• Xavfsizlik siyosati
  • Axborot xavfsizligi
  • Axborotni muhofaza qilish




    Download 4,2 Mb.
    bet7/96
    Sana30.07.2024
    Hajmi4,2 Mb.
    #268923
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi 2022 (1)

    Axborotni muhofaza qilish – axborot xavfsizligining (ma‘lumotlarning butunligi, foydalana olish va zarur bo‗lganda, ma‘lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda foydalaniluvchi axborot va uning zaxiralari konfedensialligi) muhim jihatlarini ta‘minlashga yo‗naltirilgan tadbirlar majmuidir.
    Xavfsiz tizimda tegishli apparat va dasturiy vositalardan foydalanib, axborotni o‗qish, yozish, hosil qilish va o‗chirish huquqiga ega shaxslar yoki ular nomidan amalga oshiradigan jarayonlar orqali axborotdan foydalana olish boshqariladi.
    Ma‘lumki, absolut xavfsiz tizimlar mavjud emas, lekin «ishonish mumkin bo‗lgan tizim» ma‘nosidagi ishonchli tizimlardan foydalaniladi. Yetarlicha apparat va dasturiy vositalardan foydalanib, bir vaqtning o‗zida turli maxfiylik darajasidagi ma‘lumotlarni foydalanuvchilar guruhi tomonidan foydalanish huquqlarini buzmagan holda qayta ishlash imkonini beruvchi tizim ishonchli hisoblanadi.
    Ishonchlilikni baholovchi asosiy mezonlar – bu xavfsizlik siyosati va kafolatlanganlik.
    Xavfsizlik siyosati – xavfsizlik obyektlari va subyektlarining berilgan ko‗pligining xavfsizligini ta‘minlash protseduralari va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‗plami. Tizim xavfsizligini ta‘minlashning aniq mexanizmlarini tanlash qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
    Kafolatlanganlik himoyaning passiv qismi bo‗lib, tizimdan foydalanishda unga bo‗lgan ishonch darajasini ifodalaydi.
    Ishonchli tizimda xavfsizlikka taalluqli barcha jarayonlar ro‗yxatga olib borilishi kerak.
    Axborotni muhofaza qilish tushunchasi axborot xavfsizligi tushunchasi bilan chambarchas bog‗liq.
    Tor ma‘noda axborotni muhofaza qilish deganda axborotni yig‗ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayonida uning xavfsizligi (konfedensialligi va butunligi)ni ta‘minlashga qaratilgan tadbirlar va harakatlar majmui tushuniladi. Bu ta‘rif axborotni muhofaza qilish va axborot xavfsizligi tushunchalarining bir-biriga yaqin ekanligini bildiradi.
    Axborot xavfsizligi – bu uzatiluvchi, yig‗iluvchi va saqlanuvchi axborotning xususiyati (holati) bo‗lib, uning tashqi muhit (inson va tabiat) va ichki tahdidlardan himoyalanganlik darajasini xarakterlaydi.
    Axborotni muhofaza qilish keng ma‘noda axborot xavfsizligiga tahdidni oldini olish va ularning asoratlarini yo‗q qilishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va texnik choralar kompleksini bildiradi.
    Axborotni muhofaza qilish axborotga bo‗lgan salbiy ta‘sir manbalarini hamda sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ma‘nosini anglatadi.
    Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil etadi. Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo‗naltirilgan:

    • axborot xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha tahdidlarning oldini olish;

    • tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‗lgan tahdidlarni aniqlash va ularni o‗z vaqtida oldini olish choralari;

    • aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni topish;

    • jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni hamda tahdidlarni yo‗q qilish bo‗yicha choralar ko‗rish;

    • tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo‗q qilish va mavqeini saqlash.

    Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot resurslarini noqonuniy tahdidlardan himoya qilish va quyidagilarni ta‘minlashdan iborat:

    • konfedensial axborotlarning tarqab ketishini oldini olish;

    • konfedensial axborot manbalariga noqonuniy kirishni taqiqlash;

    • axborotning butunligi, to‗liqligi va undan foydalana olishni saqlash;

    • axborot konfedensialligiga rioya qilish;

    • mualliflik huquqlarini ta‘minlash.

    Yuqoridagilarni e‘tiborga olib, axborotni muhofaza qilish deganda davlat, jamiyat va shaxslarning axborot xavfsizligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan usul, vosita va choralar majmuini tushunish mumkin.

    Download 4,2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




    Download 4,2 Mb.