O„zbekiston respublikаsi oliy vа




Download 4,2 Mb.
bet6/96
Sana30.07.2024
Hajmi4,2 Mb.
#268923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 2022 (1)

Axborot xavfsizligi – ko‗p qirrali faoliyat sohasi bo‗lib, unga faqat tizimli, kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda huquqiy, ma‘muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralarni qo‗llaniladi.
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta‘minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud:

  • ma‘lumotlar butunligi – axborotni yo‗qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma‘lumotlarni mualliflik huquqi bo‗lmagan holda hosil qilish yoki yo‗q qilishdan himoya qilish;

  • axborotning konfedensialligi. Axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko‗chirishning) oldini olish ta‘minlangan bo‗ladi;

  • foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishliklari.

Ta‘kidlash joizki, ayrim faoliyat sohalari (bank va moliya institutlari, axborot tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari, mudofaa va maxsus tuzulmalar) ularda ko‗riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko‗ra, ularning axborot tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo‗yicha maxsus choralar ko‗rilishini talab etadi.
Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‗rni. XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi natijasida O‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta‘minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o‗rin egallashini belgilaydi:

  • milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi.

  • inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish – bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, balki xavfsizlik sohasidagi barcha xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlari hamdir;

  • axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin;

  • milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga

ega.
Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini
mamlakatda milliy xavfsizlikni ta‘minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‗laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‗zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishning strategik yo‗nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‗zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi hamda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi.
Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi axborot xavfsizligini ta‘minlovchi maqsadlar, vazifalar, tamoyillar va asosiy yo‗nalishlar bo‗yicha rasmiy nuqtai nazarlar majmuini bildiradi.
Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari va jihatlari
keltirilgan:
− axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma‘lumotlarni, davlat va xizmat sirlarini va boshqa turdagi tarqatilishi chegaralangan ma‘lumotlarni qo‗riqlash ma‘nosida);
− kompyuter xavfsizligi yoki ma‘lumotlar xavfsizligi – kompyuter tarmoqlarida ma‘lumotlarning saqlanishini, foydalanishga ruxsat etilganligini va konfedensialligini ta‘minlovchi apparat va dasturiy vositalar to‗plami, axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish choralari;
− axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo‗llab quvvatlovchi infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‗lgan tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan ta‘sir etishlardan axborot va uni qo‗llab quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganligi;
− fuqarolar, alohida guruhlar va ijtimoiy qatlamlar, umuman olganda aholining yashash faoliyati, ta‘lim olish va rivojlanishlari uchun zarur bo‗lgan sifatli axborotga bo‗lgan talablarining himoyalanganligi.

Download 4,2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Download 4,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikаsi oliy vа

Download 4,2 Mb.