|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
|
bet | 70/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanmaXulosa: Shunday qilib, kompaniya avvalo, quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
narx shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
narxni belgilab beradigan omillarni (xarajatlar, talab va h.k.) ajratib ko‘rsatish;
shu axborotni hisobga olgan holda o‘z narxlarini shu doirada belgilaydigan narx doirasini belilab beradigan narx shakllantirish strategiyasini ifodalash;
yoki talabga, yoki xarajatlarga yo‘naltirilgan usul asosida narx darajasini belgilash;
iste‘molchilarga taklif etiladigan yakuniy narx va savdo chegirmalarni belgilash;
narx belgilangandan so‘ng iste‘molchi va raqobatchilar reaktsiyasini aniqlash;
yakuniy bosqichda kompaniya qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun narxlarni nazorat qiladi.
Kichik muammo: Narx qanday tartibga solinishi kerak?
Kompaniya yakuniy narxni qanday to‟g‟irlaydi?
Kompaniya xarajatlar, talab yoki raqobatga yo‘naltirilgan usullar yordamida belgilagan narx bu – tovarning bazaviy, yoki preyskurant narxi. Bazaviy narxga tuzatish kiritish chegirma, pulni qaytarish, narx stimuli, geografiktuzatish yoki
«silliqlanmagan» narx ko‘rinishida qabul qilinishi mumkin.
Xulosa. CHegirmalar xaridorlarni ko‘proq partiyada tovar sotib olish yoki marketing funktsiyalari ta‘riflarini bajarish, mavsumiy bo‘magan xaridlar yoki schetni tezroq to‘lashga undashi ko‘zda tutilgan. Qaytarish bu – sotuvchiga ko‘rsatilgan xizmat evaziga xaridorga to‘lanadigan to‘lovlardir. Narx stimullari bu
xaridorlarni tovarga qiziqtirish maqsadida qisqa muddatli chegirmalardir. Geografik tuzatishlar tovar etkazib berish bo‘yicha transport xarajatlaridagi farqni hisobga olishi ko‘zda tutilgan. «Silliqlanmagan» narx bu – arzonroq narx tasavvurini uyg‘otadigan, «yumaloq» narx bilan taqqoslaganda bir birlikka pasaytirish tomon narxga tuzatish kiritishdir.
Kompaniya narxlarni qanday tahlil qiladi va nazorat qiladi?
Kompaniyalar xaridorlar va raqobatchilarning kompaniya belgilagan narxlarga reaktsiyasini aniqlagan holda narxni tahlil qiladi. Bu narx uning asosida belgilangan talab bahosi to‘g‘riligini aniqlash uchun xaridlarni pasaytirishni nazarda tutadi. Bu shuningdek, qarshi choralar ko‘rish zaruratini aniqlash maqsadida raqobatchilar reaktsiyasini tahlil qilishni talab qiladi. Ikkala holatda ham preyskurant narxini o‘zgartirish talab qilinishi mumkin.
Xulosa: Narxlar ustidan nazorat kompaniya uchun sotuv va foydaga oid maqsadlar erishilishi va agar maqsadlar erishilmasa narxni o‘zgartirish oqlanganligini aniqlash zaruratini anglatadi.
Теstlar
-
|
| |