O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh.Mirziyoyev




Download 56,73 Kb.
bet9/10
Sana04.04.2021
Hajmi56,73 Kb.
#14098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh.Mirziyoyev 

Toshkent shahri, 2017-yil 15-fevral 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini 



yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi farmoniga

ShARH
O‘zbekiston xalqiga mehnatsevar va ma’rifatparvar ajdodlarimizdan badiiy ijodkorlik, me’morchilik va hunarmandchilikning qadimiy maktablari va an’analariga ega noyob va o‘ziga xos madaniy meros qolgan. Bizgacha yetib kelgan va nafaqat milliy, balki jahon madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan bebaho badiiy, tasviriy, amaliy, me’moriy san’at asarlari va yodgorliklari, xalq qo‘shiqlari, raqslari, sport o‘yinlari va turlari buning yorqin tasdig‘idir. 

Mustaqillik yillarida erkin demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan mamlakatimiz oldida milliy madaniyat va san’atimizni tiklash, asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uni zamonaviy jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hisobidan boyitish, o‘sib kelayotgan avlodni ko‘p asrlik an’ana va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha mas’uliyatli va murakkab vazifalar turgan edi. 

Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati xalqimizning ulkan intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, barqaror rivojlangan, jismonan baquvvat va ma’nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etish, aholining o‘sib borayotgan ma’naviy va estetik ehtiyojlarini ta’minlash, madaniyat va sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 

Hozirgi paytda mamlakatimizda 39 teatr, 175 muzey, mingdan ziyod aholi dam olish va madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari, 301 bolalar musiqa va san’at maktabi, 296 bolalar va o‘smirlar hamda respublika darajasidagi sport maktabi, 51 mingga yaqin sport majmuasi, stadionlar va inshootlar faoliyat ko‘rsatmoqda, 2,7 milliondan ortiq bola sport, musiqa va san’at bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Madaniyat va san’at, sport va jismoniy tarbiya sohasida 69 ming xodim mehnat qilmoqda. 

Shu bilan birga, madaniyat va sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligining tanqidiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mutasaddi organ sifatida o‘z oldiga qo‘yilgan keng ko‘lamli masalalarning to‘liq ijrosi ta’minlanmagan, ayniqsa, davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini mazkur sohada muvofiqlashtirish, madaniy-ma’rifat va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar yetarli darajada olib borilmagan. 

Bundan tashqari, hayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bitta vazirlikda madaniyat va sport kabi ikkita ko‘pqirrali va murakkab sohalarning birlashtirilishi ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirish, istiqbolli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, hududlarda teatr, mumtoz musiqa va boshqa san’at turlarini keng ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yuksaltirish imkonini bermayapti. 

Natijada Madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘z ish faoliyatida ko‘p hollarda barcha mavjud resurs va imkoniyatlarini bayramlar madaniy tadbirlarini o‘tkazishga va muhim xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirish bilan chegaralanib qolgan. Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi. 

O‘zbekiston Republikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodini yanada rivojlantirishni ta’minlash, aholining keng qatlam o‘rtasida ma’nan va axloqan komil inson bo‘lishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga intilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. 

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etiladi. 

Alohida ta’kidlash joizki, farmonga ko‘ra, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha barcha jabhalarini qamrab oluvchi quyidagi asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilangan: 

milliy madaniy va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash va boyitish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, aholining ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada oshirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish; 

aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida mustaqillik g‘oyasiga, yuqori ma’naviyat va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ulari yanada chuqur ildiz otishi, radikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning o‘sib kelayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish; 

badiiy ijodning rivojlanishini yanada rag‘batlantirish, ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyati samaradorligini oshirish, ularning imkoniyatlaridan ma’nan yetuk, intellektual rivojlangan va yuqori madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishlarida yanada to‘laroq foydalanish; 

aholining keng qatlamlari o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkillashtirish, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish, sport tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mamlakatimiz korxonalarida sport jihozlari va inventarlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish; 

bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish orqali barcha hududlarda bolalar sport obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, shu asosda bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning barqaror jismoniy rivojlanishini ta’minlash; 

iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishni ta’minlash uchun mamlakat terma jamoalarining asosiy tarkibi va sifatli sport zaxirasini shakllantirish; 

zamonaviy texnologiya va ilg‘or xalqaro tajribadan foydalangan holda, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish, madaniyat va sport sohasida muassasalar va o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, davlatlararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash. 

Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov rahbarligida Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya tuzildi. Komissiyaga bir oy muddatda Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish bo‘yicha barcha masalalarni hal etish, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparatiga malakali mutaxassislarni har tomonlama saralash va kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlash topshirig‘i berilgan. 

Ta’kidlash joizki, farmonga binoan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida Madaniyat vazirligi huzurida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etilgan. Ushbu muassasa o‘zida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi hamda musiqa, xoreografiya va estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining ma’naviyati, yorqin va o‘ziga xos madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama ko‘maklashish imkonini beradi. 

Farmonga binoan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularni jihozlash va ta’mirlash, madaniyat va san’at arboblarining xalqaro festivallar va konkurslarda ishtirok etishini ta’minlash, Madaniyat vazirligi muassasalari kadrlari malakasini oshirish va moddiy rag‘batlantirish uchun byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tuzish nazarda tutilgan. 

Musiqiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, 301 bolalar musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi. 

Madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari Toshkent shahar hokimiyati ixtiyoridan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi, ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan mablag‘ ajratilishi belgilandi. 

Bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni sifat jihatidan kuchaytirish, bolalar sporti obyektlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, sport ta’limi va sport zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport yo‘nalishi bo‘yicha 256 sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab-internatlari Xalq ta’limi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi. 

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligiga boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda 2017-yilning 1-iyuliga qadar madaniyat xodimlariga ish haqini to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritish topshirig‘i berildi. 

Farmonni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan, ushbu qarorlarda ularning tashkiliy tuzilmalari, markaziy apparati tuzilmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy boshqarmalari tuzilmalari tasdiqlangan. 

Madaniyat vazirligi tizimida madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy merosni rivojlantirish, sohadagi ta’lim muassasalarini metodik ta’minlash, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tizimida esa sport va sport ta’limi muassasalarini ilmiy-metodik ta’minlash, sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarni shakllantirish va tayyorlash bo‘yicha yangi bo‘linmalar va shtat birliklari nazarda tutilgan, ikki davlat boshqaruvi organi tuzilmasiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar lavozimi kiritilgan. 

Sport tashkilotlari, ta’lim va sport ta’limi muassasalarini yuqori malakali murabbiylar va sport mutaxassislari bilan ta’minlashni kengaytirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar va o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini qayta tashkil etish va uning O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga qo‘shilishi nazarda tutilgan. 

Madaniyat vazirligiga tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zbek raqsining boy tarixiy an’analarini qayta tiklash va asrab-avaylashga yo‘naltirilgan O‘zbekiston milliy raqsini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatli chora-tadbirlar dasturini, shuningdek, madaniyat muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, barcha madaniyat va aholi dam olish markazlarida kutubxonalar tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan berilgan topshiriq milliy madaniyatimizning kelgusi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar bajarilishi madaniyat va sport sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, jamiyatda yuqori ma’naviy va axloqiy muhitni ta’minlash, xalqimizning jismoniy va ijodiy faolligini oshirish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlar yaratish, O‘zbekistonni san’at va sport dunyosida yuksak natijalarga erishishga qodir iste’dodli aholi yashaydigan va yuqori darajada rivojlangan madaniyatga ega mamlakat sifatida nufuzini mustahkamlash uchun imkoniyat yaratadi.

KITOB MAHSULOTLARINI CHOP ETISH VA TARQATISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH, KITOB MUTOLAASI VA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISH HAMDA TARG‘IBOT QILISH BO‘YICHA KOMISSIYA TUZISH TO‘G‘RISIDA


Download 56,73 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 56,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh.Mirziyoyev

Download 56,73 Kb.