|
Axborot ximoyasi konsepsiyasini ishlab chiqish bosqichlari
|
bet | 8/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1) Axborot ximoyasi konsepsiyasini ishlab chiqish bosqichlari.
Konsepsiya – axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda yechish yo‗llari.
Konsepsiyada ifodalangan maqsadlar, masalalar va ularni bo‗lishi mumkin bo‗lgan yechish yo‗llari asosida axborot xavfsizligini ta‘minlashning muayyan rejalari shakllantiriladi.
Konsepsiyani ishlab chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.
1.1-rasm. Axborot ximoyasi konsepsiyasini ishlab chiqish bosqichlari.
Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko‗rsatmasi, ya‘ni qanday real boyliklar, ishlab chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma‘lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi shart. Ushbu bosqichda himoyalanuvchi alohida obyektlarni ahamiyati bo‗yicha tabaqalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi obyektga nisbatan bo‗lishi mumkin bo‗lgan jinoiy harakatlar tahlillanishi lozim. Iqtisodiy josuslik, terrorizm, sabotaj, buzish orqali o‗g‗irlash kabi keng tarqalgan jinoyatchiliklarning real xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim hisoblanadi. So‗ngra, niyati buzuq odamlarning himoyaga muhtoj asosiy obyektlarga nisbatan harakatlarining ehtimolligini tahlillash lozim.
Uchinchi bosqichning bosh masalasi–vaziyatni, xususan o‗ziga xos mahalliy sharoitni, ishlab chiqarish jarayonlarini, o‗rnatib qo‗yilgan himoyaning texnik
vositalarini tahlillashdan iborat.
Nazorat savollari
Axborot xavfsizligi tushunchasi nimani anglatadi?
Axborot xavfsizligining qanday tashkil etuvchilari mavjud?
Axborot xavfsizligi milliy xavfsizlik tizimida qanday o‗rin tutadi?
Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi nima?
Mavzu:Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika.
Tayanch iboralar: kiberjinoyatchilik, kiberhuquq,kiberetika.
Ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlardan tashqari, kompyuter texnologiyalari va Internet ham, odamlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi boshqa vositalar kabi, jinoyatlarni sodir etishda ishlatilishi mumkin. Kompyuter jinoyati yoki kompyuter jinoyatlarining nisbatan uzoq vaqtdan beri davom etayotgan hodisani tashkil etsa-da, global tarmoqqa ulanish o‗sib borishi zamonaviy kiber jinoyatlarning rivojlanishi bilan uzviy bog‗liqdir.
1960 yildan buyon kompyuter tizimlariga jismoniy zarar yetkazish va saqlangan ma‘lumotlar, kompyuter tizimlaridan ruxsatsiz foydalanish va elektron ma‘lumotlarning manipulyatsiyasi, kompyuterda firibgarlik va dasturiy ta‘minotning qaroqchiliklari kabi huquq buzarliklar jinoyat deb topildi.
Ustunlik buzg‗unchi-jinoyatchilar tomonida. Qidiruv tizimi bilan mashhur Google korporatsiyasi yaqinda u yuritadigan sistemalar nishonga olingani haqida xabar topdi. Jinoyat Xitoydan turib amalga oshirilgan.
Gap intellektual mulk, mualliflik huquqi va uni o‗zlashtirishga urinish haqida ketmoqda. Google qatorida Yahoo, Dow Chemical va Northrov Grumman kabi 20 dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar ham xurujlardan shikoyat qiladi. Internetda biznes yuritish xavfli bo‗lib qolgan, deydi mo‗taxassislar. ―Masalani qay jihatidan olib qaramang, ustunlik buzg‗unchi-jinoyatchilar tomonida‖, - deydi ekspert Larri Klinton. ―Qonunlar sust. Sohani yaxshi biladigan mo‗taxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzon. Qo‗lidan kelgan odam katta mukofot oladi‖.
Buning ustiga, o‗tgan yillar ichida himoya texnologiyalari bobida uncha yangilik bo‗lgani yo‗q. Internet - xakerlar uchun cheksiz imkoniyatlar dunyosi.
|
| |