|
Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari
|
bet | 10/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari
Mualiflik xuquqini ta‘minlashda turli himoya usullaridan foydalaniladi. Bular CD/DVD disklardagi ma‘lumotlarni ruxsatsiz ko‗chirishdan himoyalashdan tortib, oddiy RDF fayllarni taxrirlash imkoniyatini cheklash kabi jarayonlarni oz ichiga olishi mumkin.
Biroq, boshqa toifadagi insonlar agar men litsenziyaga ega CD diskni sotib olsam, undan ko‗chirish imkoniyatiga xam ega bo‗lishim kerak deb fikrlaydilar.
Xavfsizlik
Internet tarmog‗idagi axborotdan foydalanganda xavfsizlik anchadan beri axloqiy munozaralar mavzusi bo‗lib kelgan. Bu birinchi navbatda jamoat faravonligini himoya qilish yoki shaxs xuquqini himoya qilish degan savolni o‗rtaga qo‗yadi. Internet tarmog‗ida foydalanuvchilar sonini ortishi, shaxsiy ma‘lumotlarni ko‗payishi natijasida ularning o‗g‗irlanishi va kiberjinoyatlar soni ortmoqda.
Aniqlik
Internetning mavjudligi va ba‘zi bir shaxs yoki jamoalar tabiatitufayli ma‘lumotlarning aniqligini bilan shugullanish muammoga aylanmoqda.
Boshqa so‗z bilan aytganda Internetdagi
ma‘lumotlarning aniqligiga kim javob beradi? Bundan tashqari Internetdagi ma‘lumotlarni kim to‗ldirib boradi, undagi xatolar va kamchiliklar uchun kim javobgar bo‗lishi kerakligi tug‗risidagi tortishuvlar mavjud.
Foydalanuvchanlik, senzura va filterlash
Foydalanuvchanlik, senzura va axborotni filterlash mavzulari kiberetika bilan bogliq ko‗plab axloqiy masalalarni ko‗taradi.
Ushbu masalalarning mavjudligi bizning maxfiylik va shaxsiylikni tushunishimizga va jamiyatdagi ishtirokimizga shubxa tug‗diradi.
Agar biror qonun koidaga asosan ma‘lumotlardan foydalanishni cheklash yoki filterlash asosida ushbu ma‘lumotni tarkalishi yoki foydalanuvchanligiga ta‘sir qilish mumkin.
Xozirda ushbu xolatlar amalda keng ko‗llanilmokda.
Senzura xam past darajada (masalan, kompaniya o‗z xodimlari uchun) yoki yuqori darajada (hukumat tomonidan xavfsizlikni ta‘minlash uchun amalga oshirilgan) bo‗lishi mumkin.
Mamlakatga kiruvchi ma‘lumotlarni boshkarishning eng yaxshi misollaridan biri bu "Buyuk Xitoy Fayrvoli‖ nomi bilan mashxur bo‗lgan loyihadir.
Taqiqlangan kontentlar (pornografiya)
Internet tarmog‗ida mavjubo‗lgan taqiqlangan kontentlardan voyaga yetmaganlar tomonidan foydalanish doim axloqiy munozaralarga sabab bo‗lmoqda. Ayrim davlatlarda bunday kontentlardan foydalanish qattiq taqiqlansa, ayrim davlatlarda bunga ruxsat berilgan.
|
| |