• Bakalavr darajasini olish uchun Mavzu: Bir cho‘michli gidravlik boshqariladigan ekskavatorni ish jihozini takomillashtirish
  • I.UMUMIY QISM
  • O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi




    Download 4.26 Mb.
    bet1/32
    Sana23.06.2021
    Hajmi4.26 Mb.
    #15163
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali
    SXAM “Suv xo’jaligi va melioratsiya

    fakulteti ishlarini mexanizatsiyalash”

    kafedrasi
    Himoyaga ruxsat berildi”

    Kafedra mudiri

    Nuriddinov X___________

    “_____” ______________2017 y



    Bakalavr darajasini olish uchun
    Mavzu: Bir cho‘michli gidravlik boshqariladigan ekskavatorni ish jihozini takomillashtirish.

    Bajardi: Sayliyev D.R.


    Rahbar: Hasanov U.I.

    Buxoro – 2017 yil



    KIRISH

    Keyingi yillarda qishloq xo’jaligini isloh qilish, fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini barpo etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda qishloq aholisining daromadlarini ko’paytirish imkonini berdi.[1]

    Shu bilan birga, sug’oriladigan yerlarning hozirgi meliorativ holati qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini yanada o’stirishga va qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining daromadlarini oshirishga to’g’anoq bo’lmoqda. Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuningdek ularni moliyalashtirishning aniq manbalarini shakllantirishda tizimli ravishda kompleks yondoshilmayotganligi, suv xo’jaligi tuzilmalari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining sust ishlashi keyingi yillarda melioratsiya ishlari hajmlarining kamayishiga, sizot suvlarning darajasi ko’tarilishiga va minerallashuvi oshib ketishiga olib keldi.

    Buning oqibatida hozirgi vaqtda sug’oriladigan yerlarning yarmidan ko’prog’ini turli darajada sho’r bosgan, ayni vaqtda fermer xo’jaliklariga qarashli sug’oriladigan yerlarning 16 foizidan ortig’i qoniqarsiz holatdadir.

    Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish, shuningdek melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bir qator qaror va farmonlar ishlab chiqilgan. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 аprеldаgi Prеzidеntimizning PQ-1958-sоnli qаrоrlаri аsоsidа Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2014 yil 24 fеvrаldа 39-sоnli «2013-2017 yillаr dаvridа sug‘оrilаdigаn yеrlаrning mеliоrаtiv hоlаtini yaхshilаsh vа suv rеsurslаridаn оqilоnа fоydаlаnish bo‘yichа Dаvlаt dаsturining so‘zsiz bаjаrilishini tа’minlаshgа dоir qo‘shimchа chоrаtаdoirlаr to‘grisidа» gi qаrоri ham nazarda tutilgan.[2]

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida takidlaganlaridek, O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan jiddiy sifat o‘zgarishlari alohida e’tiborga sazovordir.

    Jumladan qishloq xo’jaligi sohasida ham 2016-yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni va tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi.
    I.UMUMIY QISM



    Download 4.26 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 4.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

    Download 4.26 Mb.