modda. Axborot berishni rad etish




Download 4,2 Mb.
bet13/96
Sana30.07.2024
Hajmi4,2 Mb.
#268923
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 2022 (1)

modda. Axborot berishni rad etish


Agar so‗ralayotgan axborot maxfiy bo‗lsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetishi mumkin bo‗lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin.
So‗ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to‗g‗risidagi xabar so‗rov bilan murojaat etgan shaxsga so‗rov olingan sanadan e‘tiboran besh kunlik muddat ichida yuboriladi.
Rad etish to‗g‗risidagi xabarda so‗ralayotgan axborotni berish mumkin emasligi sababi kursatilishi kerak.
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so‗rayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to‗g‗risida xabardor etishi shart
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o‗z so‗roviga haqqoniy bo‗lmagan axborot olgan shaxslar o‗zlariga yetkazilgan moddiy zararning o‗rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma‘naviy ziyon kompensatsiya qilinishi hukuqiga ega.
  1. modda. Axborotni muhofaza etish


Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‗lish axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va bopsha shaxsga zarar yetkazishi mumkin bo‗lsa, muhofaza etilmog‗i kerak.
Axborotni muhofaza etish:

    • shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga taadidlarning oldini olish;

    • axborotning maxfiyligini ta‘minlash, tarqalishi, o‗g‗irlanishi, yo‗qotilishining oldini olish;

axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
  1. modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi


Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy xayotiga taalluqli
sirlarini saqdash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruxiy ta‘sir ko‗rsatilishidan himoya qilish yuli bilan ta‘minlanadi.
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma‘lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy xayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy xayotiga taallukli sirini, yozishmalar, telefondagi so‗zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni tuplashga, sakdashga, kayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yul ko‗yilmaydi, qonun xujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar to‗g‗risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma‘naviy ziyon yetkazish, shuningdek ularning huquqdari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‗yobga chikarilishiga to‗sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqdanadi.
Fukarolar to‗g‗risida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi xamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo‗ladilar.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo‗ygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga xakdi emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.

  1. Download 4,2 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Download 4,2 Mb.