|
Bob. AXBOROTNI XAVFSIZLIGI, KIBERJINOYATCHILIK VA AXBOROTGA TAHDIDLAR
|
bet | 4/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1) Bob. AXBOROTNI XAVFSIZLIGI, KIBERJINOYATCHILIK VA AXBOROTGA TAHDIDLAR. Mavzu:Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi.
Tayanch iboralar: axborot, axborot xavfsizligi, ommaviy axborot, maxfiy axborot, hujjatlashtirilgan axborot, konfedensial axborot.
Axborot xavfsizligi – tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish. Axborot xavfsizligi ko‗p qirrali faoliyat sohasi bo‗lib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin
O‗zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‗g‗risida»gi qonunida axborot va uning turlari to‗g‗risida quyidagi ta‘riflar keltirilgan:
axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;
ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‗ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar;
hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‗yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‗yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta‘rif O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ–1572-son qarorini amalga oshirish chora- tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296sonli qarorida quyidagicha ifodalangan: maxfiy axborot – O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‗lmagan
hujjatlashtirilgan axborot.
|
| |