• Muammoni ifodalash uchun savollar
  • Kichik muammolar echimini ifodalash uchun savollar: Kichik
  • Bilimlarni faollashtirish uchun savollar




    Download 22,93 Mb.
    bet69/176
    Sana11.12.2023
    Hajmi22,93 Mb.
    #115775
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176
    Bog'liq
    amaliy ishlanma

    Bilimlarni faollashtirish uchun savollar:

    1. Tovar narxi nima va u qanday belgilanadi?

    2. Nima uchun narx marketing majmuining muhimroq elementiga aylandi?

    3. Siz narxlarning qaysi asosiy turlarini bilasiz?

    4. Narxning o‘sib borayotgan qiymati qay tariqa narx darajasini aniqlash usullariga ta‘sir etadi?

    3-ilova(10.1)
    Muammoni ifodalash uchun savollar:

    1. Kompaniyaning tashqi iqtisodiy faoliyatida eksport narxlari belgilashda qaysi omillarni hisobga olish zarur?

    2. Eksport narxlari belgilashda qaysi harakatlar amalga oshiriladi?

    Muammo: Optimal eksport narxini qanday belgilash?


    Kichik muammolar echimini ifodalash uchun savollar: Kichik muammo: Kompaniya tovar narxini qanday belgilaydi?

      1. Talab va boshqa tashqi omillar narx belgilashga qanday ta‘sir ko‘satadi?

      2. Mavjud tovarlar va yangi tovarlar uchun kompaniyalar qaysi narx shakllanish strategiyalaridan foydalanadi?

      3. Kompaniyalar narx belgilashda qay tariqa xarajatlar, talab va raqobatga yo‘naltirilgan usullardan foydalanadi?

    Echim: Narx bilan bog‘liq qarorlarga qator tashqi omillar, xususan, xaridorlar kutayotgan narx, ularning narx va sifat o‘rtasidagi aloqa haqidagi tasavvuri, raqobatchilarning narxga reaktsiyasi, savdoning reaktsiyasi, shuningdek, iqtisodiy sharoitlar ta‘sir ko‘satadi.
    Narx belgilash uchun kompaniya xaridolrlar muqobil narxlarga qanday javob qaytariini bilishi lozim. Eng ideal holatda firma turli narx darajalarida qancha miqdorda tovar sotilishini ko‘rsatadigan talab egri chizig‘i tuzishga harakat qiladi. Bu kompaniyaga ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda umumiy tushum miqdorini hisoblab chiqish, turli narx darajasida olish mumkin bo‘lgan foydani aniqlash va eng ma‘qul keladigan narx belgilashga imkon beradi. Talab egri
    chizig‘i narx sezuvchanligini ham tavsiflaydi. Kompaniyalar tushumni oshirish uchun xaridorlar narx sezuvchanligi past bo‘lganda qimmatroq narx belgilashi, narx sezuvchanligi kuchli bo‘lganda esa – arzonroq narx belgilashi mumkin. Eng yuqori ko‘rsatkich tahlili yordamida oxirgi sotilgan tovar birligidan eng yuqori tushum miqdori uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘lgan nuqtada foydani maksimal qiladigan narx belgilanadi.
    Mavjud tovarlar uchun narx shakllanish strategiyalari to‘g‘ri keladigan narx darajasi belgilash va avvalgi narx o‘zgarishiga nisbatan qaror qabul qilish yoki barqaror narxlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. YAngi tovarlar uchun odatda
    «qaymog‘ini olish» va «bozorga kirib borish» nomi ostidagi narx shakllanish strategiyalari qo‘llanadi. Bunda «qaymog‘ini olish» strategiyasi dastlab qimmat narx belgilangan hollarda foydalaniladi va talab elastik bo‘lmagan yoki kompaniya patent himoyasi bilan ta‘minlangan hollarda maqsadga muvofiq. «Bozorga kirib borish» strategiyasi dastlab arzon narx belgilashni ko‘zda tutadi va talab elastik bo‘lgan hollarda maqsadga muvofiq sanaladi. Narx shakllanish strategiyalari assortiment guruhlari uchun ham ishlab chiqiladi. Assortiment guruhidagi turli tovarlar o‘rtacha narx yoki nufuzli tovarlarni afzal ko‘adigan tejamkor xaridorlani qiziqtirish maqsadida turli narx segmentlariga qarataladi.

    Download 22,93 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176




    Download 22,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilimlarni faollashtirish uchun savollar

    Download 22,93 Mb.