11- Mavzu:Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash
Topshiriq-2
Nurlanish —
1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan
elektromagnit maydonning oʻzi qam "N" termini bilan ataladi;
2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va
fazoda
tarqalishi. Bunda oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda
tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi (qarang Radio
toʻlqinlar);
3) tabiiy sharoitda
tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha
nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar
va ion nurlari bilan ham
nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali
nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. N.ning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa
vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud.
Nurlarning biologik taʼsiri N. dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik
holatiga bogʻliq.
N.dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha
turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa
birligiga
yutiladigan N. energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -
zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning muhitda yutilgan dozalari
radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — N. miqdorini ifodalaydigan va
havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari
rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik
doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber
(rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza—
nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy
dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi N. doza
quvvati deyiladi. Baʼzi N. dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar,
muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning N. dozasi 0,1 ber/yil; nur
kasalligiga olib kela-digan N. dozasi — 400 —500 ber; terapiyada
qoʻllaniladigan N. dozasi 10000 ber gacha (yana q. Dozimetrax
asboblar, Dozimetriya, Dozimetriya nazorati). N yadroviy reaksiyalar oqibatida
vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlardir
Ekvivalent doza - nurlanish sifat omilini hisobga
olgan holda, biologik organ yoki
to‘qimada yutilgan doza o‘rtacha qiymatini ifodalaydi, ya’ni nurlanishning
biologik ta’sir effektini belgilab beradi.
Вunda
nurlanishning sifat omili yoki
sifat koeffitsiyenti berilgan nurlanish
to‘rining у —nurlanishga
nisbatan solishtirilganda, havflilik darajasini ifodalaydi,
ya’ni bu koeffitsiyent qiymati qanchalik katta bo‘lsa, demak, qarab chiqilayotgan
nurlanish turi biologik ta’siriga ko‘ra shunchalik yuqori darajada xavfli
hisoblanadi:
• Fotonlar (y - nurlanish va rentgen nurlanishida) - 1;
• 10 - 100 keV qiymatdagi neytronlar uchun - 10;
• 100 keV-2 MeV qiymatdagi neytronlar uchun - 20;
• 5 - 10 Mev qiymatdagi protonlar uchun - 10. Xalqaro o‘lchov birliklari tizimida
ekvivalent doza qiymati o'lchov birligi Zivert (Zv) hisoblanadi. Shuningdek,
ekvivalent dozani o ‘lchashda Xalqaro o'lchov birliklari tizimidan tashqari,
o‘lchov birligi sifatida Вег (В) ishlatiladi: 1 Ber = 0,01 Zv. Hozirgi vaqtda
ishlab
chiqariluvchi barcha turdagi dozimetrlar Zv o'lchov birligi shkalasi bo'yicha
belgilanadi. Zivert (Zv) o ‘lchov birligi Shvetsiyalikfizik olim - Rolf
Zivert sharafiga qabul qilingan.
Radioaktiv nurlanishdan tashqari, biologik obyektning qancha vaqt davomida
nurlanish ta’sirida bo‘ lganligi ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu sababli,
nurlanish dozasining nurlanish vaqtiga nisbatini ifodalovchi - doza
quvvati tushunchasi kiritilgan.
Xavfsiz doza quvvati {radioaktiv fori) odam organizmi uchun ~12-14 mkR/soat
(
mikroRentgen/soat) ga teng bo‘lib, 30 - 50 mkR/ soat nurlanish yetarlicha vaqt
davomida ta’sir ko‘rsatishi organizmda patologik holatlar rivojlanishiga olib
keladi. Shuningdek, oiim ga olib keluvchi, bir martalik radiatsion nurlanish
dozasi ~500 R ga teng hisoblanadi.
Radiatsion nurlanishni qayd qilish detektori (indikator) - bu modda
bilan bevosita
ta’sirlashishi davomida ionlashtiruvchi nurlanishning mavjudligini aniqlash
imkonini beruvchi obyekt hisoblanadi.