• KIRISH
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 2.18 Mb.
    bet5/124
    Sana27.10.2022
    Hajmi2.18 Mb.
    #28297
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR
    Diskret tuzilmalar 1-M.Ish, MTA Yakuniy nazorat Hammasi, 2 5359587219348652922, ARXEOLOGIYADA ANIQ VA TABIIY FANLAR, Falsafa 1-mustaqil ish, 1-LAB OCHILOV AZIZBEK, 6-amaliy iah Tarmoqlararo ekran vositasi yordamida tarmoq himoy, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, @idum uz tavsifnoma namunasi, TURIZMDA TUROPERATORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH, TURIZMDA TUROPERATORLIK, Biznesniloyihalash, 1665071471, Axborot xavfsizligi yakuniy testla

    Inglizcha atamalar


    Call-center – aloqa markazi
    Merchandising – maxsus xodimlarning faol ishtirokisiz tovarlarni sotish samaradorligini ta'minlash. Bu chakana savdoni maksimal darajada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'plami.
    Clearing - banklar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar tizimi.
    Pre-selling- buyurtmalarni yig'ish
    Processing centre – axborotni qayta ishlash markazi. Protsessing markazining deganda quyidagilar tushuniladi:

    • kartalarining dasturlari bo'yicha faoliyat ko'rsatadigan filiallari bo'lgan bankning bosh ofisi;

      • bankning bir nechta filiallari uchun protsessing xizmatlarini taklif qiluvchi markaziy shahobchasi (masalan, identifikatsiya qilish, avtorizatsiya qilish yoki almashtirish);

      • yuridik shaxs yoki uning tarkibiy bo'linmasi bo’lib, hisob-kitoblar ishtirokchilari o'rtasida axborot va texnologik o'zaro aloqani ta'minlaydi Promote the Sale – sotuvning jadallashuviga ko’maklashish;

    Promote Trade – savdoning rivojlanishiga ko’maklashish; Telephone banking – telefon orqali bank xizmatlarini ko’rsatish; van-selling -transport vositada amalga oshiriladigan mobil sotuv.

    KIRISH




    Raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo’q

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti


    Sh M.Mirziyoyev


    Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o’sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi. Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi yotadi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina sodir bo’ladi. O’zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. “Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi
    texnologiyalarni o’z ichiga oladi.
    Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali iste’molchibilan ochiq munosabat o’rnatish, mahsulot va xizmatlar to’g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash,
    sotuvning alternativ yo’llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do’konlar ochish va yaratish imkoni beradi.
    Bugungi kunga kelib, O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.

        • Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi lozim;

        • Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim;

        • Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo’llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;

        • Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;

        • Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat chegaralariga bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi lozim.

    Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining
    №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.Olib borilgan va bajarilgan ishlar asosida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Masalan, axborot almahinuvi tezligini oshirish va unga sarflanadigan vaqtni kamaytirish maqsadida olib borilgan ishlarning natijasi Respublikada xalqaro axborot tarmoqlari tezligini oshishida ko’rinadi.
    Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo’lib, ularning to’gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin. Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri –malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi.
    Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z aksini topadi.
    Elektron tijorat va biznes - raqamli iqtisodiyotda yangi yo'nalish. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bu yo'nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo'lsa, boshqalari bu yo'nalishda ilgarilab borishmoqda.
    Shu sababli, o'z iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga kirishgan deyarli barcha mamlakatlar bir xil muammoga duch kelmoqdalar - raqamli iqtisodiyotda milliy tillarda malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo'lgan o'quv va ilmiy adabiyotlarning etishmasligi.
    Elektron tijorat va biznes bo'yicha xorijiy ma'lumot manbalari va nazariy o'quv va ilmiy materiallarga asoslangan ushbu o’quv qo’llanma mualliflari bu bo'shliqni biroz to'ldirishga harakat qilishdi.
    O’quv qo’llanmada elektron biznes va tijoratning rivojlanishi, shakllari, tizimlari, modellari, texnologiyasi va internet banking asoslari haqidagi nazariy materiallar mavjud.
    O’quv qo’llanma asosan 5A350303 - Raqamli iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar va magistrantlar uchun mo'ljallangan, ammo bu raqamli iqtisodiyotga qiziqqan har bir kishi uchun foydali bo'lishi mumkin.

    Download 2.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 2.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 2.18 Mb.