|
Tarmoqlararo mahsulot etkazib berish xij ni hisoblash
|
bet | 6/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #232621 |
Bog'liq TARMOQLARARO BALANSNING IQTISODIY 4.docx
Tarmoqlararo mahsulot etkazib berish xij ni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
xij = aij xj ,
bu erda aij – A2:S4 kataklarida joylashgan boshlang’ich A matritsaning elementlari, xj – yuqorida 4-bandda topilgan va E7:E9 kataklarida joylashgan X vektorining elementlari.
xij hisoblash uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
X vektorga nisbatan Xt transponirlangan vektorni hisoblash.
Bunda X vektor-ustun Xt vektor qatorga aylanadi. Bu vektor elementlarini kelgusida ko‘paytirish uchun, birinchi navbatda ularni o‘zaro moslashtirish uchun zarur.
Shu maqsadda:
sichqonchaning chap tugmachasini bosgan holda sichqoncha ko‘rsatkichi bilan Xt transponirlangan vektor joylashadigan E12:G12 kataklarini belgilang;
menyular qatoridan Vstavka menyusining Funktsiya buyrug’ini tanlang. Hosil bo‘lgan darchada Kategoriya maydonidan Ssilki i massivi punktini tanlang, Viberite funktsiyu maydonida esa TRANSP funktsiyasini tanlang. OK tugmasini bosing;
paydo bo‘lgan TRANSP dialog oynasini sichqoncha bilan X boshlang’ich vektor joylashgan joydan boshqa tomonga suring va X vektorning diapazonini (E7:E9 kataklar diapazonini) Massiv ishchi maydoniga kiriting (sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda ko‘rsatkichni E7 katagidan to E9 katagiga qadar tortib boring);
Ctrl+Shift+Enter klavishalar kombinatsiyasini bosing. OK klavishasini emas, balki aynan Ctrl+Shift+Enter klavishalar kombinatsiyasini bosishingiz kerakligiga e’tibor bering.
Natijada E12:G12 kataklarida transponirlangan vektor Xt hosil bo‘ladi.
|
| |