahbarlarning o‘zlari hal etishlari lozim.
Ishga kirayotgan yosh ishchini ishlab chiqarishda rahbarning harakati bilan tanishtirish, unga yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq axborot berish zarur. Bundan so‘ng yosh mutaxassisga o‘zi rahbarni tanlashni taklif qilish kerak.
|
| |