13-Mavzu:Ijtimoiy injineriyada xujumlar tahlili
Topshiriq-1
Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni oldini olish
uchun nafaqat operatsion
tizimlarni, dasturiy ta’minotni himoyalash va
foydalanishni nazorat qilish, balki
buzuvchilar turkumini va ular foydalanadigan usullarni aniqlash lozim.
Sabablar, maqsadlar va usullarga bog’liq holda
axborot xavfsizligini
buzuvchilarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin:
sarguzasht qidiruvchilar;
g’oyaviy xakerlar;
xakerlar-professionallar;
ishonchsiz xodimlar.
Sarguzasht qidiruvchi, odatda, yosh, ko’pincha talaba yoki yuqori sinf o’quvchisi
va unda o’ylab qilingan xujum rejasi kamdan-kam bo’ladi. U nishonini tasodifan
tanlaydi, qiyinchiliklarga duch kelsa chekinadi. Xavfsizlik tizimida nuqsonli joyni
topib, u maxfiy axborotni yig’ishga tirishadi, ammo hech qachon uni yashirincha
o’zgartirishga urinmaydi. Bunday sarguzasht qidiruvchi muvaffaqiyatlarini fakat
yaqin do’stlari-kasbdoshlari bilan o’rtoqlashadi.
G’oyali xaker — bu ham sarguzasht qiduruvchi, ammo mohirroq. U o’zining
e’tiqodi asosida muayyan nishonlarni (xostlar va resurslarni) tanlaydi. Uning
yaxshi ko’rgan xujum turi Web-serverning axborotini o’zgartirishi yoki, juda kam
hollarda, xujum qilinuvchi resurslar ishini blokirovka qilish. Sarguzasht
qidiruvchilarga nisbatan g’oyali xakerlar muvaffaqiyatlarini kengrok
auditoriyada, odatda axborotni xaker Web-uzelda
yoki Usenet anjumanida
joylashtirilgan holda e’lon qiladilar.
Xaker-proffesional harakatlarning aniq rejasiga ega va ma’lum resurslarni
mo’ljallaydi. Uning xujumlari yaxshi o’ylangan va
odatda bir necha bosqichda
amalga oshiriladi. Avval u dastlabki axborotni yig’adi (operatsion tizim turi,
taqdim etiladigan servislar va qo’llaniladigan himoya choralari). So’ngra u
yig’ilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda xujum
rejasini tuzadi va mos
instrumentlarni tanlaydi (yoki hatto ishlab chiqadi). Keyin, xujumni amalga
oshirib, maxfiy axborotni oladi va nihoyat harakatlarining barcha izlarini yo’q
qiladi. Bunday xujum qiluvchi professional, odatda yaxshi moliyalanadi va
yakka
yoki professionallar komandasida ishlashi mumkin.
Ishonchsiz xodim o’zining harakatlari bilan sanoat josusi yetkazadigan
muammoga teng (undan ham ko’p bo’lishi mumkin) muammoni to’g’diradi.
Buning ustiga uning borligini aniqlash murakkabroq. Undan tashqari unga
tarmoqning tashqi himoyasini emas, balki faqat, odatda unchalik katiy bo’lmagan
tarmoqning ichki himoyasini bartaraf qilishiga to’g’ri keladi. Ammo, bu holda
uning korporativ ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishi xavfi boshqa har
qanday
niyati buzuq odamnikidan yuqori bo’ladi.