|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 5/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Konfedensial axborot – hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi.
Saqlash, o‗zgartirish, uzatish va ma‘lum maqsadlar uchun foydalanish obyekti bo‗lgan tevarak olam haqidagi ma‘lumotlarni, keng ma‘noda axborot deb tushunish mumkin. Bu tushunchaga ko‗ra inson, uning hayot tarziga va harakatlariga ta‘sir etuvchi doimiy o‗zgaruvchi axborot maydoni ta‘sirida bo‗ladi. Axborot o‗z tavsifiga ko‗ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, ishlab
chiqarishga yoki tijoratga oid hamda maxfiy, konfedensial yoki nomaxfiy bo‗lishi mumkin.
Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi. Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta‘sirlardan axborot va uni qo‗llab-quvvatlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday tа‘sirlar ахbоrоt sоhаsidаgi munоsаbаtlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo‗llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‗g‗risida»gi qonunida axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.
Axborot sohasida shaxs manfaatlari fuqarolarning axborotdan foydalanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‗ullanishida hamda jismoniy, ma‘naviy va intellektual rivojlanishda axborotlardan foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlovchi axborot himoyasida namoyon bo‗ladi.
Axborot sohasida jamiyat manfaatlari bu sohada shaxs manfaatlarini ta‘minlashda, demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy hamjihatlikni qo‗llab-quvvatlashda o‗z aksini topadi.
Axborot sohasida davlat manfaatlari milliy axborot infrastrukturasining rivojlanishiga sharoitlar yaratishda, axborot olish sohasida shaxs va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshishida, O‗zbekistonning hududiy birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy tuzumining mustahkamligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta‘minlash maqsadida axborotdan foydalanishda, qonuniylik va huquq tartibotni qat‘iy amalga oshishida, o‗zaro tenglik va o‗zaro manfaatdorlikdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ifodalanadi.
|
| |