|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
|
bet | 74/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanmaSavol va topshiriqlar:
Ikkita salon-magazin strategik pozitsiyalaridagi fraq nimadan iborat? Ularning mijozlari qanday, nima bilan farq qiladi, qanchalik doimiy bo‘lishi mumkin?
«Eva» salon-magazini maqsadli imidji qanday bo‘lishi lozim?
«Eva» reklama adresatlari e‘tiborini qanday qaratishni tavsiya qilgan bo‘lardingiz?
378
«Eva» salon-magazini uchun reklama rejasi taklif eting.
-слайд
379
2-guruh
Marketing vaziyati: Reklama samaradorligini baholash
Reklamani sinab ko‘rish ob‘ektlari sifatida tanlab olingan A, B va V shaharlarda firma mahsulotlari umumiy sotuvi reklama boshlanishidan oldin 3600 konteyner va reklamadan keyin 6400 konveyer mahsulotni tashkil etdi. G, D va E
«nazorat» (reklama o‘tkazilmagan) shaharlarda sotuv hajmi birinchi davr 4600 konteyner va ikkinchi davrda –5750 konteynerni tashkil qildi.
Maxsus bukletlar yordamida pochta orqali reklama A va B shaharlarda umumiy hajmi 600 konteyner mahsulot bo‘lgan buyurtma olishni ta‘minladi (V shahrida pochta orqali jo‘natmalar amalga oshirilmadi). A, B va V shaharlarda bir tekisda televizion reklamadan foydalanildi. Bundan tashqari, V shahrida radioreklama qo‘llandi.
Bu shaharlarda reklama xarajatlari umumiy miqdorda quyidagini tashkil etdi: telereklama — 10 ming p.b.; radioreklama — 12 ming p.b.; bukletlarni adresli jo‘natish — 12,5 ming p.b.
Har bir qo‘shimcha konteyner mahsulot sotish, transport xarajatlarini chiqarib tashlaganda, biroq reklama xarajatlarini qo‘shmasdan, firmaga 0,2 ming p.b. miqdorida qo‘shimcha foyda keltiradi.
Savol va topshiriqlar:
Sotuv natural hajmi o‘sishining qaysi qismini reklama hisobiga deb hisoblash mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi (boshlang‘ich hajm foizida)? Hisob-kitobni keltiring.
Butun reklama kampaniyasi umumiy samaradorligi qanday?
Har bir reklama turi samaradorligi qanday, ularning qaysi birini, jumladan, istiqbol uchun samarali deb hisoblash mumkin? hisob-kitoblar keltiring, shuni e‘tiborga olingki, eksperimental guruhning har bir shahrida sotuv hajmi har bir muayyan davrda bir xil.
|
| |